So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Tez orada foydalanishga topshiriladigan stadionlar FOTO Yangiliklar

Tez orada foydalanishga topshiriladigan stadionlar FOTO

Yaqin yillar ichida bir nechta yangi stadion qurib bitkaziladi.

Quyida ushbu ko'rkam va hashamatli arenalar haqida bazi malumotlarni berib o'tamiz.

"Tottenxem Xotspur Stedium" (London, Angliya)
Kim o'ynaydi: "Tottenxem"
Sig'imi: 61,000
Taxminiy narxi: 750 mln. funt
Ochilish yili: 2019


"Tottenxem"ning eski stadioni XIX asrda qurilgan bo'lib, o'z bag'riga 36 ming muxlisni sig'dirardi. Ammo jamoaga ishqibozlik qiluvchilar soni ortgach, odamlar eski stadionga sig'may qolishdi. SHu bois hozirda yangi stadionni barpo etish ishlari olib borilmoqda. Yangi stadion keyingi yil foydalanishga topshiriladi.

"Nuevo Mestalya" (Valensiya, Ispaniya)
Kim o'ynaydi: "Valensiya"
Sig'imi: 60,000
Taxminiy narxi: 100 mln. evro
Ochilish yili: 2021


"Valensiya" 2007 yildan beri yangi stadionda o'ynashni orzu qiladi. Biroq doim qator muammolar xalaqit berib keldi: moliyaviy inqiroz, xususiy er masalasi, xo'jayinlar o'zgarishi. Yangi stadion o'z bag'riga 60 ming tomoshabinni sig'diradi. Avvaliga 75 ming kishilik stadion qurish mo'ljallangandi. Biroq klubning hozirgi rahbari Piter Lim tribuna maydonga yaqin bo'lishi uchun o'rindiqlar sonini kamaytiriga qaror qildi.

"Bryugge" (Bryugge, Belgiya)
Kim o'ynaydi: "Bryugge"
Sig'imi: 40,000
Taxminiy narxi: 87 mln. funt
Ochilish yili: 2020


Belgiya futboli grandlaridan biri "Bryugge"ning yangi stadioni mana shunday ko'rinishda bo'ladi. Hozirgi stadion 29 mingdan ortiq muxlisni sig'dira olmaydi. SHu bois klub yangi stadion qurmoqda. Lekin hamma joyda er muammosi: avvaliga klub shaharning janub qismidan er olmoqchi bo'lgandi, biroq bu hukumatga yoqmadi, natijada shimoldan er olishga majbur bo'ldi.

"Stadio Della Roma" (Rim, Italiya)
Kim o'ynaydi: "Roma"
Sig'imi: 52,500
Taxminiy narxi: 400 mln. evro
Ochilish yili: 2020


Tez orada Rimning janub qismida yangi "Kolizey" qurib bitkaziladi. "Roma" o'ynaydigan yangi stadion "Stadio Della Roma" deb nomlanadi. Bu stadionda klubning ashaddiy muxlislari uchun 13 ming kishilik alohida tribuna bo'ladi. Stadion loyihasini 2014 yilda amerikalik arxitektor Den Meys ishlab chiqqan.

"Stemford Bridj" (London, Angliya)
Kim o'ynaydi: "CHelsi"
Sig'imi: 60,000
Taxminiy narxi: 1 mlrd. funt
Ochilish yili: aniq emas


"CHelsi" xo'jayini Roman Abramovich allaqachon bir milliard pul tikishga tayyor turgandi, biroq Britaniya hukumati unga ish vizasi berdi. Natijada stadion qurilishi to'xtab qolgandek. Gap-so'zlarga qaraganda qurilish ishlari 2020 yilda boshlanadi va ikki yildan so'ng stadion foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

"Santyago Bernabeu" (Madrid, Ispaniya)
Kim o'ynaydi: "Real"
Sig'imi: 85,000
Taxminiy narxi: 525 mln. evro
Ochilish yili: 2020


"Real" "Santyago Bernabeu"ni zamonaviy ko'rinishga keltirishni xohlayapti. Endilikda o'yingoh yanada chiroyli ko'rinishga ega bo'ladi. Stadion tomi 60 metr balandlikka ko'tariladi. Natijada bu Evropadagi eng baland stadion bo'ladi. Agar stadion to'liq foydalanishga topshirilsa, har yili 150 mln.evro foyda keltirishi taxmin qilinmoqda.

"Nyu Kamp Nou" (Barselona, Ispaniya)
Kim o'ynaydi: "Barselona"
Sig'imi: 105,000
Taxminiy narxi: 360 mln. evro
Ochilish yili: 2022


"Real"ning asosiy raqobatchisi jim qarab turgani yo'q, "Barselona" ham o'z stadionini yangilash ustida bosh qotiryapti. Tez orada Evropadagi eng katta stadion yanada hashamatli ko'rinishga keltiriladi. Nihoyat, yangi o'yingohning tomi bo'ladi, buning ustiga 360 darajaga aylanadigan videotablo o'rnatiladi.

"Milliy" (Budapesht, Vengriya)
Kim o'ynaydi: Vengriya terma jamoasi
Sig'imi: 65,000
Taxminiy narxi: 252 mln. funt
Ochiliy yili: 2019


Bu stadion Ferenc Pushkash nomidagi ulkan arena o'rniga quriladi. O'yingoh aynan Evro-2020 musobaqasiga atab barpo etilmoqda. Musobaqa paytida bu erda bitta guruh uchrashuvi, shuningdek 1/8 finaldan o'rin olgan bahs o'tkaziladi.

"Lusayl" milliy stadioni (Lusayl, Qatar)
Kim o'ynaydi: Qatar terma jamoasi
Sig'imi: 86,250
Taxminiy narxi: 787 mln. evro
Ochilish yili: 2021


Qizig'i shundaki, bu stadion aynan JCH-2022 uchun barpo etilayotgan Lusayl shahrida quriladi. 2006 yil qatarliklar Dohadan 10 km. uzoqlikda yangi shahar qurishni boshlab yuborishgandi. 2022 yilga kelib u erda 450 ming aholi yashaydi. Navbatdagi jahon chempionatining ochilish va final o'yinlari aynan shu stadionda bo'lib o'tadi.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика