

Qurilish ishlari deyarli yakunlangan, chunki arena yaqin kunlarda o'z eshiklarini ochadi.
3 mart kuni "turnalar" Floridada stadion nomiga oid tijoriy huquqlarni sotish masalasiga bag'ishlangan tadbir o'tkazdi. Ana shu tadbirda arenaning ochilish sanasi 4 aprel deb e'lon qilindi.

Aytish joizki, jamoa 4 aprel kuni muntazam chempionat doirasida "Ostin"ni qabul qiladi. Shu bois, aynan shu o'yin yangi stadionning ochilish uchrashuvi bo'lishi ehtimoli katta.



