Terri "CHelsi"ning bo'lajak sardori kimligini aytdi
10 fev 2021 23:30
Yangiliklar


Terri "CHelsi"ning bo'lajak sardori kimligini aytdi
"CHelsi" afsonasi Jon Terri ayni paytda "aristokratlar" sharafini himoya qilayotgan Meyson Maunt haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Meyson Maunt – "CHelsi"ning bo'lajak sardori. 100 foiz. Rostini aytsam, u klubning joriy mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi. Meyson mashg'ulotlardan charchamaydigan ajoyib yigit. Uning tomirlarida "CHelsi" qoni bor.
Maunt "CHelsi"da ham, Angliya terma jamoasida ham sardor bo'lishiga ishonaman", – dedi Terri.
Malumot uchun, joriy mavsum APLning 22 o'yinida ishtirok etgan 22 yoshli yarim himoyachi 3 tadan gol va golli uzatmaga mualliflik qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar