So’nggi yangiliklar

12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   0 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  0 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  0 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  6 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  9 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  6 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1

Jamoliddin Rahmatullaev – O'zbekiston U-18 terma jamoasi bosh murabbiyi! Yangiliklar

Jamoliddin Rahmatullaev – O'zbekiston U-18 terma jamoasi bosh murabbiyi!

Bugun O'zbekiston futbol associaciyasi murabbiylar kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatiga tayyorgarlik rejalari hamda O'zbekiston U-18 terma jamoasiga bosh murabbiy tayinlash masalasi muhokama qilindi. 

Yig'ilish davomida, O'zbekiston U-18 terma jamoasi bosh murabbiyi Askar Xalmuratov boshchiligidagi murabbiylar shtabi tomonidan jamoa olib borgan yig'inlari, selekciya, tibbiy, ruhiy va jismoniy tayyorgarlik ko'rsatkichlari bo'yicha malumotlar taqdim etildi. 

O'z navbatida, murabbiylar kengashi azolarining O'zbekiston U-18 terma jamoasining xalqaro turnirlar va o'rtoqlik uchrashuvlaridagi ishtiroki yuzasidan tahlil hamda xulosalari tinglandi, tajriba va xatolar ustida ishlash murabbiylarning kelajakdagi faoliyatlarida muhim ahamiyat kasb etishi takidlandi.

Kun tartibidan jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlash masalasi ham o'rin oldi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasining 2027 yilgi U-20 Osiyo Kubogi hamda FIFA U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarligi reja asosida davom etadi. Tavsiyalar va muhokamalar yakuniga ko'ra Jamoliddin Rahmatullaev O'zbekiston U-18 terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. 

Shuningdek, yig'ilishda terma jamoalarga futbolchilarni selekciya qilish, jismoniy, texnik va taktik ko'rsatkichlar bo'yicha tavsiyalar berilib, jamoalarimiz uchun zarur sharoitlar yaratilishi takidlandi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика