"Chelsi" sobiq futbolchisi faoliyatini 28 yoshida yakunladi. Uni Belgiya terma jamoasining kelajagi deb atashgandi
01 iyu 2025 15:59
Yangiliklar
"Chelsi" sobiq futbolchisi faoliyatini 28 yoshida yakunladi. Uni Belgiya terma jamoasining kelajagi deb atashgandi
Charli Musonda butsalarini mixga ildi.
Musonda 2012 yilda 2,5 mln evro evaziga "Chelsi"ga o'tgandi. U Belgiya terma jamoasining umidi va bo'lajak superyulduz hisoblanardi. U londonliklarning asosiy jamoasiga kira olmadi, shuning uchun bir necha bor ijarada o'ynadi: "Betis", "Seltik", "Vitess".

2022 yilda Musonda erkin agent sifatida "Levante"ga ketdi, lekin u erda ham o'rnini topolmadi. Keyin Kiprning "Anortosis"ga yo'l olib, jamoani 2024 yilning sentyabrida tark etdi.
Musonda deyarli 1 yildan beri maydonga tushmayapti. Faoliyatiga jarohatlar putur etkazdi – belgiyalik futbolchi 2016-2021 yillar oralig'ida tizzasidagi muammo tufayli 1172 kunni o'tkazib yubordi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar