"Chelsi" kelasi haftada yangi transferni elon qilishi kutilmoqda
29 iyu 16:57
Yangiliklar


"Chelsi" kelasi haftada yangi transferni elon qilishi kutilmoqda
"Chelsi" rahbariyati Joao Pedroni klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ham o'ynatishni niyat qilmoqda.
Klubdagilar 3 iyulga qadar futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin. Braziliyalik futbolchining o'zi ham "Chelsi"ga o'tishga qiziqqan va tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda.
"Chelsi" yaqin kunlarda futbolchi bilan shartnoma imzolaydi, uning transferi elon qilinib, klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishi uchun uni AQSHga jo'natib yuboradi.
Oldinroq "Brayton" futbolchi borasidagi 50 million funtlik ikkita taklifga rad javobini bergandi.
Pedro o'tgan mavsum APLning 27 o'yinida 10 gol va 6 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar