Termizda futbol murabbiylari uchun tayyorlov kurslari o'tkaziladi
01 avg 2016 16:39
Yangiliklar
Termizda futbol murabbiylari uchun tayyorlov kurslari o'tkaziladi
O'zbekiston Futbol Federaciyasi Surxondaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan bolalar futboli murabbiylari uchun besh kunlik tayyorlov o'quv-kurslarini tashkil etadi.
Surxondaryo viloyati futbol federaciyaisi bilan hamkorlikda o'tkazilayotgan seminarlar Termiz shahrida 3 avgustda boshlanadi va 7 avgust kuni kursning so'nggi mashg'ulotlari o'tkaziladi.
O'quv-seminar mashg'ulotlarini O'zbekiston Futbol Federaciyaisi bolalar, o'smirlar va ommaviy futbol bo'limi boshlig'i, instruktor - SHavkat Imomov tomonidan olib boriladi.
Ushbu tayyorgarlik kurslarida qatnashgan futbol murabbiylari, keyinchalik Osiyo Futbol Konfederaciyasining “S” toifali sertifikati uchun o'qish imkoniyatini qo'lga kiritadilar.
Takidlash kerakki, bunday tayyorgarlik kurslari mumtazam ravishda mamlakatning barcha viloyatlarida o'tkazilib kelinmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar