So’nggi yangiliklar

07:49Карло Анчелотти кечаги дурангдан сўнг нималар деди?  4 07:20«Бавария» — «Реал Мадрид» учрашувининг «man of the match» соҳиби маълум  6 06:15 Чемпионлар лигаси 1/2 финал. "Бавария" - "Реал Мадрид" 2:2   1 01:52Голларга бой ўтган баҳсда «Бавария» ва «Реал Мадрид» ўзаро дуранг ўйнади  219 00:59"Интер" чемпионлигини нишонламоқчи бўлган мухлис парадга кўк сигир етаклаб чиқди  3 00:32Жака мураббийликда ўзини синаб кўрмоқчи  0 00:15Жоржиньо "Арсенал" билан шартномани узайтирмоқчи  0 23:48"Барселона" "Реал" собиқ футболчиси билан алоқага чиқди. Мадридликлар уни қайтаришни хоҳламади  2 23:23"Clash of Clans" видеоўйинида Холанд қиёфаси пайдо бўлади  9 23:00ЕЧЛ. "Бавария" — "Реал". Таркиблар маълум  29 22:46Рюдигер: "15 ёшга қадар тўшагимни ҳўллаб чиқардим. Бунинг уяладиган жойи йўқ"  8 22:29Эрон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши ўртоқлик учрашуви ўтказмоқчи  0 22:14"Ланс" марказий ҳимоячиси клубдан кетиши мумкин  4 21:30АПЛ клуби мураббийи клипда суратга тушди  0 21:13"Ал Иттиҳод" Бензема, Фабиньо ва яна 4 нафар футболчи жароҳат олганини эълон қилди  0

Qashqadaryodan Surxondaryoga(cha). 1-qism Yangiliklar

Qashqadaryodan Surxondaryoga(cha). 1-qism

Adham Solievning mashhur taronasi birinchi tilga olingan viloyatdan boshlansa, bizning bu galgi safarimiz shuning teskarisi bo'ldi.

Bir tun avval Madridda futbol o'yini qanday bo'ladi degan izohga mutlaqo enciklopedik javob bo'ladigan bahs guvohiga aylandik. Mo'ljal qilgan vaqtimizdan uzoqroqqa cho'zilgan to'qnashuv tonggi safarimiz oldidan bajarishimiz kerak bo'lgan uyqu bilan xayrlashib turishga majbur qildi. Belgilangan vaqtdan biroz avval, taxminan ertalabki beshlarda aeroport ostonasiga oyoq qo'yish arafasida dastlab faqatgina qorovul bilan yuzlashsam kerak deb fikr miyamda charx urdi, biroq ichkariga qadam bosishim bilanoq mendan ham ilgariroq bu erga qadam ranjida qilgan ancha-muncha odamga shohid bo'ldim. Ular orasida xorijlik sayyohlar ham talaygina topilardi. 

Salkam bobom tengi xorijliklarning sayohatma-sayohat yurishi ajablanarli emas. Ammo o'zimizning shular tengi bobo-buvilarimiz bunday safarlarni xayoliga ham keltirishmaydi.

Birinchi rasmdan farqli o'laroq, ikkinchisiga ham qiyo boqib, sochning qorrang tusga kirishi modaga aylanayotganini faraz qildim. Men bo'lsam, gohida ko'zguda ko'zim tushib qolgan qirovrang soch tolamga munojot aytib o'tirardim. Falakka ko'tarilishimiz bilan bulutlar uzra Abdullajonning ketmonidagi sayr singari parvoz qila boshladik. Osmon to'la bulut-u, issiq kunlarda erdan qiya boqqanda misqolini ham topish amri mahol. Termizga qo'ngach, bulutning b harfini ko'kdan qidirib topish qiyin bo'ldi. Nomi o'ziga mos tarzda O'zbekistonning "termos"i deb atasa bo'ladigan shahar biz tasavvur qilganchalik jazirama bo'lib chiqmadi. Ehtimol, toleimiz kulib, nisbatan salqin ob-havoga duch kelgandirmiz. 

Surxondaryoda o'zbek futbolining 110 yilligiga bag'ishlangan tadbirdan GALEREYA

O'FA vice-prezidenti Odil Ahmedov boshchiligidagi delegaciya Surxondaryo viloyatining futbol faxriylari, viloyat sporti, xususan, futboliga ulkan hissa qo'shgan insonlar Bahrom Hamroev va Botir Kashkenbaev xonadonlariga tashrif buyurdi. Sobiq sharhlovchi, murabbiy, ko'p yillar davomida viloyat sport qo'mitasi rahbari sifatida faoliyat olib borgan Bahrom Hamroev bilan suhbatda Surxon diyori futbolining yorqin tarixi eslab o'tildi.

Mehmonlarni kutib olgan Hamroev avvallari Odil Ahmedovning o'yinlarini kuzatib borganini etirof etib, shunday hazillashdi: "Televizorda Odilni har ko'rganimda salom beraman, hech alik olmaydi". To'lagan Isoqov uning radiodagi sharhlovchilik faoliyatiga to'xtalib o'tdi: "Radioda odamlar tinglab his qilardi, u vaqtlari hammayam televizor ko'ravermasdi, voqealarni tinglab his qilishardi". Faxriylar o'tmishdagi Surxondaryo, umuman, o'zbek futboli to'g'risida qiziqarli fikrlar bilan ham o'rtoqlashdi. 

"SHarof Rashidov vaqtida "Paxtakor"ga yaxshi natija qayd etish topshirig'i qo'yilardi, aks holda bu paxta planiga tasir o'tkazishi aytilgandi. Yani sevimli jamoasi qoniqarsiz ko'rsatkich qayd etsa, bu odamlarning kayfiyati va mehnat unumdorligiga ham salbiy tasir ko'rsatishi takidlangan". 

"Avvallari Surxondaryodan zo'r futbolchilar etishib chiqardi. Birgina Sarkisyan jamoasining katta qismini surxon yigitlaridan tuzgandi bir vaqtlar". 

Ushbu suhbat hazil-mutoyibalar ostida o'tgan bo'lsa-da, bahonada tesha tegmagan gaplardan boxabar bo'ldik.

Bevaqt olamdan o'tgan faxriy futbolchi va murabbiy Botir Kashkenbaev xonadoniga tashrif davomida uning haqiga duo qilindi va ko'p yillik mehnat faoliyati xotirlandi. 

Futbol faxriylari va ularning qarindoshlariga o'zbek futbolining 110 yilligiga bag'ishlangan ko'krak nishoni va esdalik sovg'alari topshirildi. 

Keyinchalik delegaciya Termiz tumanida joylashgan Surxondaryo viloyati futbol akademiyasiga tashrif buyurdi. 

Futbol mahorat maktabida 156 nafar o'quvchi tahsil olar ekan. U erda Oliy liganing bir qator klublarida to'p tepgan Kornechuk texnik direktor vazifasida faoliyat yuritadi. SHuningdek, "Neftchi"da o'ynagan Azamat Jo'ramurodov kabi sobiq futbolchilar o'z iqtidorini yosh shogirdlariga o'rgatmoqda. Bizga yaxshi natijalar qayd etilayotgani aytildi (biroq ularning qoq tush paytida o'tgan mashg'ulotini biroz kuzatib, yoshlar ko'proq parvarishga muhtoj ekanligini his qildim). Nima bo'lgan taqdirda ham, Surxondaryoning oxirgi kashfiyoti Eldor SHomurodov bo'lib to'xtab qolmaslikni istardim. Futbol dargohida tahsil olayotgan bolakaylar kelgusida haydovchi, quruvchi emas, o'z kasbining ustalari bo'lishini orzu qilardim. 

"Surxon" klubining ham ishlari hozircha yaxshi emas. Jamoa turnir jadvalida oxiridan boshlab qaralganda birinchilikda ketmoqda. Qolaversa, klub o'z o'yinlarini muxlislari ko'z o'ngida o'tkazmayapti. Bu ham jamoaning natijalariga tasir o'tkazayotgan bo'lsa, ajablanmayman. Surxondaryo klubi necha yillar deganda yuqori elitada ishtirok etishni boshladi. Lotoreya singari muvaffaqiyat kutib o'tirilsa, yana bir necha yil davomida viloyat katta futboldan bebahra qolishi mumkin.

Superliga turnir jadvali

Kunning ikkinchi qismida Surxondaryo viloyati hokimligida o'zbek futbolining 110 yilligiga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Surxondaryo viloyat hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti To'ra Bobolov, O'FA vice-prezidenti Odil Ahmedov va o'zbek futboli faxriylari ishtirok etishdi. 

Uchrashuvda To'ra Bobolov viloyatda futbol rivoji yo'lida amalga oshirilgan ishlar va bo'lajak rejalar bilan o'rtoqlashdi. 

Uchrashuv so'ngida Surxondaryo viloyati hokimi To'ra Bobolovga “O'zbekiston futboli rivojiga qo'shgan hissasi uchun” ko'krak nishoni topshirildi. Bundan tashqari, bir qator faxriylarga esdalik sovg'alari ulashildi.

So'ngra "Surxon" markaziy stadionida o'zbek futboli faxriylari o'rtasida futbol uchrashuvi bo'lib o'tdi. 

Uchrashuvdan oldin O'FA vice-prezidenti Odil Ahmedov va O'FA Faxriylar kengashi raisi To'lagan Isoqov barchani o'zbek futbolining 110 yilligi bilan tabriklab, Surxon o'lkasining o'zbek futboliga qo'shgan ulkan hissasini takidlab o'tishdi. SHundan so'ng O'FA tomonidan bir qator futbol faxriylari taqdirlandi. Ularga ko'krak nishonlari va esdalik sovg'alar topshirildi.

Ushbu uchrashuvga, umuman bayram tantanasida stadionning yarmi to'libdi (shulardan salkam yarmi xotin-qizlar, tavba, ular ham shunday ishqiboz bo'ladimi, deb qo'yasan ichingda futbol boshlangach, oftob tig'iga soyabonini pesh qilgancha, koncert yakunlanganiga shukrona qilib, uy-uyiga jo'nayotgan xotin-qizlarni ko'rib).

O'rtoqlik uchrashuvi haqida gapiradigan bo'lsak, Odil Ahmedov katta futbolga qaytdi (bir nechta xotira uchrashuviga) hamda qaytishini xet-trik bilan nishonladi.

O'FA - Surxondaryo 5:5 

Gollar: 1:0 - Ahmedov, 2:0 - Tecuya, 2:1 - Do'rmonov, 3:1 - Ahmedov, 3:2 - Vahobov, 3:3 - SHomurodov, 3:4 - Bozorov, 4:4 - Ahmedov, 5:4 - Qodirov, 5:5 - SHomurodov.

O'FA (to'liq tarkib): 1.Benyamin Muratov, 3.Fazliddin SHoimqulov, 4.Usmon Toshev, 5.Gennadiy Denisov, 8.Rahmiddin Zikriev, 9.Odil Ahmedov, 10.Cuchida Tecuya, 11.Mamur Saidqosimov, 13.Aleksandr SHapran, 14.Mamur Saidqosimov, 15.Oybek Ikromov, 16.Ravshan Haydarov, 17.Mamur Sultonov

Bosh murabbiy: To'lagan Isoqov

Surxondaryo (to'liq tarkib): 12.Aleksandr Korneychuk, 2.Sirojidin Rahmutulin, 5.G'ayrat Omonmurodov, 6.SHuhrat Xoliyorov, 7.Hamro Davlatov, 8.Rustam Do'rmonov, 9.Baxtiyor Bozorov, 10.Bahriddin Vahobov, 11.Jasur Rahimov, 13.Sanjar SHomurodov, 14.Sergey Odambaev, 16.Furqat Mustafoqulov, 18.Fazliddin Hasanov

Bosh murabbiy: Viktor Alaminikov

Surxondaryoda safari yakunlandi yoxud Odil Ahmedov katta futbolga qaytgan o'yindan GALEREYA

Ehtimol, sizni ham uchrashuv natijasi-yu, fotosuratlar qiziqtirmas, biroq o'yin davomidagi hangomalar va xatti-harakatlar biroz bo'lsa-da, kayfiyatingizni ko'tarishga xizmat qilsa, ajabmas.

Maydonda kepka bilan harakat qilgan Aleksandr SHapran

Garri mujik;

Darrov ikkita urdimi, bilmay qolibman, sotilgan ekan-da;

Ey, eeey, heeeeey, ber pasni;

Ey, Georgey, maydonga tushing, Rustam aka pishdi;

Sancho, Sancho, ber pas;

Nima qilyapti bu, uyoqdan buyoqqa aylanadi, aylanadi;

- Ravshan aka o'ynaysizmi?

- Bo'ldi, qotib qoldim.

Yon hakam chiziq ustida to'pni olib ketayotgan futbolchiga: O'yin, o'yin, e, o'yin-ey;

Hamro aka, qaradingiz, qaradingiz, pas bermasdan tepvordingiz-a!

Tanaffusda barcha tin olgan bo'lsa, Odil Ahmedov jajji tomoshabinlar orasida suratga tushish bilan ovora bo'ldi.

- Odil, manavilar siz bilan rasm tushsin, yig'lab yotibdi.

Xullas, Surxondaryo safarimiz ham yakunlandi. Endi qo'shni viloyat Qashqadaryoga yo'l olamiz hamda Superliganing markaziy o'yinlaridan biri bo'lmish "Nasaf" - "Paxtakor" o'yini hamda uning atrofida bo'layotgan ajabtovur voqealarni siz bilan baham ko'rishga harakat qilamiz.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика