So’nggi yangiliklar

01:25Симоне Индзаги "Манчестер Юнайтед"га рад жавобини берди  0 00:55Испания Суперкубоги. "Барселона" биринчи бўлимнинг ўзида "Атлетик"ни янчиб ташлади  26 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  2 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:35АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Брайтон"ни меҳмон қилмоқда, Ҳусанов асосийда (онлайн ҳисоб)  13 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  2 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  3 23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16

"Surxon" 29 martgacha qarzini to'lashi haqida ogohlantirildi. Aks holda, klub Pro ligaga tushirib yuboriladi Yangiliklar

"Surxon" 29 martgacha qarzini to'lashi haqida ogohlantirildi. Aks holda, klub Pro ligaga tushirib yuboriladi

O'zbekiston Professional futbol ligasi "Surxon" futbol klubi hamda Surxondaryo viloyati hokimligiga mavjud qarzdorlik yuzasidan o'zining so'nggi xavotirini rasman bildirdi.

Avvalroq Liga "Surxon" futbol klubining ishchi-xodimlar, futbolchi va murabbiylardan qarzdorligi masalasiga to'xtalib o'tgandi.  

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 6 yanvardagi "Surxon PFC" masuliyati cheklangan jamiyati ustav fondidagi davlat ulushini "FC-Surhan" masuliyati cheklangan jamiyatiga sotish to'g'risida"gi 4-son qaroriga muvofiq Surxondaryo viloyati hokimligi zimmasiga "Surxon PFC" masuliyati cheklangan jamiyatining o'tgan davrdagi faoliyati yuzasidan tezkor mustaqil audit tekshiruvini o'tkazib, klubning aniqlangan kreditor qarzdorligini 2023 yilning 10 yanvariga qadar bartaraf etilishini taminlash yuklatilgan bo'lsa-da, hozirgi kunga qadar qarzdorlik to'liq bartaraf etilmadi.

Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur qaror ijrosini bajarishga kirishgani, "Surxon" futbol klubining moliyaviy-xo'jalik faoliyati to'liq o'rganilgani, futbol klubiga tegishli qarzdorlikning haqiqiy miqdoriga aniqlik kiritilgani O'zbekiston Professional futbol ligasiga malum. SHunga qaramay, qarzdorlik hozirgi kunga qadar saqlanib turgani Ligani xavotirga soladi, deyiladi xatda. 

Osiyo futbol konfederaciyasining professional futbol klublarini licenziyalash mezonlaridan eng muhimi mavjud qarzdorlikning bartaraf etilganligi hisoblanadi. Oldindan tasdiqlangan taqvim rejaga muvofiq, Osiyo futbol konfederaciyasining licenziyalash jarayoni joriy yilning martiga qadar yakunlanishi kerak edi. Keyinchalik O'zPFL so'roviga asosan mazkur jarayon faqatgina O'zbekiston uchun 30 mart kuniga qadar uzaytirildi.

SHundan kelib chiqib, 29 martga qadar "Surxon" futbol klubining sobiq futbolchi hamda murabbiylari oldidagi qarzdorligi bartaraf etilmasa, Osiyo futbol konfederaciyasining AFC CLAS platformasida bu borada ochilgan qarzdorlik bo'yicha bandlar yopilmay qoladi hamda klubning licenziyalashdan o'ta olmasligiga sabab bo'ladi. Agar "Surxon" futbol klubi joriy yilgi mavsumda Osiyo futbol konfederaciyasining licenziyalash jarayonidan o'ta olmasa, Superligada qaysi o'rinni egallashidan qati nazar o'z faoliyatini kelgusi mavsumda quyi ligada davom ettirishi "Superliga va Pro liga reglamenti"ning 10.2-bandida o'z aksini topgan.

⚡️ "Surxon"ning sobiq futbolchilari "portlashdi": Klub faqat FIFAdan qo'rqadimi? Nega Termiz klubi hamon qarzlarini bermayapti?

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика