So’nggi yangiliklar

19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  2 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  3 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  0 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  2 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  6 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  8 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  4 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  10 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0 14:45Энрике Доннарумма ҳақида: "Жижжо яхши инсон эканини ҳамма билади. Мусиалага тезроқ соғайишини тилаймиз"  4 14:32"Андижон"га польшалик ҳимоячи келмоқда  10

Terma jamoalar uchun yangi baza barpo etiladi Yangiliklar

Terma jamoalar uchun yangi baza barpo etiladi

Avval xabar berganimizdek, O'zbekiston futbol associaciyasi prezidenti – Abdusalom Azizov milliy hamda olimpiya terma jamoalari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Samimiy suhbat tarzida o'tgan ushbu uchrashuvda futbolimiz rahbari muhim bir yangilikni malum qildi. 

"Futboli rivojlangan mamlakatlarda milliy terma jamoalar doimiy yig'inlar o'tkazadigan zamonaviy bazalarga ega. Mana shu qarorgohlarda katta turnirlarga tayyorgarlik ko'rish uchun barcha sharoitlar mavjud. Bizda shu kungacha terma jamoalar mehmonxonalarda istiqomat qilib, mashg'ulot o'tkazish uchun har xil maydonlardan foydalanib kelmoqda. Bu esa bugungi kun talablariga mos emas.

SHuni inobatga olgan holda associaciya tomonidan terma jamoalarimiz uchun yangi baza barpo etish rejasi ishlab chiqildi va bu boradagi dastlabki qadamlar tashlandi. Ushbu loyiha davlatimiz, qolaversa, xalqaro futbol tashkilotlari tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. Bu baza asosiy jamoalarimizning yig'in o'tkazishi, mashg'ulotlar, tiklanish, hordiq  chiqarish va jismoniy holatni yaxshilash uchun barcha sharoitlarga ega bo'ladi. Qarorgoh bahavo hududda, suv bo'yida joylashadi. Zamonaviy texnika bilan jihozlanadi.

Ishonamanki, ushbu loyiha milliy futbolimizning, ayniqsa turli yoshdagi terma jamoalarimizning yangi bosqichga chiqishida va muhim musobaqalarga sifatli tayyorgarlik olib borishida katta xissa qo'shadi", - deya takidlab o'tdi Abdusalom Azizov.

Qayd etish joiz, ushbu yangilik hozirda faoliyat olib borayotgan futbolchilar va yaqin kelajakda ushbu sport turi bilan professional tarzda shug'ullanuvchilar uchun o'ziga xos bayram sovg'asi bo'ldi.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика