So’nggi yangiliklar

08:31Криштиану Роналду Португалиянинг Миллатлар лигаси финалидаги ғалабаси ҳақида фикр билдирди  0 08:03ЦСКАни бошқариш учун иккита номзод бор  0 07:35ПСЖ футболчиси Испания — Португалия учрашувида энг яхши бўлди  1 07:09Неъматилло Қуттибоев: "Арислан Юсупбаев ва Аъзамжон Алиевларда жароҳат бор"  0 02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  152 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  2 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  7 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  44 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  14 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  11

Tarixda bugun. 2:6 hisobidagi mag'lubiyatni 5:0 g'alabaga aylantirgan "Lokomotiv" Yangiliklar

Tarixda bugun. 2:6 hisobidagi mag'lubiyatni 5:0 g'alabaga aylantirgan "Lokomotiv"

Besh yil oldin aynan shu kuni "Lokomotiv" o'z maydonida Qatarning "Al Sadd" klubini qabul qilgandi.

17 mart kuni Dohada bo'lib o'tgan OCHL guruh bosqichidan o'rin olgan bahsda "Lokomotiv" "Al Sadd"ga 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qaytgan, shu bois javob o'yinida vaziyatni o'nglamasa bo'lmasdi. 

"Temiryo'lchilar" javob bellashuviga jiddiy tayyorgarlik olib borishadi. Esingizda bo'lsa, birinchi o'yindan keyin jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramovning biroz tobi qochib, kasalxonada davolanib chiqqandi. 

Albatta, 2:6 - bu yirik mag'lubiyat, vaziyatni o'nglash oson bo'lmaydi, lekin imkoniyat ham yo'q emasdi. 2015 yilning 8 aprel sanasida zo'r havo bo'ldi. Quyosh chiqdi, kun isib ketdi. SHu kuni "Lokomotiv"ni qo'llash maqsadida ko'pchilik muxlislar tashrif buyurgandi. OAV xodimlari o'tiradigan tribuna ham to'lgandi. 

 

OFK mazkur bellashuvni Kim Dong Jin boshchiligidagi koreyalik hakamlar brigadasiga ishonib topshiradi. Soat 16:00da boshlangan bahs ilk daqiqalardan "Loko"ning hujumlari bilan avj oladi. 

Buning natijasiga 7-daqiqaga kelib Marat Bikmaev o'yinda hisobni ochadi. Oradan yana etti daqiqa o'tib Bikmaevning o'zi hisobni 2:0ga etkazadi. Birinchi taymda boshqa gol kiritilmaydi va tomonlar 2:0 hisobida tanaffusga yo'l olishadi. 

Murabbiydan kerakli ko'rsatmalarni olgan "Loko" futbolchilari ikkinchi bo'limda yana hujumga zo'r berishadi. Buning natijasida ikkinchi taymning 10-daqiqasi o'tib borayotgan paytda Sanjar SHoahmedov to'p kiritib o'z nomini tabloga yozdirib qo'yadi - 3:0.

 

Keyingi ikkita gol zaxiradan tushgan futbolchilar tomonidan urilgandi. Avvaliga Damir Koyashevich 79-daqiqada hisobni 4:0ga etkazgan bo'lsa, 90+1-daqiqada boshqa bir legioner Ruslan Koryan o'yinga yakuniy nuqtani qo'yadi - 5:0. 

Afsuski, "Lokomotiv" yirik hisobda zafar quchgani bilan o'sha yil guruhdan chiqa olmagandi. CHunki jamoa keyingi tur "Al Hilol"ga va oxirgi turda "Fulad"ga imkoniyatni boy bergan.


OCHL. Guruh bosqichi, 4-tur. 08.04.2015 

"Lokomotiv" (O'zbekiston) - "Al Sadd" (Qatar) 5:0 

"Lokomotiv": 12.Mamur Ikromov, 3. SHavkat Mullajonov, 8.Sardor Mirzaev, 10.Marat Bikmaev, 13.Lutfulla To'raev, 16.Jasur Hasanov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 22.Sanjar SHoahmedov, 28.Ikrom Aliboev, 31.Nemanya Yanichich, 77.Jasur Hasanov. 

Zaxiradan tushganlar: 7.Ruslan Koryan, 99.Damir Koyashevich. 

Gollar: Bikmaev (7, 14), SHoahmedov, 55. Koyashevich,79. Koryan, 90+1. 

Bosh hakam: Kim Dong Jin (Janubiy Koreya).

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика