So’nggi yangiliklar

23:40Евро-2024. "Қизил фурия" Германияни мусобақадан чиқариб юборди  184 23:23Ольмо Испаниянинг 74 йиллик антирекордига нуқта қўйди  0 23:07Евро-2024. Португалия – Франция. Бошланғич таркиблар аниқ!  3 22:57Манба: Педри учун "Евро" якунланди  9 22:40Ўзбекистон кубоги. "Навбаҳор" - "Бухоро" 1:0  0 22:35Ўзбекистон кубоги. "Навбаҳор" ва "Бунёдкор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, чорак финалга йўл олишди  16 21:43Расман: Абдурауф Бўриев "Пахтакор"га қайтди   13 21:18"Ал Насср" Эдерсонга жуда катта маош таклиф қилмоқда  3 20:52Туркия Демиралнинг иши бўйича апелляция бера олмайди. Нега?  2 20:13CAFA U-20 Championship 2024. Ўзбекистон Туркманистон устидан қийин ғалабага эришди  4 20:01Евро-2024. Испания – Германия. Таркиблар эълон қилинди!   11 19:53Ўзбекистон Кубоги. "Навбаҳор" – "Бухоро", "Бунёдкор" – "Қизириқ". Таркиблар маълум  12 19:44Вертонген Бельгия терма жамоасидаги фаолиятини тугатди  0 19:20Ўзбекистон рақиби Мисрнинг Олимпиада учун қайдномаси маълум  10 18:55Шерзод Эсанов: "Сўнгги учрашувлардаги натижар туфайли ўзимизга бўлган ишонч янада ортди"  3

Taqibchilar o'zgardi: A Seriya 27-tur yakunlari Yangiliklar

Taqibchilar o'zgardi: A Seriya 27-tur yakunlari

Italiya chempionatida navbatdagi tur uchrashuvlari ortda qoldi.

"Udineze" "Milan"ni yutib qo'ydi

"Udineze"ga qarshi uchrashuv "Milan" uchun qiyin boshlandi va 9-daqiqadayoq Tomori uzatmada xatoga yo'l qo'yib, Samaradjich rivojlantirgan hujumni Roberto Pereyra gol bilan yakunladi. SHundan so'ng, "Milan" qanchalik vaziyat yaratishga urinmasin, o'yin sokin ruhda o'tardi. Faqatgina bo'lim oxirida Leao uzoqdan yo'llagan zarbasini yodga olsa arziydi. Aynan portugaliyalik futbolchining faolligi va unga nisbatan jarima maydonchasidagi fol tufayli hakam birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda penalti belgiladi. Zarbani Zlatan amalga oshirdi va Silvestrini dog'da qoldira olmadi, biroq Ibraning baxtiga kiper zarba berilayotganda chiziqni ertaroq tark etgan ekan. Takroriy urinishdan Zlatan A Seriya bu mavsumidagi gollari sonini ochishga erishdi. Ko'pchilik bo'lim durang bilan yakunlanadi va ustunlik endi "Milan" tomonga o'tib ketadi deb turganida, 4-qo'shib berilgan daqiqada Saksessning uzatmasini jarima maydonidagi Betu golga aylantirdi.

"Milan" tanaffusdan keyin ham hujumga oshiqardi va vaziyatni o'nglashga urinardi. "Udineze" esa amaldagi chempionni qarshi hujumda "ushladi", Saksess qanotda kurashdi va to'p Udogi orqali boshqa lateral Exibuega etkazildi, u esa imkoniyatdan unumli foydalanib hisobni 3:1 ko'rinishga keltirdi. Bu goldan keyin "Milan" qandaydir cho'kib qoldi va hujumda hech nima qila olmadi. Aksincha, "Udineze" yana gol urishi mumkin edi. 


"Yuventus" safarda "Inter"ni taslim etdi

Har ikki jamoa evrokuboklardagi janglardan keyin yaxshigina charchashgandi. SHu sababli o'zaro uchrashuv ham ehtiyotkorlik bilan boshlandi. Maydonda Nikolo Barella eng faollardan edi. Aynan u avvaliga uzoq masofadan zarba berdi, keyin Lukaku bilan devor uslubida o'ynab, SHensnini tekshirdi. "Yuventus"ning birinchi hamlasiyoq gol bilan yakunlandi. Dumfris va Darmian jarima maydonchasi qanotida Kostichni etiborsiz qoldirishdi va vinger darvozaning uzoq burchagini nishonga olishga imkoniyati ham, etarlicha vaqti ham bor edi. "Inter" futbolchilari sal avvalroq o'yin qoidasi buzilganiga bosh hakamning etiborini qaratishga urinib ko'rishdi, biroq u vaziyatni takroran ko'rib, golni inobatga olishga qaror qildi. Sal o'tib, Kostich yana shunga o'xshash vaziyatga chiqib boridi, ammo bu safar zarba o'rniga to'pni Lokatelliga uzatdi, lekin yarim himoyachi zarba berish uchun o'zini o'nglolmadi. "Inter" tanaffusgacha boshqa xavfli vaziyat yarata olmadi.

Lokatelli tanaffusdan keiyn gol urishi mumkin edi. Ikkinchi tempda hujumga qo'shilgan futbolchining zarbasiga kuch etishmadi. "Inter" katta kuch bilan hujum qilishga urinardi, lekin bu xavfli vaziyatga emas, raqibning keskin qarshi hujumlariga sabab bo'lardi. "Neradzurri"ning baxtiga mehmonlar hujumlarni yakunlashda u qadar samarali harakat qila olishmadi, "Inter" futbolchilarining o'zi esa bor yo'g'i ikkita xavfli vaziyat yarata oldi. Biroq har ikki safar Mxitaryanning zarbalariga aniqlik etishmadi. Natijada, "Yuventus" muhim g'alabani tantana qildi va etakchilarga juda yaqin keldi. "Inter" esa to'rtlikdan chiqib ketmaslik uchun nimadir qilmasa bo'lmaydi.


Kamchilikdagi "Roma" "Lacio"ga yutqazdi 

Har ikki klub hafta o'rtasida evrokuboklarda maydonga tushgandi. Biroq "Lacio" raqibidan farqli ravishda o'z ishtirokini yakunladi. O'yin esa Luis Alberto to'pni Ruy Patrisiuning ustidan tashlab qo'yishi bilan boshlanishiga sal qoldi, lekin mo'ljalda biroz adashdi. Keyingi epizodda Cakanya zarba berdi, ammo Patrisiu to'pni ushlab oldi. "Roma" esa hujumda u qadar faol emasd. 30-daqiqada Ibanesning chetlatilishidan keyin vaziyat Mourinyu shogirdlari uchun yanada qiyinlashdi. Bundan keyin "jallorossi" amalda tanaffusni kutib harakat qilishdi.

Tanaffusdan keyin vaziyat deyarli o'zgarmadi. "Lacio" xavfliroq harakat qilar va vaziyat yaratardi. Jumladan, Luis Alberto uzoq masofadan kuchli zarba berdi, Milinkovich-Savich esa ispaniyalik jamoadoshi havodan uzatgan to'pga eta olmay qoldi. SHunday bo'lsada, "burgutlar"ning faolligi gol bilan yakunlandi. Cakanya to'p uchun kurashda ustun keldi va uzoq burchakka ajoyib zarba berdi. Ko'p o'tmay, "Roma" standartdan javob qaytardi. Pellegrinining uzatmasidan keyin Kris Smolling to'pni Abraxamga tashladi, hujumchi esa yaqin masofadan zarba berib, muvozanatni tikladi. Biroq takroriy lavha shuni ko'rsatdiki, Smolling o'yindan tashqari holatda bo'lgan ekan. Spinnacola ayyorona zarba bilan Provedelning ustidan to'pni tashlab qo'yishga urinib ko'rdi, ammo davrozabon jamoasini qutqardi. "Bo'rilar"ning kuchi bundan ortig'iga etmadi, "Lacio" esa bu g'alabadan keyin 2-o'ringa ko'tarildi, "Roma" hozircha — beshinchi.


"Napoli" "Torino"ga imkon qoldirmadi

Ilk daqaqalardanoq "Torino" ortda qola boshladi. Zelinskining burchakdan uzatgan to'pini Osimxen boshi bilan to'rga yo'lladi. Gol o'tkazib yuborganiga qaramay, mezbonlar hujumga o'tardi va vaziyatlar ham yaratishni uddaladi. Vlashich, Richchi yaxshi zarba berdi, Sanabriya esa qaytgan to'pni ustunga yo'lladi. "Torino" ancha faol edi va kutilmaganda Linetti oddiy vaziyatda jarima maydonchasi ichida Xvichani yiqitdi. Jabrlanuvchining o'zi penaltidan unumli foydalandi. Ko'p o'tmay, Kvaracxeliya hisobiga yana bir assist yozdirib qo'yishi mumkin edi, lekin Osimxenga omad etishmadi. 

Ikkinchi bo'lim boshlanishi bilanoq "Napoli" o'ta chiroyli hujum uyuo'tirdi. Xvicha to'pni tovoni bilan qanotdagi Oliveyraga etkazdi, u ham birinchi teginishdayoq to'pni Osimxenga yo'lladi va Viktor boshi bilan oradagi farqni oshirdi. Bu goldan keyin neapolliklar yana g'alabaga erishishida hech kimning shubhasi qolmadi. SHunday bo'lsada, "Napoli" bosim qilishda davom etdi. Osimxenning pressingi natijasida to'p Xvichaga borib tushdi, gruziyalik qizg'onmadi va yanada qulayroq vaziyatda turgan Ndombeleni ko'rdi hamda u imkoniyatdan unumli foydalandi. "Napoli" yana gol urishi mumkin edi, lekin tablodagi hisob boshqa o'zgarmadi. Spaletti jamoasi skudettoga yanada yaqinlashdi, "Torino" esa xafa bo'lmasa ham bo'ladi. Hozir "Napoli"ni to'xtata oladigan kuch butun Evropa ko'p bo'lmasa kerak.

SHuningdek, "Monca" va "Kremoneze" murosa ko'chasini tanladi, SHomurodov zaxiradan tushgan o'yinda "Speciya" "Sassuolo"ga yutqazdi, "Sampdoriya" esa "Verona"ni engdi.


Sergey Rumyancev 

Nozima To'xtamirzaeva

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика