Tanishing: eronliklar umidi - Rizo Guchannajod
21 apr 2014 18:33
Yangiliklar
Tanishing: eronliklar umidi - Rizo Guchannajod
2013 yilgi futbol mavsumi Eron termasi uchun muvaffaqiyatli keldi. Terma jamoa mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdi va o'z tarixida to'rtinchi bor jahon chempionatida ishtirok etadigan bo'ldi.
Bundan tashqari, forslar ketma-ket 13-marta Osiyo Kubogining final bosqichiga yo'l olishdi. Bu kabi yutuqlarda Eron termasi hujumchisi Rizo Guchannajodning qo'shgan hissasi katta.
26 yoshli hujumchi o'tgan yilgi saralash o'yinlarida 6ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Guchannajodning faoliyati juda qiziq ukechgan. U 8 yoshida ota-onasi bilan Gollandiyaga borib, o'sha erda futbolga beriladi. Hatto Gollandiya yoshlar (U-19) va o'smirlar (U-16) termasida ham maydonga tushgan.
U birinchi professional shartnomasini 2006 yilda “Xerenven” bilan tuzadi. 2011 yil Belgiyaning “Sent-Tryuyden” klubiga ko'chib o'tgach, qisqa vaqt ichida 13 ta to'p kiritadi va shundan so'ng Eron termasi ustozi Karlush Keyrush nazariga tushadi.
Hujumchi JCH-2014 saralash bahslarida Qatar va Janubiy Koreya bilan o'yinlarda terma jamoasining juda muhim gollarini kiritdi. Esingizda bo'lsa, aynan uning safarda Koreya darvozasiga urgan goli terma jamoamizni yo'llanmadan mahrum qilgandi.
Rizo Guchannajod ayni paytda Angliyaning “CHarlton Atletik” klubida to'p surmoqda. Katta ehtimol bilan u ham Braziliyadagi jahon chempionatiga boradi. Eronliklar joy olgan guruhda Argentina, Bosniya va Nigeriya bor. JCH-2014 fors hujumchisi uchun dastlabki mundial hisoblanadi, uning bu musobaqadan umidi katta.
MA'ULUMOT UCHUN
Rizo Guchannajod
1987 yil, 20 sentyabrda Eronning Mashhad shahrida tug'ilgan.
Ampluasi - hujumchi
Klubi: “CHarlton” (Angliya)
Eron termasi safida 11ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urgan.
X.Xoliqov tayyorladi.

Fikrlar