So’nggi yangiliklar

01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  1 00:49"Бавария" "Барселона", "Ливерпул" ва "Реал" қизиқаётган ҳимоячи билан боғланди  0 00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  1 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  22 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  5 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  3 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  1 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  32 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   17 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  7

RPL. "Spartak" mehmonda g'alaba qozondi va 1-o'ringa chiqib oldi Yangiliklar

RPL. "Spartak" mehmonda g'alaba qozondi va 1-o'ringa chiqib oldi

Tez orada Rossiya Premer-ligasi 9-turi doirasidagi "Tambov" - "Spartak" o'yini yakuniga etdi.

FC Tambov

Premier League . 9-tur

26/09/2020, 17:00

2
:
0
Tugadi

Spartak Moscow

Ayrton Lucas - 75', Ayrton Lucas - 84'

Stadion: Mordovia Arena

45'
90'
40'  Vitaliy Balashov
46'  Vitaliy Balashov (Pavel Karasyov)
57'  Valeriu Ciuperca
81'  Kirill Panchenko (Mikhail Kostyukov)
81'  Vladimir Obukhov (German Onugkha)
82'  Nikita Chagrov
86'  Soslan Takazov (Nikita Chicherin)
90'  Oleksandr Kapliyenko
10'  Ilya Kutepov
46'  Nail Umyarov (Andrei Eshchenko)
53'  Aleksandr Kokorin (Ezequiel Ponce)
53'  Ilya Kutepov (Ilya Gaponov)
55'  Ezequiel Ponce
74'  Zelimkhan Bakaev (Aleksandr Sobolev)
75'  Ayrton Lucas
84'  Ayrton Lucas
85'  Jordan Larsson (Oston Urunov)
87'  Roman Zobnin


"Tambov" – "Spartak" 0:2

"Mordoviya Arena"

Gollar: 0:1 – 75 Ayrton, 0:2 – 84 Ayrton.

Tambov – CHagrov, Kaplienko, SHlyakov, Takazov (CHicherin, 86), Tetrashvili, CHuperka, Kilin, Balashov (Karasev, 46), Gricaenko, Obuxov (Onugxa, 81), Panchenko (Kostyukov, 80).

Spartak – Maksimenko, Djikiya, Kutepov (Gaponov, 53), Jigo, Ayrton, Zobnin, Umyarov (Eshhenko, 46), Kral, Bakaev (Sobolev, 74), Kokorin (Ponse, 52), Larsson (O'runov, 86).

Ogohlantirishlar: Kutepov (10), Balashov (40), Ponse (56), CHuperka (57), CHagrov (82), Zobnin (87), Kaplienko (90).


RPL turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+2. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Oston bugun o'zining odatiy joyida emas, o'ng qanotga yaqinroq hududda harakat qilmoqda.

90+1. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

90. Oston O'runov to'pni o'ng qanotga uzatdi va Ponsega nisbatan qo'pollik ishlatildi. Kaplienkoga sariq kartochka ko'rsatildi.

86. O'ZGARISH: Larsson o'rniga OSTON O'RUNOV maydonga tushdi.

84. GOOOL! YANA AYRTON! 0:2! Braziliyalik futbolchi burchakka yaqin nuqtadan uzatilgan to'pni erga tushishi bilan himoya qalqonlari orqali darvozaga zarba berdi. Posbon esa to'p maydonni tark etishini kutayotgandek hammasini kuzatib turdi.

82. Sariq kartochka. "Tambov" posboni Sobolevga nisbatan qo'pol o'ynadi deb topildi va u jazolandi. Biroq bu vaziyat jarima maydonchasi tashqarisida sodir bo'ldi.

80. GOL! Biroq u hisobga olinmadi, Ayrton raqibdan qochib ketayotganda "Tambov" futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatgan edi.

75. GOOOL! AYRTOOON! Sobolevning zarbasidan so'ng to'p Ayrtonga tushdi va braziliyalik raqib darvozasining yaqine burchagini aniq nishonga oldi. 0:1

74. "Spartak"da o'zgarish: Bakaev o'rniga Sobolev maydonga tushdi.

68. ZARBAAA! Ponse 7 metrdan raqib darvozasini nishonga ola bilmadi. U tepgan to'p erga sakrab, darvoza ustidan o'tib ketdi.

65. Oston O'runov va Sobolevlar mashg'ulotlarni davom ettirishmoqda.

64. To'pni ko'proq "Spartak" egallab turibdi, ammo hujumda ishlar yurishmayapti.

57. "Spartak" raqib jarima maydonchasi oldida standart vaziyat ishlab oldi.

54. ZARBAAA! Larssonning Robben uslubidagi uzoq burchakka bergan zarbasi darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi.

52. "Spartak"da navbatdagi o'zgarishlar: Kokorin o'rniga Ponse, Kutepov o'rniga Gaponov maydonga tushdi.

47. "Spartak"da o'zgarish bo'ldi. Birinchi bo'limda jarohat olgan Umyarov o'rniga Eshenko o'yinga qo'shildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

40. Sariq kartochka. Balashov Zobnin yuziga urib yuborgani uchun jazolandi.

37. ZARBAAAA! Kokorin jamoadoshidan to'pni qabul qilishi bilan raqib darvozasiga kuchli zarba berdi. To'p ustun va to'sin kesishgan nuqtaga tegib, maydonni tark etdi.

33. To'p "Tambov" jarima maydonchasiga uzatilganidan so'ng "Spartak" futbolchilari to'p raqibning qo'liga tekkani haqida hakamga murojaat qilishdi. Agar shunday bo'lsa VAR buni aniqlaydi.

30. ZARBAAA! "Tambov" futbolchisining zarbasidan so'ng to'p "Spartak" darvozasi to'siniga tegib qaytdi.

28. Oston O'runov maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda, Umyarov jarohat olgan ko'rinadi.

25. "Spartak"ning hujumdagi ishlari qovushmayapti. To'p raqib jarima maydonchasiga etay deganda, raqib to'pni olib qo'ymoqda.

21. "Tambov" hujumlari soni oshgani tufayli "Spartak" orqaroqqa qaytdi va endi tezkor emas, balki kombinacion hujumlarga tayanib o'ynamoqda.

16. Obuxov "Spartak" darvozasiga xavf soldi, ammo uning zarbasi noaniq ketdi. "Tambov"ning ushbu 28 yoshli futbolchisi Buxoro viloyatida dunyoga kelgan, ammo Rossiya fuqarosi hisoblanadi.

12. Bugungi uchrashuvga deyarli 15 ming muxlis tashrif buyuribdi.

10. Uchrashuvdagi dastlabki sariq kartochka Ilya Kutepovga ko'rsatildi. U raqibga nisbatan qo'pol harakat qilgandi.

7. Uchrashuvdagi dastlabki aniq zarba Roman Zobnin tomonidan berildi. Biroq to'p darvozabon qo'liga engil dumalab, etib bordi.

6. Ayrton chap qanotdan oldinga o'tdi va to'pni jarima maydonchasiga uzatish yoki burchak zarbasi ishlab olishga urindi. Biroq futbolchining o'ylaganlari amalga oshmadi.

1. Uchrashuv boshlandi.

- "Spartak"ning o'zbekistonlik xavbeki Oston O'runov zaxirada qoldirilgan.

"Tambov": CHagrov, Takazov, SHlyakov, Gricaenko, Kaplienko, CHuperka, Tetrashvili, Kilin, Balashov, Obuxov, Panchenko.

Zaxira: Rijikov, CHicherin, Rybin, Golovnya, Karasyov, Kabaxidze, Kostyukov, Onugxa.


"Spartak": Maksimenko, Kutepov, Djikiya, Jigo, Ayrton, Zobnin, Bakaev, Umyarov, Kral, Kokorin, Larsson.

Zaxira: Rebrov, Eshhenko, Gaponov, Golosov, Markitesov, O'runov, Sobolev, Ponse.

Reyting: -27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика