So’nggi yangiliklar

03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  0 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0

"Surxon"da sukunatmi? Yangiliklar

"Surxon"da sukunatmi?

Teglar :  Surxon
Xabaringiz bor, barcha jamoalar allaqachon yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi

Yaqinda Superliga klublarining qishki o'quv-mashg'ulot yig'inlari rejasini malum qilgan edik. Deyarli hamma o'z rejasini ishlab chiqqan, shunga yarasha harakatni olib bormoqda. 

Kimlar Turkiyaga boradi? Klublarimizning yangi mavsumga tayyorgarlik rejalari haqida

Tarkibdagi o'zgarishlar haqida ham xabarlar berilib turibdi. Lekin Termizning "Surxon" jamoasi hali hamon sukunatda. So'nggi ikki mavsum Superligada jon saqlash uchun kurashgan  termizliklarda bu yil yaxshi hamkorga ega bo'lishi va vaziyat yaxshilanishi kutilayotgan edi. Hozircha klub matbuot xizmati ham, rahbariyat ham jimlik saqlashmoqda. Malumotlarga qaraganda, klubning yangi hamkorlari va hozirgi rahbarlari bir qarorga kela olishayotgani yo'q. Jamoani tark etgan futbolchilardan Husniddin G'ofurov ("Neftchi"), Rustam Nortojiev, Alisher Salimov ("Lokomotiv"), Murod To'ychiboev (aniq emas) haqida malumotga egamiz. 

Bum! "Surxon" yangi va baquvvat homiy topdi

Yangi mavsumda kim bosh murabbiy bo'lishi haqida ham hali nomalum. Dekabr oyida jamoaga ispaniyalik murabbiylar kelishi mumkinligi borasida xabarlar tarqalgan edi. Keyinchalik esa Bahrom Haydarov saytimizga bergan intervyusida murabbiylar shtabini klub bilan shartnomasi borligini aytgandi. CHempionat boshlanishiga 2 oy vaqt bor. Mana shu vaqt ichida jamoani shakllantirish, tarkibni yig'ish kerak. Agarda yangi murabbiy ish boshlaydigan bo'lsa, bu ancha vaqtni oladi. 

"Jamoadan ketganim yo'q "- Bahrom Haydarov, "Surxon"ni Superligada olib qolish va navbatdagi rejalar haqida

SHuningdek yana bir masala "Surxon" uy uchrashuvlarini o'tkazadigan stadionning projektorlarini hali yangilaganicha yo'q. O'tgan mavsumda O'zPFL jiddiy taqiqi qo'ygan holda o'z stadionidan foydalanishga ruhsat bermagan edi. Agarda bu yil ham mazkur masala hal etilmaydigan bo'lsa, mavsum o'rtasiga kelib jamoa stadion qidirishga yoki raqiblar maydonida o'ynashga majbur bo'ladi. 


Hozircha rahbariyat bilan bog'lanishni iloji bo'lgani yo'q. Umid qilamizki yaqin kunlarda yuqoridagi savollarimizga javob olamiz zero do'st achitib, dushman kuldirib gapirar. Maqsadimiz esa dushmanlik emas!


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика