So’nggi yangiliklar

21:55Аргентина Месси фаолиятини якунлагач, 10-рақамни ҳеч кимга бермайди  1 21:30Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг финал олдидан ўтказган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:04Куртуа Евро-2024'да иштирок этмайди  0 20:59Осиё Чемпионлар лигаси финалини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  4 20:32U-23 Осиё кубоги. Ироқ ва Индонезия 3-ўрин ва Олимпиада йўлланмаси учун курашмоқда (онлайн ҳисоб)  18 20:16"Қайрат" ўзбекистонлик олимпиячиларни ўз сафига қўшиб олмоқчи  18 19:59Бразилияда келишилган ўйинлар туфайли мавсум тўхтатилиши мумкин  0 19:36МЮ Санчони қайтариш ниятида эмас  3 19:12Кутилмаган бурилиш: Клопп "Боруссия Д"га қайтиши мумкин  6 18:48"Ювентус" Кимга қизиқяпти  2 18:22"Лестер" етакчиси билан шартномани узайтиради  2 17:53Бир қанча жамоалар "Челси" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:27"Ал Қодисия" ван Дейкни жалб қилмоқчи  1 16:59Рангник "Бавария"да ишлашдан бош тортди  2 16:35"Флуминенсе" Тиаго Силвага шартнома таклиф қилди  0

Superliganing 2022 yilgi eng yaxshi assistenti: "O'zbek futbolining tepasida nima qilishni yaxshiroq biladiganlar bor" Yangiliklar

Superliganing 2022 yilgi eng yaxshi assistenti: "O'zbek futbolining tepasida nima qilishni yaxshiroq biladiganlar bor"

"Qizilqum"ning serbiyalik yarim himoyachisi Aleksandar Stanislavlevich joriy mavsumda jamoadoshlarining 12ta goliga hamualliflik qildi.

Bu esa joriy mavsumda Superligadagi assistentlar bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkich sifatida qayd etildi. Mavsum davomida yaxshi taassurot qoldirgan Stanislavlevich chempionat qanday o'tgani va keyingi rejalari bilan o'rtoqlashdi. 

- Aleksandar bu yil siz uchun O'zbekiston chempionatidagi debyut bo'ldi. "Qizilqum" tarkibida ilk bor to'p tepdingiz. Xo'sh, mavsum haqida qanday fikrlar bildira olasiz? Qaysi rejalar o'xshadi, nimalar qolib ketdi?

- Ortda qolgan mavsumda esda qolarli xotiralar qoldi. 6ta gol va 12ta golli uzatma bilan muvaffaqiyatli natijaga erishdim. Debyut uchun yomon emas, deb o'ylayman. Lekin biz ko'prog'iga loyiq edik. 

- 5-o'rin jamoaning joriy yilgi harakatlariga mos bo'ldimi?

- Ortda qolgan mavsumga nazar tashlasam, kuchli uchlikka kira olmaganimdan afsusdaman. CHunki bizda yuz foizli sifatli o'yinimiz bor edi. 

- Ammo oxirgi turlarda jamoa futbolchilarida kayfiyat ko'rmadik. Ayniqsa "Paxtakor" bilan uchrashuvda...

- Hozir bo'lib o'tgan ishlar haqida gapirmoqchi emasman. Klub yanada yaxshilanishi uchun ishlashi kerak. Ularga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. 

- Keyingi mavsumda yana qaysi jihatlar, kamchiliklar bartaraf etilishini istardingiz?

- O'zbek futbolining tepasida nima qilishni yaxshiroq biladiganlar bor. Men o'z ishimni qo'ldan kelgancha bajarishga harakat qilaman. Bu - futbol. 

- Bu yilgi shaxsiy ko'rsatkichlaringiz haqida...

- O'zbekistondagi ilk mavsumimda eng yaxshi assistent bo'lganimdan xursandman. Bir narsani aytishim kerakki, men Timurdek ajoyib va yuqori darajadagi kuchli hujumchi bilan o'ynadim. Bundan shodman. 

- O'z poziciyangizdagi eng yaxshi futbolchini ayta olasizmi?

- Bu - men. 

- Keyingi rejalaringiz qanday? Sizni 2023 yilda qaysi jamoada ko'ramiz?

- Hozirgi rejam oilam davrasida bo'lish va futbol haqida o'ylamaslik. Hammasini vaqt ko'rsatadi. 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика