So’nggi yangiliklar

13:1516 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди   0 12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  2 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  3 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  4 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  5 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  3 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  8 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  5 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  16 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1

O'zbekiston kubogi. "Lokomotiv"ni enggan "Qizilqum" raqibini guruhda qoldirib, pley-offga yo'l oldi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Lokomotiv"ni enggan "Qizilqum" raqibini guruhda qoldirib, pley-offga yo'l oldi

O'zbekiston kubogining 3-turidan o'rin olgan “Lokomotiv” – “Qizilqum” uchrashuvi yakunlandi.

O'zbekiston kubogi, 3-tur
“Lokomotiv” – “Qizilqum” 0:1
27 aprel, shanba. 16:30. “Lokomotiv” stadioni.
Bosh hakam:
Rahimbek Karimov
Yordamchi hakamlar: Islom Azimov, SHerzod Azamov
Zaxira hakami: SHavkat Nasibullaev
VAR: Aziz Asimov
AVAR: Rishat Nugmanov
Nazoratchi: Valentin Kovalenko
Komissar: Zohirjon Akramxonov.

Gol: 0:1 — 32, Fayzullobek Jumanqo'ziev.

"Lokomotiv": 1. Abdumavlon Abdujalilov, 2. Abdulazizxon Abdurashidov, 6. SHerzodjon Komilov, 7. Sardor Abdunabiev, 8. Damyan Krayishnik (27. Sobit Sindarov, 63), 11. Izzatilla Abdullaev, 14.Dilshod Komilov, 17. Sanjar Tursunov (S), 22. Muhammadanas Hasanov, 26. Abdulloh Yo'ldoshev, 55. Anzur Ismoilov
Zaxira: 32. Suhrobjon Sultonov, 19. Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, 23. Jahongir Xoshimboev, 24. Azamat Komilov, 28.Quvonchbek Abraev, 49.SHohruh Xudoyberganov, 77.Lazizbek Mirzaev, 99. To'lqin Ergashev.
"Qizilqum": 1.Humoyunshoh Sayyotov (12.Robert Ozols, 46), 7.Davron Anvarov, 13.Nikolay Tarasov, 22.SHahzod Rahmatullaev (8.Giorgi Kuxianidze, 69), 25.Azizbek Usmonov, 27.SHahboz Jo'rabekov, 28.Akmal Muzaffarov (10.Elguja Lobjanidze, 69), 37.SHerzod Fayziev, 71.Jamoliddin Ubaydullaev (4.Ilhom Vahobov, 61), 77.Fayzullobek Jumanqo'ziev, 99.Asadbek Asadov (11.Akaki SHulaya, 69).
Zaxira: 17.Muhammadali G'iyosov, 23.Samandar SHukurullaev.

Ogohlantirish: Akmal Muzaffarov (45+1), Damyan Krayishnik (61), Ilhom Vahobov (66), Azizbek Usmonov (67), Abdulloh Yo'ldoshev (80), Nikolay Tarasov (83).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+5. ZARBA! Sindarovning zarbasi darvoza to'siniga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. Anvarov jamoasining qulay vaziyatini ko'kka sovurdi.

87. SHulaya raqib jarima maydonida Komilov tomonidan yiqitildi, hakam esa o'yin qoidasi buzilmaganini takidladi.

84. Xavfli vaziyat! Tursunovning jarimadan uzatmasiga Sardor Abdunabiev eta olmadi, aks holda hisob tenglashishi mumkin edi.

81. Mezbonlarda xavfli vaziyat yuzaga keldi, ammo ularga omad etishmadi.

80. Yo'ldoshev maydon markazidagi qo'pol harakatidan so'ng ogohlantirildi.

77. Mezbonlarda standart vaziyat yuzaga keldi. Komilovning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

73. ZARBA! "Lokomotiv" futbolchisining chiroyli zarbasi golga aylanmadi, Ozols bu vaziyatda jonbozlik ko'rsatdi.

69. "Qizilqum" birato'la uch o'zgarishga qo'l urdi. Mehmonlar jami beshta futbolchini almashtirib bo'ldi.

66. "Qizilqum" jarima maydonida stanart yuzaga keldi. Raqibini yiqitgan Vahobov ogohlantirildi.

60. "Qizilqum"da xavfli vaziyat yuzaga kelgandi, o'ng qanotdan jarima maydoniga uzatilgan to'pga navoiylik futbolchilar etib kela olmadi.

56. ZARBA! Burchakdan uzatilgan to'pga Abdulloh Yo'ldoshev bosh bilan zarba yo'ladi, noaniq.

50. ZARBA! Raqib jarima maydonida himoyachilardan qaytgan to'pga Krayishnik zarba yo'lladi, ammo uning tepgan to'pi birinchi bo'limdagi singari darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi. 

49. Mezbonlar ikkinchi bo'limni faol boshladi. Qanotdan jarima maydoniga uzatmalar amalga oshirilmoqda.

46. Ikkinchi taym boshlandi.

TAYM YAKUNLANDI.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

38. Mezbonlarning yana bir hujum xavfli tus oldi. Qanotdan uzatilgan to'pga sakragan Komilovning bo'yi biroz kaltalik qildi.

35. XAVFLI VAZIYAT! "Qizilqum" darvozasi tomon yo'llangan kutilmagan zarba golga aylanishi mumkin edi. Sayyotov hushyorlikni yo'qotmasdan, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

32. GOL! Tezkor qarshi hujum natijasida qulay vaziyatga chiqib borgan Fayzullobek Jumanqo'ziev "Lokomotiv" darvozasini ishg'ol qildi. Anzur Ismoilov esa to'pni to'xtatishda futbol sari tashlagan ilk qadamlaridagi harakatini amalga oshirdi.


28. O'yin tempi ancha sust. Jamoalar to'pni uzoq nazorat qila olishmayapti.

23. XAVFLI VAZIYAT! "Qizilqum"ning tezkor qarshi hujumi Asadovning zarbasi bilan yakunlandi, ammo futbolchiga biroz aniqlik etishmadi.

21. VAR monitoridan vaziyatni ko'rgan Rahimbek Karimov penaltini bekor qildi!

16. PENALTI! Abdurashidov o'z jarima maydonida Rahmatullaevni yiqitgani uchun hakam 11 metrli nuqtaga ishora qildi. Hakam VAR bilan maslahatlashmoqda.

15. Dastlab "Qizilqum", so'ngra "Lokomotiv" futbolchilari o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

11. ZARBA! Davron Anvarovning 20 metrlar masofdan yo'llagan zarbasi xavfli chiqdi, biroq noaniq yo'nalish bo'ylab ketdi.

7. Xavfli vaziyat! Damyan Krayishnikning yaqin masofadan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

3. Xavfli vaziyat! Abdunabievning raqib jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi "Qizilqum" himoyachisining oyog'iga tegib, maydonni taak etdi.

1. Uchrashuv boshlandi. Bugun "Lokomotiv" qizil, "Qizilqum" oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика