Superliga. "So'g'diyona" "Qizilqum"dan ustun keldi
25 avg 2021 21:04
Yangiliklar
Superliga. "So'g'diyona" "Qizilqum"dan ustun keldi
"So'g'diyona" – "Qizilqum" - 2:1
25 avgust 2021 yil. Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 19:00
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Capenko, Timur Gaynullin, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
VAR hakami: Firdavs Norsafarov
VAR assistent: Ruslan Serazitdinov
Komissar: Bekzod Aripov
Gol: Daniel Nasriddinov 38, - 1:0 (SHohruz Norxonov). Luka CHermel 64, - 2:0. Elguja Grigalashvili 90+1.
Golga aylanmagan penalti: Elguja Grigalashvili 90+1.
"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 2.Sardor Qulmatov, 5.Ayubxon Nomanov, 6.Iskandar SHaykulov, 10.SHohruz Norxonov, 11.Jasur Hasanov, 14.Daniel Nasriddinov, 17.SHahboz Jo'rabekov, 19.Javohir Qahramonov (15.Jasur Hakimov, 63), 31.Luka CHermel, 93.Marko Kolakovich.
Zaxira: 1.SHirinboy Abdullaev, 4.Elyor Orifov, 18.Darko Stanoevich, 20.Bahodir Nasimov, 25.Nodirbek Qo'yboqov, 28.Ergash Ismoilov, 63.Asiljon Begimqulov, 88.Muhsin Bozorov.
"Qizilqum": 1.Ignatiy Nesterov, 6.Erkin Baydullaev, 7.Islom Kenjaboev, 8.Giorgi Kuxianidze, 10.Mate Vatsadze, 17.Salim Mustafoev, 18.Jasur Azimov, 19.Jamshid Hasanov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 25.Azizbek Usmonov, 30.Elguja Grigalashvili.
Zaxira: 22.Artyom Makosin, 4.Mirjalol Qosimov, 9.Behruz Sadilloev, 11.SHamsiddin Sagdullaev, 32.Ilhomjon Kenjaev, 44.Humoyun Abdualimov, 71.Timur Nabiev, 88.Ahror Umarjonov, 92.Vladislav Aleksin.
Ogohlantirishlar: Ayubxon Nomanov 15.
90+8. Uchrashuv yakunlandi.
90+2. Ogohlantirish. Ulug'bek Baqoev
90+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Elguja Grigalashvili penaltidan gol ura olmadi, lekin bir amallab qaytgan to'pni darvozaga yo'lladi - 2:1.
90. PENALTI! "So'g'diyona" darvozasiga
90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shildi
80. Erkin Boydullaevning jarimadan bergan zarbasi ozgina noaniq ketdi
77. Xavfli vaziyat! Jasur Hakimov birga-bir vaziyatga chiqdi. Nesterov "Qizilqum"ni muqarrar goldan qutqarib qoldi...
68. O'zgarish. "Qizilqum". Hasanov o'rniga Kenjaev
66. Bosh hakam VAR ni ko'rdi va golni bekor qilishga sabab ko'rmadi
64. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! LUKA CHERMEL! Nesterov qaytargan to'pni CHermel darvozaga yo'lladi 2:0
63. O'zgarish. "So'g'diyona". Qahramonov o'rniga Hakimov tushdi
62. ZARBAAAAAAAAA! Hasanovning yo'llagan zarbasidan keyin Nesterov to'pni qaytardi, Norxonov qaytgan to'pni noaniq yo'lladi
56. ZARBAA! Elgujaning kuchli zarbasi rekoshet hosil qildi va darvoza yonidan o'tib ketdi!
55. Islom Kenjaboev birga-bir chiqib ketdi va unga biroz tezlik etishmadi. Darvozabon to'pni egallab oldi...
52. ZARBA! Norxonovning uzatgan to'pini Jo'rabeko jarima maydoni tashqarisidan darvozaga yo'lladi, noaniq!
46. Ikkinchi taym boshlandi
45+1. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 1:0
44. Vatsadzening o'tkir burchak ostida darvozaga yo'llagan kuchli va aniq zarbasini raqib posboni qaytarib yuborishga erishdi..
38. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DANIEL NASRIDDINOV. Norxonovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Nasriddinov darvozaga yo'lladi - 1:0
33. Elguja Grigalashvilidan yana bir ajoyib harakat... U bir yo'la ikki raqib himoyachisini dog'da qoldirib, to'pni o'ziga to'g'irlab oldi va chamasi 20 metrlardan kuchli zarba yo'lladi. Noaniq...
30. Xavfli vaziyat! Grigalashvili boshlagan hujumni Vatsadze davom ettirishga urindi. Raqib himoyachilari xatoga yo'l qo'yishdi. Kenjaboevning yaqin masofadan yo'llagan kuchli zarbasini jizzaxliklar posboni to'sib qolishga erishdi...
29. Mezbonlar burchakdan to'pni o'yinga kiritishdi. Jasur Hasanovning chamasi 25 metrlardan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi.
19. ZARBAAAA! Luka CHermelning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi!
15. Ogohlantirish. "So'g'diyona". Ayubxon Nomanov
9. Bu gal Vatsadze chap qanotdan raqib jarima maydonchaasiga yaqinlashib keldi va uzoq burchakni nishonga olishga urindi. Aylanma zarba noaniq chiqdi.
8. Elguja Grigalashvili o'ziga xos tarzda raqib darvozasi tomon yurish qildi va to'pni darvozabon ustidan oshirib to'rga yo'lladi. Mitrovich qiyinchilik bilan to'pni qaytarib yubordi...
4. ZARBAAA! Javohir Qahramonov to'pni o'yinga kiritdi, Jo'rabekov to'pni boshi bilan darvozaga yo'naltirdi. To'p darvoza ustuniga tegib qaytdi...
19:10. O'YIN BOSHLANDI!
- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi
Fikrlar