So’nggi yangiliklar

05:40Жорже Жезус: "Ғалаба қозонишимиз шарт"  1 05:00Педру Морейра: "Биз орзумизда яшамоқдамиз"  3 04:30Жонатан Лукка: "Ал Ҳилол" катта ном, аммо..."  3 02:10Рэтклифф: "Баъзи футболчиларга керагидан кўп маош тўланяпти"  5 01:27"Ал Садд" ҳам 3та гол уриб, чорак финалга йўл олди  3 01:05ОФК ЭЧЛ. "Ал Насср" йирик ғалаба билан кейинги босқичга йўл олди  24 00:14Куртуанинг 50 ёшли собиқ қиз ўртоғи: "У ўғлига етарлича эътибор бермаяпти"  9 23:56Диёр Холматов: "Дуранг режаси? Йўқ, биз фақат ғалаба учун майдонга чиқамиз"  6 22:49"Манчестер Сити" "Реал" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  4 21:54Озарбайжон. "Сумқайит" йирик ғалабага эришди, Абдихолиқов ва Жалолиддинов учрашувда иштирок этишди  0 21:29"Олтин тўп" учун асосий даъвогар ким?  20 20:48Ар-Риёдга етиб келган "Пахтакор" делегацияси "Реал" яшаган меҳмонхонага жойлашди  28 20:32Россия терма жамоаси Гренадага қарши ўртоқлик ўйини ўтказади — манба  13 20:08Левандовски "Барселона"нинг умумий гуруҳига қайтди  0 19:45U21 биринчилиги. "Шўртан"дан суперкамбэк, "Насаф" сўнгги дақиқада ғалабага эришди ва бошқа натижалар  0

Superliga. "Qo'qon-1912" - "Turon" uchrashuvida to'rtta gol urildi Yangiliklar

Superliga. "Qo'qon-1912" - "Turon" uchrashuvida to'rtta gol urildi

Teglar :  Qo'qon-1912Turon
Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Turon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.



QO'QON-1912 – TURON - 2:2
8 avgust 2021 yil. Yaypan. "O'zbekiston" stadioni. 20:00
Hakamlar
: Akobirxo'ja SHukurullaev, Anvarjon Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Xushnud Suyunboev
VAR hakami: Ilgiz Tantashev
VAR assistentlari: Timur Gaynullin
VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
Komissar: Akmal Rahmatov

Gollar: Slavko Lukich 71, - 1:0. Kim Boyong 73, - 1:1 (Muzaffar Muzaffarov). Sunnatilla Abdullajonov 79, - 1:2 (Bilolxon Toshmirzaev). Muhammadanas Hasanov 84, - 2:2 (Anvar Hojimirzaev).

"Qo'qon-1912": 1.Muzaffar Abdullaev, 3.Bobirjon Akbarov, 5.Slavko Lukich, 8.Farhodbek Bekmurotov, 10.SHohnazar Norbekov (18.Anvar Hojimirzaev, 69), 13.Sardor Azimov (19.Suhrob Berdiev, 69), 15.Oybek Rustamov, 22.Muhammadanas Hasanov, 33.Ivan Yosovich, 70.Murod Xolmuhammedov, 91.Yakuba Bamba.
Zaxira: 46.Xurshid Xodjaev, 96.Islomjon Abdullaev, 11.Mo'min Meliev, 14.Avazxon Mamatxo'jaev, 17.Sardor Etovqo'ziev, 20.Iqbol Malikjonov, 99.Andrey Sidorov.

"Turon": 1. Nizomiddin Ziyovuddinov, 7. Sunnatilla Abdullajonov, 10. Ixtiyor Toshpo'latov, 17. Muzaffar Muzaffarov, 18. Fozil Musaev, 19. Vladislav Kasminin, 22. Abdulazizxon Abdurashidov, 30. Sinisha Babich (43. Kim Boyong, 72), 32. Jahongir Mehmonov (S), 55. Dayan Ponevich, 77. Bilolxon Toshmirzaev.
Zaxira: 87. Akmal Ortiqov, 3. Davron Umirov, 4. Asliddin Toshtemirov, 5. G'iyosjon Komilov, 9. Xumoyun Murtozaev, 14. Doniyor Ismoilov, 20. Firdavs CHakalov, 23. Otabek Zokirov,

Ogohlantirishlar: Bilolxon Toshmirzaev 22, Oybek Rustamov 43, Anvar Hojimirzaev 90+2,


YANGILASH


90+4. O'YIN TUGADI!

90+2. Ogohlantirish. "Qo'qon-1912". Anvar Hojimirzaev

90+1. Bobur Akbarovning boshi bilan yo'llagan zarbasini Nizomiddin Ziyovuddinov mahorat ko'rsatib qaytarishga erishdi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

84. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  MUHAMMADANAS HASANOV 2:2. Hojimirzaevning uzatmasidan keyin Hasanov hisobni tenglashtirdi

81. O'zgarish. "Turon". Ixtiyor Toshpo'latov o'rniga Doniyor Ismoilov tushirildi.

79. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  SUNNATILLA ABDULLAJONOV - 1:2. CHap qanotda to'pni egallab olgan Abdullajonov jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba bilan gol urdi!




78. XAVFLI VAZIYAT! "Turon"dan tezkor qarshi hujum, o'ng qanotdan uzatilgan to'pga Kim Boyong eta olmadi! 

73. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  KIM BOYONG! Muzaffarov uzatgan to'pni Kim Boyong boshi bilan darovzaga yo'lladi! 




72. O'zgarish. "Turon". Babich o'rniga Kim Boyong maydonga tushdi

71. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SLAVKO LUKICH! Burchak yonidan belgilangan jarima to'pini Lukich amalga oshirdi, to'p hech kimga tegmay darvozaga kirib ketdi! 




69. O'zgarishlar. "Qo'qon-1912". Norbekov va Azimov o'rniga Hojimirzaev va Berdiev tushdi

67. ZARBA! Muzaffarov jarima to'pini amalga oshirdi, zarba noaniq ketdi

66. ZARBAAA!  Yakuba Bambaning chap qanotdan to'g'ri darvoza tomon yo'llagan zarbasini Nizomiddin Ziyovuddinov egallab oldi.

65. Ikkala jamoa ham g'alaba uchun harakat qilmoqda, ammo golga tortadigan vaziyatlar kam

57. Norbekovning zarbasidan so'ng to'pni  darvozabon ushlab oldi

53. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA! Ixtiyor Toshpo'latov! Uning chalqancha uslubda yo'llagan zarbasini mezbonlar posboni qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi!

51. Muzaffar Muzaffarovning jarimadan yo'llagan kuchli zarbasini mezbonlar posboni egallab oldi.

47. Sinisha Babich tomonidan jarima maydoni ichkarisiga etkazib berilgan to'pga Ixtiyor Toshpo'latov boshi bilan zarba yo'llagandi, noaniq.

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+2. Birinchi taym yakunlandi

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi

43. Ogohlantirish. "Qo'qon-1912". Oybek Rustamov

40. "Qo'qon-1912" vakillari navbatdagi hujumni tashkil etishgandi. Bu vaziyatda Vladislav Kasminin xavfni bartaraf etdi.

37. Bamba gol urdi, ammo bosh hakam darvozabonga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun golni inobatga olmadi! 

28. Abdulazizxon Abdurashidovning qanotdan yo'llagan uzatmasini mezbonlar himoyachisi qaytarib qoldi.



22. Ogohlantirish. "Turon". Bilolxon Toshmirzaev 

19. ZARBAAAAAAAA! Muzaffar Muzaffarov! Jarima to'pidan yo'llangan zarba darvoza ustuniga tegib maydonga qaytdi!

14. ZARBAAAAA! Mezbonlar jarima to'piga ega bo'lishdi, Hasanov uzatgan to'pdan keyin Norbekov birga bir vaziyatda darvozaga zarba berdi, to'pni Ziyovutdinov qaytardi! 



13. Dayan Ponevich ijrosidagi jarima zarbasi muvaffaqiyatli chiqmadi.

7. Xavfli vaziyat! Norbekov o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Azimov to'pga zarba berish chog'ida raqib bilan to'qnashib ketdi va hujum uzilib qoldi

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика