So’nggi yangiliklar

00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Дарвозабоннинг ПСЖ билан шартномаси 2026 йилда тугайди, футболчи КЖЧ битимни узайтириш борасида қарор қабул қилади  0 23:58Шквирин "Андижон"да  1 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  2 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  4 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  3 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  16 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  15 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  20 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  4 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2

Superliga. Braziliyalik futbolchining yagona goli "Navbahor"ga Qarshida g'alaba keltirdi Yangiliklar

Superliga. Braziliyalik futbolchining yagona goli "Navbahor"ga Qarshida g'alaba keltirdi

Superliganing 16-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Navbahor" bahsi bo'lib o'tdi.

Nasaf" – "Navbahor" 0:1
29 avgust 2021 yil. Qarshi. "Markaziy" stadion. 19:00

Hakamlar: Zokirjon Qodirov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Rashid Aytekov
VAR hakami: Ahrol Risqullaev
VAR assistent: Baxtiyorxo'ja SHavkatov
VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko
Komissar: Aleksandr Davidenko.

Gol: Kosta Guttiner 84, 0:1

"Nasaf": 1.Umidjon Ergashev, 4. Husniddin Aliqulov, 5. G'olib G'aybullaev, 7. Doniyor Narzullaev, 8. Dilshod Saitov, 19. Husayn Norchaev, 22. Akmal Mozgovoy, 34. SHerzod Nasrullaev, 70. Abubakr - Rizo Turdaliev, 77. Oybek Bozorov, 92. Umar Eshmurodov
Zaxira: 13. Azamat Soyibov, 6. Murodbek Rahmatov, 15. Jo'rabek Mannonov, 18. Bahrom Abdurahimov, 20. Suhrob Nurulloev, 28. Sardor Sadullaev, 50. SHohmalik Komilov, 88. Marko Stanoevich, 99. Andriya Kaluderovich

"Navbahor": 1. O'tkir Yusupov, 4. Boyan Ciger, 8. Sardor Telyakov, 9. Ivan Solovyov, 10. Quvondiq Ro'ziev, 17. Ehsoni Panshanbe, 19. Mirzohid G'ofurov, 22. Igor Golban, 24. Davron Hoshimov, 88. Boyan Naydenov, 95. Zabihillo O'rinboev
Zaxira: 35. Rahimjon Davronov, 5. Xushnudbek Avilov, 14. Kosta Guttiner, 20. Ibrohim G'anixonov, 25. SHohruh Mahmudxojiev, 28. Ilhom Alijonov, 33. Mirzohid Mirzamahmudov, 64. Muzaffar Mo'minov, 70. Abbosjon G'ulomov

YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi. 

90+4. O'ZGARISH. "Navbahor"da Ehsoni Panshanbe o'rniga Abbos G'ulomov maydonga tushdi.

90+1. O'ZGARISH. "Navbahor"da Sardor Telyakov o'rniga Ilhom Alijonov maydonga tushdi. 

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berdi. 

89. O'ZGARISH. "Nasaf"da Akmal Mozgovoy o'rniga Suhrob Nurulloev, G'olib G'aybullaev o'rniga Bahrom Abdurahimov maydonga tushdi



86. ZARBAAAAAAA. Marko Stanoevichning jarimadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

84. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Uchrashuvda hisob ochildi. Zaxiradan maydonga tushgan Kosta Guttiner uzoq masofadan chiroyli tarzda Umidjon Ergashev darvozasini ishg'ol qildi. 

83. O'ZGARISH. "Nasaf"da Dilshod Saitov o'rniga Jo'rabek Mannonov maydonga tushdi. 

80. OGOXLANTIRISH. "Nasaf"dan Akmal Mozgovoy ham sariq kartochka bilan siylandi.

78. OGOXLANTIRISH. "Navbahor"dan Boyan Cigerga sariq kartochka ko'rsatildi.

70. CHETLATISH. "Nasaf"dan Oybek Bozorov maydondan chetlatildi. Zokir Qodirov VAR qaroridan so'ng qizil kartoka ko'rsatdi. 

68. ZARBAAAAAAAAAAAA. UXXXXXX. Yana O'tkir Yusupov jamoasining joniga oro kirdi

67. O'ZGARISH. "Nasaf"da Doniyor Narzullaev o'rniga Andriya Kaluderovich, Abubakr-Rizo Turdaliev o'rniga Marko Stanoevich maydonga tushdi. 

65. O'ZGARISH. "Navbahor"da Quvondiq Ro'ziev o'rniga Kosta Guttiner, Zabixillo O'rinboev o'rniga Ibrohim G'anixonov maydonga tushdi. 

60. ZARBAAAA. G'olib G'aybullaevning yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi. 

57. UXXXXXXXXX. O'tkir Yusupov yana bir bor mahoratini ishga solib jamoasini goldan qutqarib qoldi. 

51. OGOXLANTIRISH. "Navbahor"dan Sardor Telyakovga sariq kartochka ko'rsatildi. 

47. OGOXLANTIRISH. "Navbahor"dan Davron Hoshimovga sariq kartochka ko'rsatildi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

43. "Navbahor"dan O'tkir Yusupov mahoratini ko'rsatmoqda. Ushbu posbonni ham terma jamoaga chaqirilishini kutgandik. 

41. ZARBAAAAAAAAAAAAA. Husayn Norchaevning 20 metrlardan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

36. ZARBAAAAAAAAAAAAA. CHap qanotdan SHerzod Nasrullaev uzatilgan to'pni Norchaev boshi bilan darvozaga yo'lladi. To'pni O'tkir Yusupov qaytardi. Qaytgan to'pni himoyachilar maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

35. SHerzod Nasrullaev qanotdan yana bir yaxshi uzatmani amalga oshirdi. Husayn Norchaev bitta harakatda to'pni to'xtatdi biroq zarba berishga kechikdi. 

33. SHerzod Nasrullaevning olis masofadan yo'llagan zarbasini O'tkir Yuuspov osonlikcha ushlab oldi. 

30. "Nasaf"da jarima to'pi. Umar Eshmurodovning boshi bilan yo'llagan zarbasi darvozaga aniq bormadi. 

28. SHerzod Nasrullaevdan yana bir ajoyib uzatma. Dilshod Saitovning kuchsiz zarbasi darvozaning yonidan o'tib ketdi. 

25. ZARBAAAAAAAAAAAAAA. "Navbahor"ning uzoq masofadan jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. 

19. "Navbahor"ning devor uslubidagi kombinaciyasi chiroyli chiqdi. 

15. "Navbahor"dan Sardor Telyakov raqib jarima maydonchasiga yorib kirib jamoadoshiga to'pni uzatdi. Yakuniy zarbaga himoyachilar to'sqinlik qilishdi. 

5. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAA. UXXXXXXXXXXXX.  O'tkir Yusupov Husniddin Aliqulovning jarimadan yo'llagan zarbasini qaytarishga erishdi. 

4. "Nasaf"da jarima zarbasi. To'p juda qulay nuqtada. Oybek Bozorov yorib kirayotganda chiziq ustida yiqitildi. 

O'yin boshlandi. 

Jamoalar maydonga chiqib keldi. 

- Uchrashuv 19:00da start oladi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика