So’nggi yangiliklar

20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  0 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  3 19:48Матс Хуммелс фаолиятини "Реал"да давом эттириши мумкин  0 19:34"Акрон": "Хуш келибсан, Шерзод Эсанов!"  1 19:25Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Бешинчи беллашув баҳоси беш бўладими?  5 19:04Артём Довбик Мадридга кўчиб ўтади (Фабрицио Романо)  0 18:41"Ланс" футболчисини Бундеслига клубига ижарага берди  1 17:37К-Лига 2. Алиқулов жамоаси сафарда Алибоев клубини мағлуб этди   1 17:35Люпче Дориев: "Сўғдиёна" мусобақа жадвалида янада баландроқда бўлиши керак. Ўзбекистон кубогида ғалаба қозона олишимизга кўзим етмоқда"  6 17:04Равшан Ҳайдаров бошчилигидаги Ўзбекистон U-21 терма жамоаси йиғинга киришди  8 16:57Футзал. 9 та гол урилган, Ўзбекистон финалга чиққан Гватемалага қарши учрашувдан галерея  0 16:51"Сурхон" 43 нафар собиқ футболчи, мураббий ва ходим билан ҳисоб-китоб қилди  5 16:33Гвардиола Де Брюйне "Манчестер Сити"да қолишини тасдиқлади  0 16:00"Нефтчи" - "Сўғдиёна" ўйини нега қолдирилган? "Динамо" - "Навбаҳор" учрашуви нега қолдирилмаяпти?  36 15:01ОАВ вакиллари диққатига! ФИФА Футзал ЖЧ-2024 учун аккредитация жараёни бошланди  2

Superliga klublari o'yinchilarning jismoniy holatini yaxshilashga yanada ko'proq ahamiyat qaratishadi Yangiliklar

Superliga klublari o'yinchilarning jismoniy holatini yaxshilashga yanada ko'proq ahamiyat qaratishadi

Teglar :  PFL Superliga
Kecha O'zPFL binosida Superliga klublari bosh murabbiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda qator masalalar muhokama etildi.

Jumladan, ayni paytda Superliga o'yinlarda aksariyat holatlarda faol o'yin vaqti 55-60 daqiqa atrofida bo'lmoqda. Ushbu vaqtni yanada ko'paytirish, faol o'yin vaqtini oshirish maqsadida Superliga klublari ham endilikda har bir futbolchi bilan individual tarzda ishlash va uning sport formasini muntazam tahlil etib borish tartibiga o'tadi.

Hozirda milliy terma jamoa va olimpiya terma jamoaga nomzod futbolchilar jismoniy tayyorgarligi va ularning sport formasi barqarorligi muntazam ravishda tekshirib, tahlil etib borilmoqda.

Ushbu amaliyotni Superliganing barcha klublarida tatbiq qilish esa har bir klub ixtiyorida bo'lgan o'yinchilarning mavsum davomida bir maromdagi sport formasini ushlab turishi, bu esa o'z navbatida maydonda o'yin tempining oshishini taminlashi tayin.

Bu borada Superliga klublari ustozlarining har biri o'z fikr va mulohazalari bilan o'rtoqlashdi. Ayon bo'ldiki, murabbiylar ham har bir shogirdi jismoniy holati, uning hafta davomidagi mashg'ulotlarda bajargan normalari va boshqa ko'rsatgichlaridan aniq xabardor bo'lib borishidan mamnun bo'ladi. Natijada qaysidir futbolchida u yoki bu jihat oqsayotgan bo'lsa, murabbiy shundan kelib chiqqan holda unga yukalamalar beradi.

Yig'ilish davomida murabbiylar bu boradagi o'z savollari, takliflarini bildirishdi, qolgan klublar ustozlari bilan o'zaro fikr almashib, Superliga uchrashuvlarida keskinlik va shiddat, jozibadorlik va tomoshaboplikning oshishida mashg'ulotlarning intensivligini oshirish va jismoniy tayyorgarlik jihatiga yanada ko'proq urg'u berilishi ahamiyati batafsil muhokama etildi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика