So’nggi yangiliklar

15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  7 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  3 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7

Lyupche Doriev: "So'g'diyona" musobaqa jadvalida yanada balandroqda bo'lishi kerak. O'zbekiston kubogida g'alaba qozona olishimizga ko'zim etmoqda" Yangiliklar

Lyupche Doriev: "So'g'diyona" musobaqa jadvalida yanada balandroqda bo'lishi kerak. O'zbekiston kubogida g'alaba qozona olishimizga ko'zim etmoqda"

"So'g'diyona" futbolchisi va Superliganing eng yaxshi to'purari Lyupche Doriev ikkinchi davra oldidan saytimizga intervyu berdi.

- Mavsumning birinchi davrasi yakunlandi. Birinchi davra haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- Mavsumning birinchi yarmi biz uchun ancha qiziqarli o'tdi. Mehnatimizga yarasha, yaxshi natijaga erishdik deb o'ylayman. Muhimi, shu ruhda davom etish.

- Jamoaning birinchi davradagi ishtirokiga baho berib o'tsangiz?

- Juda yaxshi ishtirok etdik degan fikrdaman, ammo ayrim bir muddat omadimiz kelmadi va o'yinimiz chiqmadi. Yaxshi xarakter va mehnat evaziga bunga erishdik.

- "So'g'diyona" jamoasining musobaqa jadvalida egallab turgan o'rnidan qoniqyapsizmi?

- Uchinchi o'rin yaxshi natija, lekin biz yanada balandroq o'rinlar uchun kurasha olamiz. Musobaqa jadvalidagi o'rnimizni yaxshilashimiz kerak.

- Superliganing eng yaxshi to'purari bo'lib turibsiz. Ikkinchi davrada ham shunday tempda davom etasizmi?

- CHempionatning eng yaxshi to'purari bo'lish men uchun sharaf. Gollar va assistlar qayd etishda davom etishni maqsad qilganman. Jamoamning natijalari yaxshilanishiga ko'proq hissa qo'shish maqsadidaman.



- "So'g'diyona" jamoasi kutilmaganda Superliganing eng yaxshi jamoalaridan biri bo'lib turibdi. Bunday natijaning asosiy sababi nimada?

- Biz mavsum avvalida bunga kelishib olgan edik. Asosiy sabab jamoaning birdamligi va mehnat. Murabbiylar va jamoadoshlarimning mehnat mevasi bu. Muxlislarimiz ham bizga katta yordam berishmoqda.

- "So'g'diyona"ning O'zbekiston kubogidagi raqibi "Navbahor". Kubok bahslarida haqida gapirib o'tsangiz? Kubokdagi rejalar qanday?

- Kubok musobaqasida imkon qadar uzoqroqqa borishni maqsad qilganmiz. Buni uddalay olishimizga ishonchim komil. O'zbekiston kubogini yuta olishimizga ko'zim etmoqda.

- Birinchi davradagi yorqin o'yiningiz ko'pchilikning etiborini tortgani aniq. Boshqa bir jamoalardan takliflar bo'lmadimi?

- Men faqatgina "So'g'diyona" haqida o'ylamoqdaman. Takliflar bilan shug'ullanadigan insonlarim bor. Men faqat futbol o'ynayman.


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика