"Akron": "Xush kelibsan, SHerzod Esanov!"
23 iyu 2024 19:34
Yangiliklar
"Akron": "Xush kelibsan, SHerzod Esanov!"
Bu haqida "Akron" klubi o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ham malum qildi.
"SHerzod Esanov 2022 yil yanvar oyida xavbek "Andijon" safiga borib qo'shilgan va jamoaga O'zbekiston Superligasi qaytishida yordam berdi – 16 o'yin: 2+0 gol+pas. Mamlakat Superligasida esa SHerzod bir yarim yil to'p tepdi: 2023 va 2024-yilgi mavsumlarning bahorgi qismini "Andijon"da (16 o'yin: 1+0), o'tgan mavsumning kuz faslidagi qismini – Toshkentning "Olimpik" jamoasida (11 o'yin: 1+0).
Esanov O'zbekistonning o'smirlar va yoshlar terma jamoalarida to'p tepgan, JCH-2023 U-20 musobaqasi final bosqichida gol urishga muvaffaq bo'lgan va Yozgi Osiyo o'yinlari-2023 bronza medali sovrindori bo'lgan.
Xush kelibsan, SHerzod. Jamoamizda omad senga yor bo'lsin!", - deyiladi klub xabarida.
Eslatib o'tamiz, "Akron" futbol klubi RPL 1-turida Moskvaning "Lokomotiv" klubi bilan ro'baro keldi va murosasiz kurashda (2:3) imkoniyatni boy berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar