So’nggi yangiliklar

01:49ЖЧ-2026 саралаши. Рангник термасидан 10та гол, Нидерландия, Фарер ороллари ҳамда Даниядан йирик ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:39Ўртоқлик учрашуви. Дербида Англия Уэльсни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 01:15Мухлислари Моуриньюни ҳақорат қилгани учун "Порту" жаримага тортилди  0 00:55Погбанинг катта футболга қайтиши кечикмоқда  0 00:34А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси аниқланди  2 00:16ЖЧ-2034нинг 2035 йилда бўлиши мумкинлиги ҳақида Инфантино нималар деди?  1 23:50Мбаппе: "Винисиус билан муносабатларимиз яхши. Одамлар истаганини гапиради"  0 23:34Нани: "Аморимга вақт керак"  2 23:13ЖЧ-2026нинг 20-иштирокчиси маълум бўлди  0 22:51Валерий Карпин Эронга қарши ўйин олдидан нималар деди?  5 22:17Лапорта де Йонгнинг норозилиги ҳақида: "Майамига бориш керакми, борамиз"  1 21:55Бундеслиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 21:31Осиё Кубоги саралаши. Тожикистон Мальдив оролларидан устун келди, "Хоразм" футболчиси гол урди  1 21:15"Манчестер Юнайтед" Магуайр билан шартномани узайтирмоқчи  5 20:48Фабио Каннаваро: "Ғалаба билан бошлашимиз муҳим эди"  33

Parij-2024. O'zbekiston - Ispaniya. Beshinchi bellashuv bahosi besh bo'ladimi? Yangiliklar

Parij-2024. O'zbekiston - Ispaniya. Beshinchi bellashuv bahosi besh bo'ladimi?

O'zbekiston OTJ bugundan Parij Olimpiadasidagi yurishini boshlaydi. Raqib - Ispaniya.

Biz esa mazkur uchrashuvga oid qiziqarli malumotlarni berishni boshlaymiz.

Ispaniya bilan turli yosh toifasidagi terma jamoalarimiz yaqin yillarda to'qnash kelishdi. Dastlabki uchrashuv esa 2003 yil U-20 Jahon chempionatida bo'lib o'tgan. Andres Inestaning yagona goli Ispaniyaga g'alaba keltirgandi. 

Ispaniya - O'zbekiston 1:0

Gol: Andres Inesta 15

Ispaniya: Aser Riesgo, Karlos Garsiya, Mell, Gabi, Inesta, Xuanfran, Vitolo, Serxio Garsiya, Yago Buson, Gavilan Martines, Pena 

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Yaroslav Krushelnickiy, Ilhom Suyunov, Ildar Magdeev, Ilyos Zeytullaev, Marat Bikmaev, Aleksandr Geynrix, Rustam Qodirov, Muzaffar Xoliqov, SHavkat Raimqulov, Mansurjon Saidov

Keyingi to'qnashuv oradan 10 yil o'tib bo'lib o'tdi. Unda Ahmadjon Musaev boshchiligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvi doirasida bellashdi. Unda raqib 3:2 hisobida g'alabani tantana qilgandi. O'yin esa Ispaniyaning Mursiya shahrida o'tkazilgan. 

O'rtoqlik uchrashuvi. 

Ispaniya - O'zbekiston 3:2

Gollar: Suso, Ruben, Alkaser - Bobur Yo'ldoshev, Sardor Rahmonov

"Qizil furiya" bilan navbatdagi qarama-qarshilik yana 10 yillik tanaffusdan so'ng yuz berdi. O'tgan yili Jamoliddin Ubaydullaev ustozlik qilgan O'zbekiston U-17 terma jamoasi guruh bosqichida Ispaniyaga qarshi durang qayd etdi. Hisobda ortda borayotgan vakillarimiz yakunda 0:2 natijasini 2:2 ko'rinishiga olib kelgandi. Bu esa 4 ochko va eng yaxshi uchinchi o'rin bilan nimchorak finalga chiqishimizni taminlagan. 


U-17 Jahon chempionati

"B" guruhi. 3-tur

O'zbekiston – Ispaniya 2:2 (TUGADI)

"Manahan" stadioni. Surakarta. 14:00

Hakamlar: Avgusto Aragon, Rikardo Baren, Andres Guttierez (uchalasi – Ekvador), Yudi Nursahyaga (Indoneziya)

VAR: Jon Perdomo (Kolumbiya)

AVAR: Ismael Korneyo (Sloveniya)

Gol: Igor Oyono (Robertor Martin) 10, Roberto Martin (Mark Bernal) 20, Behruz SHukurullaev 45+4, Amir Saidov 54

O'zbekiston: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 4.Behruzjon Karimov (18.Jasur Hikmatullaev,56) 5.Azizbek To'lqinbekov, 7.Lazizbek Mirzaev (s), 8.Behruz SHukurullaev, 9.Amirbek Saidov (14.SHodiyor SHodiboev,86) 13.Behruz Jumatov, 16.Muhammadali Reimov, 17.Ollabergan Karimov (3.Yahyo O'rinboev,86), 19.SHerzod Abdulboriev, 20.Dilshod Abdullaev.

Zaxira: 1.Jahongir Bo'riev, 12.Jahongir Mamatqulov, 2.Aminbek Yoqubov,  6.Ozodbek O'ktamov, 10.Abdulhamid Turg'unboev, 11.Quvonchbek Abraev, 15.Ozodbek Ergashov, 

Ispaniya: 1.Raul Ximenes, 4.Yon Martin, 7.Pablo Lopes (19.Daniel Yanez,64) 8.Roberto Martin, 11.Peio Xuestamendia ( 20.Yago Paulo,74) 12.Igor Oyono (9.Mark Guiu,79) 14.Izan Merino, 15.Andres Kuenka, 16.Mark Bernal (8.Pau Prim, 64), 17.Oskar Mesa, 18.Kuim Junyent (10.Xuan Ernandes,64)

Zaxira: 13.Fran Abrol, 21.Markos Gonsales, 2.Ektor Fort, 3.Dani Munos, 5.Pau Kubarsi, 

Ogohlantirish: Yon Martin (Ispaniya) 47


Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston OTJ Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvida Ispaniyani qabul qildi. O'yin nursiz durang bilan yakunlangan. 

 O'zbekiston U-23 — Ispaniya U-23 0:0

Hakamlar: Asker Najafaliev, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Timur Gaynulin, Akobirxo'ja SHukurullaev

O'zbekiston OTJ — 21. Hamidullo Abdunabiev, 2. Saidazamat Mirsaidov (13. Eldor Begimov,10), 5. Muhammadqodir Hamraliev, 8. Ibrohim Ibragimov, 10. Jasur Jaloliddinov (s), 11. Otabek Jo'raqo'ziev, 14. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 16. Asadbek Rahimjonov, 17. Abdurauf Bo'riev, 19. Xusayn Norchaev, 22. Alisher Odilov

Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan futbolchilar: 3. Mahmud Mahamadjonov, 1. Otabek Boymurodov, 4. SHohjahon Sultonmurodov, 6. Begzod SHamsiev, 7. Xojimat Erkinov, 9. Ulug'bek Hoshimov, 15. SHerzod Esanov, 20. Ruslan Jiyanov, 23. Diyor Holmatov, 24. Odilbek Abdumajitov, 25. Umarali Rahmonaliev.

Ispaniya U-23 — 1. Alenxandro Iturbe, 3. Rafa Marin, 4. Arnau Martines, 7. Ilias Axomax, 8. Benat Turrientes, 10. Gabri Veyga, 11. Karlos Martin, 15. Alvaro Karreras, 18. Pablo Torre, 20. Diego Lopez, 22. Xugo Novoa

Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan futbolchilar: 2. Assane Diao, 5. Alexandro Franses, 6. Xavi Guerra, 9. Samuel Omorodion, 12. Iker Munoz, 13. Alvaro Akeves, 14. David Torres, 16. Xuan Luis, 17. Fermin Lopes, 21. Fransisko Perez, 23. Pablo Kampos.

Ogohlantirish: Husayin Norchaev 37, Mahmud Mahamadjonov 55, SHohjahon Sultonmurodov 76



Bu safargi bellashuv beshinchisi hisoblanadi. Beshinchisi besh bo'ladimi? 

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика