O'zbekiston OTJ Osiyo kuboklari tarixida eng ko'p legioner bilan ishtirok etmoqda. Avvalgi turnirlarda vaziyat qanday bo'lgan?

Iskandarov Abdulaziz
24 apr 2024, 13:15
Qatar yashil maydonlarida bo'lib o'tayotgan U-23 Osiyo kubogi guruh bosqichining so'nggi pallasiga kelib to'liq tarkib jamlandi.

"Lans" va SSKA jamoalari Abduqodir Husanov, Abbosbek Fayzullaevga musobaqada ishtirok etishi uchun ruxsat berdi. Ular Vetnamga qarshi o'yinda maydonga tushishdi. Shu tariqa O'zbekiston  U-23 terma jamoasi Osiyo kuboklari tarixida eng ko'p legioner bilan ishtirokini davom ettiradi. Keling avvalgi musobaqalarda tarkibimizda necha nafar legionerlar bo'lganini ko'rib chiqamiz. 

Agar hammasi ko'ngildagidek yakun topsa, U-23 Osiyo Kubogida tarixdagi eng ko'p legioner bilan ishtirok etamiz. Bungacha bo'lgan 5 ta musobaqada tarkibimizda umumiy 3 nafar legioner bo'lgan.

2014. O'mon

Tarkibdagi legionerlar soni: - 

Bosh murabbiy: Shuhrat Maqsudov

Yakuniy natija: Guruh bosqichi


2016. Qatar

Tarkibdagi legionerlar soni: 1 nafar, Husniddin G'ofurov ("Yavor")

Bosh murabbiy: Samvel Babayan

Yakuniy natija: Guruh bosqichi


2018. Xitoy

Tarkibdagi legionerlar soni: - 

Bosh murabbiy: Ravshan Haydarov 

Yakuniy natija: Chempionlik

2020. Tailand

Tarkibdagi legionerlar soni: -

Bosh murabbiy: Lyubinko Drulovich 

Yakuniy natija: 4-o'rin


2022. O'zbekiston

Tarkibdagi legionerlar soni: 2 nafar, Jasur Jaloliddinov ("Qayrat"), Odilbek Abdumajidov ("Ordabasi")

Bosh murabbiy: Timur Kapadze

Yakuniy natija: 2-o'rin

2024. Qatar

Tarkibdagi legionerlar soni: 5 nafar, Umarali Rahmonaliev ("Rubin"), Abbosbek Fayzullaev (SSKA), Ibrohimhalil Yo'ldoshev ("Qayrat"), Abduqodir Husanov ("Lans"), Xojimat Erkinov ("Al Vahda")

Bosh murabbiy: Timur Kapadze

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia