So’nggi yangiliklar

00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  2 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  1 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  41 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  33 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  3

"Surxon" 43 nafar sobiq futbolchi, murabbiy va xodim bilan hisob-kitob qildi Yangiliklar

"Surxon" 43 nafar sobiq futbolchi, murabbiy va xodim bilan hisob-kitob qildi

Teglar :  Surxon
2023 yilning 6 yanvar sanasida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Surxon" futbol klubini yangi investorlarga berish yuzasidan qaror qabul qildi va mazkur qaror asosida "Surxon" xususiy klubga aylandi.

Ammo bu jarayon oson kechmadi. Sababi "Surxon" klubining qator xo'jalik yurituvchi subektlar hamda ishchi-xodimlar bilan bog'liq katta miqdorda qarzdorligi mavjud edi. Jumladan, 49 nafar futbolchi, murabbiy va boshqa ishchilar oldidagi moliyaviy majburiyatlar o'z vaqtida bajarilmagandi. Oqibatda ish Surxondaryo viloyati prokuraturasiga qadar etib bordi hamda klubning sobiq rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

PFL, Associaciya hamda O'zbekiston futbolchilari uyushmasi hamkorlikda o'tgan vaqt davomida futbolchi va murabbiylar manfaatlarini himoya qilib keldi. Bunda "Surxon" klubiga nisbatan qator taqiq va cheklovlar joriy etildi. Natijada bugungi kunga qadar futbol klubining tekshiruv xulosasida aniqlangan qarzdorligi bo'yicha 43 nafar futbolchi, murabbiy va ishchilar oldidagi moliyaviy majburiyatlar bajarildi. O'FA Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mita qaroridan kelib chiqib, mazkur masala 16-iyul sanasiga qadar hal etildi.

Biroq yana 6 nafar futbolchi bilan bog'liq masala ochiq qoldi. SHundan kelib chiqib, 19 iyul kuni PFL "Surxon" klubi rahbariyati, davogar futbolchilar, klubning sobiq rahbariyati manfaatlarini himoya qiluvchi vakillari, futbolchilar uyushmasi azolari ishtirokida yig'ilish o'tkazdi. Unda mazkur masala atroflicha muhokama qilindi.

Yig'ilishda Surxondaryo viloyati hokimligi hamda Jinoyat ishlari bo'yicha Termiz shahar sudining hukmiga asosan aybdor deb topilgan Surxon klubining sobiq rahbariyati 43 nafar sobiq xodimlar bilan hisob-kitob ishlarini amalga oshirgani malum bo'ldi. PFL, Associaciya hamda Uyushma Surxon futbol klubi bilan bog'liq ishni olib borishda FIFA nizomlari hamda O'zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari normalariga asoslandi. Qolgan 6 nafar futbolchi futbol klubida olib borilgan tekshiruv xulosasidan norozi ekanligini bildirdi. Endilikda ularning mazkur talabi asosida qarzdorlik miqdoriga qayta aniqlik kiritish zarurati vujudga kelmoqda.

"Surxon" klubining yangi rahbariyati o'tgan davr davomida PFL tomonidan qo'yilgan barcha talabni o'z vaqtida va aniq amalga oshirib keldi. SHunga qaramay, PFL sobiq futbolchi va murabbiylar huquqlarini himoya qilib, klubga nisbatan qator sankciyalar qo'lladi. Yuqoridagi holatga aniqlik kiritilguniga qadar ayni vaqtda PFLning Surxon futbol klubiga nisbatan etirozi mavjud emas. Yig'ilishda mazkur masala Uyushma vakillari hamda futbolchilarga rasman malum qilindi. Endilikda PFL O'FA Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasining 2024 yil 2 iyuldagi qarori ustidan "Surxon" futbol klubi tomonidan yozilgan apellyaciya shikoyatining ko'rib chiqilishida o'z munosabati bilan ishtirok etadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика