So’nggi yangiliklar

01:49ЖЧ-2026 саралаши. Рангник термасидан 10та гол, Нидерландия, Фарер ороллари ҳамда Даниядан йирик ғалаба ва бошқа натижалар  5 01:39Ўртоқлик учрашуви. Дербида Англия Уэльсни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 01:15Мухлислари Моуриньюни ҳақорат қилгани учун "Порту" жаримага тортилди  2 00:55Погбанинг катта футболга қайтиши кечикмоқда  0 00:34А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси аниқланди  2 00:16ЖЧ-2034нинг 2035 йилда бўлиши мумкинлиги ҳақида Инфантино нималар деди?  1 23:50Мбаппе: "Винисиус билан муносабатларимиз яхши. Одамлар истаганини гапиради"  0 23:34Нани: "Аморимга вақт керак"  2 23:13ЖЧ-2026нинг 20-иштирокчиси маълум бўлди  0 22:51Валерий Карпин Эронга қарши ўйин олдидан нималар деди?  5 22:17Лапорта де Йонгнинг норозилиги ҳақида: "Майамига бориш керакми, борамиз"  1 21:55Бундеслиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 21:31Осиё Кубоги саралаши. Тожикистон Мальдив оролларидан устун келди, "Хоразм" футболчиси гол урди  1 21:15"Манчестер Юнайтед" Магуайр билан шартномани узайтирмоқчи  5 20:48Фабио Каннаваро: "Ғалаба билан бошлашимиз муҳим эди"  33

Quvvatovdan so'ng endi Ciger "Navbahor"ga yo'l olmoqda. "Neftchi" poygadan chiqyaptimi? Yangiliklar

Quvvatovdan so'ng endi Ciger "Navbahor"ga yo'l olmoqda. "Neftchi" poygadan chiqyaptimi?

Teglar :  SuperligaNeftchi
Superliga ekvatoridan o'tgan. Tanaffus esa jamoalar uchun vaqtinchalik qo'nish maydonchasi hisoblanadi.

Bu oraliqda tiklanib, kerakli poziciyalarni kuchaytirgan holda qaytar parvozga shaylanishadi. Mavsum boshiga qaraganda aynan hozirgi jarayon, tayyorgarlik, malum darajada kuchayish jamoalarning yakundagi natijalariga tasirini o'tkazmasdan qolmaydi. Xususan, bu yil oldiga chempionlik vazifasi qo'yilgan "Neftchi" birinchi davrani o'rta o'rinlarda yakunladi. Farg'onaliklar ikkinchi davrada poygaga qaytadimi yoki ular bu yo'ldan chiqishdi? Quyida tahlil qilishga harakat qilib ko'ramiz. 

Birinchi davra ko'rsktkichlari va so'nggi o'yinlar 

Vitaliy Levchenko jamoasi uchun chempionat starti juda yaxshi boshlandi. Ketma-ket 3 ta g'alabadan so'ng ular 9 ochko jamg'argan holda peshqadam sifatida ketayotgandi. Lekin 4-turdan boshlab jamoaning natijalari pasaya boshladi. "Olimpik" va "Navbahor"ga mag'lub bo'ldi, "Andijon", "Qizilqum" bilan durang qayd etdi. Keyingi turlarda OKMK va "Bunyodkor"ni taslim qildi. Bu erda asosiy g'alabalarni autsayderlar ustidan va dastlabki 3 ta turda qo'lga kiritganini takidlash joiz. Asosiy raqobatchilari "Navbahor", "Paxtakor", "Andijon" bilan bahslarda 3 ochko qo'lga kiritishni uddasidan chiqa olgani yo'q. "Neftchi" so'nggi 5 ta turda bor yo'g'i 2 ochko jamg'ardi, xolos. Agarda bu boradagi jadvalga qaraydigan bo'lsak 10-o'rinni egallab turibdi. Faktlardan malumki, pasayish jarayoni davom etmoqda. Boz ustiga O'zbekiston kubogi bilan xayrlashish endilikda bosimni ikki karra oshiradi. Endilikda jamoa oldida chempionatni yutishdan boshqa yo'li yo'q. 

Turnir jadvali nima demoqda?

Klub o'zidan tepadagi "Olimpik", "Navbahor", "Andijon" bilan bir xil 19 ochkodan to'plagan. O'zaro uchrashuvlarga ko'ra ustunlik raqiblarda. "Paxtakor" bilan farq 3, kuchli uchlikdagi "So'g'diyona" bilan esa 4 ochkoni tashkil qilmoqda. Imkoniyat yo'qolmagan. Ammo peshqadamdan naqd 7 ochkoga ortda borayotgani chempionlik haqidagi hayollarni yo'qqa chiqarishi turgan gap. O'tgan mavsumda nisbatan yaqin kelgan va birinchi mag'lubiyatini 21-turga kelib qabul qilib olgan "Neftchi" bu yil birinchi davradayoq 4 bor buning tamini totib ko'rdi. Balki tanaffus qayta tezlik olish uchun qo'l kelar. Fakt shuki, birinchi o'rin bilan tafovut katta. Jamoada barqarorlikning yo'qligi esa asosi muammolardan biri hisoblanadi. 

Tarkibdagi o'zgarishlar haqida 

Birinchi davrada yangi jalb qilinganlardan Jasur Jaloliddinov (2), Husain Norchaev (3), Nssungusi Effiong (4) jamoaning asosiy gollariga mualliflik qilishdi. SHubhasiz omadsiz transfer Mixay Roman bo'lganini tan olish kerak. Unga 9 ta o'yinda imkoniyat berildi va hamon gol urish uchun omadini kutmoqda. Aftidan yozgi transferlar oynasi vaqtida xayrlashishi ham kutilgandi. Hujum chizig'ida Effiong, Norchaev, Norxonov, Amonovning borligi unga hech qanday imkoniyat qoldirmaydi. Sanjar Quvvatov "Navbahor"ga yo'l oldi va jamoada o'ynashi mumkin bo'lgan 2 nafar kiper qoldi. Uning ketidan Ciger ham Namanganga qaytadi degan gaplar amalda tasdig'ini topsa, bu poziciyalarda raqobat sezilarli darajada kamayadi. Ikkinchi davrada asosiy kiper Botirali Ergashev bo'lsa, mudofaa chizig'ida Jo'raboev, Ubaydullaev, G'ofurov, Muhtorov to'p tepadi. Ciger esa birinchi davrada himoyaning asosiiy figurasi bo'lib xizmat qilgandi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика