"Metallurg" 2 nafar futbolchisi bilan xayrlashganini elon qildi
19 iyu 11:46
Yangiliklar
"Metallurg" 2 nafar futbolchisi bilan xayrlashganini elon qildi
Kecha jamoa 2 nafar o'yinchi bilan shartnomani bekor qildi. Bular – markaziy himoyachi Abbos Otaxonov hamda yarim himoyachi Sardor Abduraimov.
28 yoshli Abbos Otaxonov faoliyatini Tailandda davom ettirishi bois klub bilan xayrlashdi. U "Metallurg" tarkibida 2018-2020, 2022 hamda 2024 yillar davomida 95 ta o'yinda maydonga chiqqan. 3 ta gol urgan va 19 marta ogohlantirilgan. O'zbekiston Kubogi bahslarida 10 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 3 marta sariq kartochka bilan jazolandi.
Sardor Abduraimov esa 2023 yilning ikkinchi yarmidan "Metallurg" sharafini himoya etib keldi. Bekobodliklar safidagi bir yillik faoliyati davomida Abduraimov 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 marta sariq kartochka bilan jazolandi. O'zbekiston Kubogi bahslarida esa 4 ta o'yinda to'p tepib, 2 ta to'p kiritdi.
Fikrlar