

Uchrashuv FarDU sobiq bosh murabbiyi Sergey Lebedev xotirasi uchun bir daqiqalik sukut bilan boshlandi.
O'yinning 45+1-daqiqasida mehmonlar vakili Norxon Sheripov Feruzjon Zokirovga nisbatan qo'pol o'ynadi. Bosh hakam sariq kartochka ko'rsatdi. Biroq VAR yordamida qaror qizil kartochkaga o'zgardi va FarDU maydonda 10 kishi bo'lib qoldi.
56-daqiqada Zokirov to'pni raqib jarima maydoni ichiga uzatdi, Iminjonov darvoza to'sinini nishonga oldi, Bashriddinov to'pni uzoqlashtirayotganida to'p kutilmaganda darvozabon Dilshod Yoqubovga tegib darvoza chizig'ini kesib o'tdi va hisob ochildi - 1:0.
78-daqiqada burchak to'pidan keyin Rasuljon Abdurahmonov boshi bilan zarba berdi, to'p Milichkovichning qo'liga tegdi. Bosh hakam VAR yordamida “Metallurg“ darvozasi tomon penalti belgiladi. Rian Islamov penaltidan gol urib, hisobni tenglashtirdi - 1:1.
Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob o'zgarmadi. 30 daqiqalik ekstra taymlarda ham jamoalar gol ura olishmadi. G'olib penaltilar seriyasida aniqlandi.
Futbol lotoreyasida FarDU omadliroq chiqdi va keyingi bosqichga yo'l oldi. Endi FarDU “Olimpik MobiUz” bilan o'ynaydi. G'olib Superliga jamoasi bilan pley-offda to'qnash keladi.
"Metallurg" - FarDU 1:1 (penaltilar seriyasi 2:4)
28 noyabr 2026 yil. Bekobod, "Metallurg" stadioni. 14:00
Hakamlar: Rustam Choriev, Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov, Alisher Rahimqulov
VAR: Nikita Mustafin
AVAR: Sherzod A'zamov
Nazoratchi: Viktor Serazitdinov
Komissar: Diyor Xotamqulov.
Gollar: Dilshod Yoqubov 56 avtogol, - 1:0. Rian Islamov 79 penalti, - 1:1.
Penaltilar seriyasi:
Rian Islamov 0:1
Navro'zbek Iminjonov 1:1
Murodjon Komilov 1:1 (darvozabon)
Branimir Yochich 1:1 (darvozabon)
Sharafiddin Shobirov 1:2
Davronbek Sulaymonov 2:2
Otajon Niyazmetov 2:3
Maksvel 2:3 (noaniq)
Maharram Abelfazov 2:4
"Metallurg": 21. Mohirbek Komilov, 4. Branimir Yochich, 5. Samandar Ochilov, 6. Sherzodjon Komilov (15. Vladimir Bubanya, 90), 9. Jasurbek Hakimov (90. Maksvell, 69), 10. Marko Milichkovich, 17. Navro'zbek Iminjonov, 20. Dostonbek Abdulxaev , 22. Sanjar Shoahmedov (S), 71. Feruzjon Zokirov (30. Davronbek Sulaymonov, 79), 95. Najmiddin Normurodov.
Zaxira: 1. Dilrux Aliev, 32. Suhrobjon Sultanov, 3. Mirziyod Mirodilov, 23. Humoyunmirzo Zaylidinov, 50. Husan Tojiboev, 94. Jasur Azimov.
FarDU: 32. Dilshod Yoqubov, 3. Ahror O'ktamov, 7. Riza Ayvazov (17. Abduvosid Abdurashidov, 61), 10. Ibodjon Abelfazov (S), 11. Maharram Abelfazov, 19. Norxon Sheripov, 20. Doniyor Valiev (30. Otajon Niyazmetov, 118), 21. Sirojiddin Bashriddinov (33. Rasuljon Abdurahmonov, 69), 23. Shohruh Yoqubjonov (18. Sharafiddin Shobirov, 118), 28. Rian Islamov, 77. Bobur Farhodov (9. Murodjon Komilov, 69).
Zaxira: 1. Jasur Umurzoqov, 4. Asadbek Habibullaev, 5. Jahongir Ahmadov, 8. Muhammadali Xolmatov, .
Ogohlantirishlar: Riza Ayvazov 64,
Chetlatish: Norxon Sheripov 45+1.



