So’nggi yangiliklar

02:11Марко Станоевич: "Аламли мағлубият бўлди. Буни тезроқ унутиб, машғулотларга қайтишимиз керак"  1 01:33Аброр Исмоилов: "Муҳим учрашувда керакли очколарни қўлга киритдик"  0 01:27Камолиддин Тожиев: "Натижа бор, лекин жамоамиз ўйинидан қониқмадим"  0 00:45Ольмо Клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Мавсумга тўлақонли тайёргарлик кўраётганимиздан хурсандмиз"  3 00:35Фарҳод Нишонов: "Кубок ўйинларида янада узоқроқ боришни мақсад қилгандик"  0 00:22Ҳаким Фузайлов: "Бугунги мағлубият учун ҳамма айбни ўзимга оламан"  3 00:00Суперлига. "Динамо" мухлислари кўз ўнгида "Нефтчи"га ютқазди  2 23:50Сергей Лушчан: "Кубок ўйинларида футболчиларга қўшимча мотивация керак"  6 23:28Вадим Абрамов: "Бугун жамоам жуда оғир ўйнади"  10 23:06Брайан Риаскос: "Суперлига – бир қараганда осон, аммо аслида жуда мураккаб турнир"  2 22:59Виталий Левченко: "Динамо"нинг турнир жадвалида биздан юқори эканлиги футболчиларга қўшимча мотивация берди"  5 22:25Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Лаос дарвозасига еттита жавобсиз тўп киритди  6 22:19"Милан" 20 млн евродан зиёдга Италия термаси футболчисини сотиб олади  1 22:14Ўзбекистон кубоги. Чорак финалнинг барча иштирокчилари аниқ!  2 21:58Суперлига. "Нефтчи" қолдирилган ўйинда "Динамо"ни ишончли ҳисобда ютиб, 3-ўринга кўтарилиб олди  55

Superliga klublari gruziyalik o'yinchilarga ko'z tikmoqda. Ammo, bu qanchalik foydali? Yangiliklar

Superliga klublari gruziyalik o'yinchilarga ko'z tikmoqda. Ammo, bu qanchalik foydali?

Transfer masalasini tahlil qilamiz.

Superliganing deyarli barcha klublari o'z transfer ishlarini boshlab yuborishdi. Hozirda so'nggi paytlarda bo'lgani kabi Gruziya va Bolqon davlatlaridan (Serbiya, Xorvatiya, Bosniya, CHernogoriya va shunga o'xshash davlatlar) o'yinchilar kelmoqda. Championat.Asia muxbiri Nikolay Egorichev ushbu mamlakatlardan kelayotgan futbolchilar qanchalik foydali va faqatgina o'sha joydan o'yinchi izlash kerakmi degan savolni tahlil qilishga qaror qildi. Birinchi bo'lib Gruziyadan boshlaymiz.


Transferning muvaffaqiyatliligi mezonlari

Boshlanishiga qanday transferni muvaffaqiyatli deb hisoblash mumkinligini aniqlab olamiz.

Birinchi navbatda, o'tkazgan o'yinlar soni. Superligadagi ko'plab murabbiylar O'zbekistonga kelayotgan chet el o'yinchisi o'sha poziciyada mahalliy futbolchidan kuchliroq bo'lishi kerakligini takidlaydi. "Agar o'yinchi chet ellik bo'lsa, bu uning asosiy tarkibda o'ynashi kerakligini anglatmaydi. Har qanday holatda ham yaxshiroq tayyor bo'lgani o'ynaydi", - dedi Maksim SHackix o'yindan keyingi matbuot anjumanlaridan birida. Superliga klubiga kelayotgan chet el futbolchisining zaxirada o'tirishi va shunchaki pul olishi kam uchraydigan holat emas. SHu sabab muvaffaqiyat standarti sifatida asosiy tarkibda maydonga tushgan o'yinlarning 2/3 qismini olaylik.


SHuningdek poziciyalardagi muvaffaqiyatlilik bo'yicha mezonlar:

Darvozabon – "quruq" o'yinlar soni (o'yinlarning teng yarmi atrofida) va o'tkazib yuborilgan to'plar soni (o'rtacha o'yinda bittadan ortiq to'p o'tkazib yuborilmagani);

Himoyachi – jamoadagi quruq o'yinlar soni;

Hujumkor yarim himoyachilar, vingerlar va forvardlar – samarali harakatlar soni (hech bo'lmasa uchta o'yinda bitta gol yoki assist).

Markaziy yarim himoyachilar uchun qo'shimcha muvaffaqiyat mezonlarini aniqlash biroz qiyin. Ular kam gol urishadi va assistlar berishadi. Bunda bizga yuqori darajadagi statistika yordam berishi mumkin edi, ammo afsuski O'zPFLda WyScout platformasi bilan kelishuv yo'q.


Endi transferlar tahliliga kelsak. O'tgan mavsum Superligada ishtirok etganlarni tahlil qilamiz.


✅ Markaziy hujumchi Toma Tabatadze ("Neftchi", "Navbahor") – 32ta o'yin (28tasi asosiy tarkibda), 13ta gol, 2ta assist;

✅ Vinger Akaki SHulaya ("Qizilqum") – 13ta o'yin (barchasi asosiy tarkibda), 3ta gol va 3ta assist;

? Markaziy hujumchi Giorgi Nikabadze ("Neftchi") – 12ta o'yin (barchasi asosiy tarkibda), 3ta gol;

? Hujumkor yarim himoyachi Jaba Jigauri ("Nasaf") – 22ta o'yin (15tasi asosiy tarkibda), 4ta gol;

❌ Markaziy himoyachi Anri CHichinadze ("Turon") – 11ta o'yin (barchasi asosiy tarkibda), 1ta gol, jamoada bitta "quruq" o'yin;

? Vinger Irakli Ruxadze (OKMK) – 11ta o'yin (4tasi asosiy tarkibda), 2ta gol, 2ta assist;

? Hujumkor yarim himoyachi Giorgi Kuxianidze ("Qizilqum") – 13ta o'yin (11tasi asosiy tarkibda), 2ta golli uzatma;

❌ Vinger Nodari Kavtaradze ("Andijon") – 14ta o'yin (5tasi asosiy tarkibda), 1ta assist;

❌ Markaziy hujumchi Bachana Arabuli ("Neftchi") – 10ta o'yin (6tasi asosiy tarkibda), 1ta assist;

❌ Hujumkor yarim himoyachi Zakariya Beglarishvili ("Turon") – 11ta o'yin (3ta asosiy tarkibda), 1ta assist;

❌ Tayanch yarim himoyachisi Giorgi Papava ("Paxtakor") – 3ta o'yin (1tasi asosiy tarkibda).

✅ SHu erga Ukraina pasportiga ega bo'lgan "Andijon" markaziy yarim himoyachisi Levan Arveladzeni qo'shamiz,  uni gruziyalik futbolchi deb hisoblash mumkin. U "Andijon" safida 25ta o'yinda (18ta asosiy tarkibda) 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.


SHunday qilib, Superliga klublaridagi gruzin futbolchilarining 12ta transferi ichidan faqatgina uchtasi, aniqrog'i Tabatadze, SHulaya va Arveladzeni bemalol muvaffaqiyatli deyish mumkin. Nikabadze, Jigauri va Kuxianidze o'rta darajada ishtirok etishdi. Irakli Ruxadze yaxshi statistika ko'rsatdi, ammo birinchi davradan so'ng OKMKdan ketdi.


Yakun:

✅ 3ta muvaffaqiyatli transfer (25%);

? 4 nafari o'rta sifatda (33%);

❌ 5tasi muvaffaqiyatsiz (42%).


Gruzin bozoridan sifatli o'yinchilarni topish mumkin, ammo transferlarga aql bilan yondashish kerak.

Izohlarda ushbu format haqida fikringizni yozib qoldiring. Materialning ikkinchi qismi Bolqon mamlakatidan kelgan o'yinchilar haqida bo'ladi.


Nikolay Egorichev tayyorladi

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика