So’nggi yangiliklar

10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  4 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  8 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  16 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  1 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  10 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  13 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  33 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  4 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  6 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  15

Superliga 10 ta turidan keyingi xulosa: kimdan qanday natija kutilayotgan edi? Yangiliklar

Superliga 10 ta turidan keyingi xulosa: kimdan qanday natija kutilayotgan edi?

Mart oyida start olgan Superliganing dastlabki 10 turi ham yakuniga etdi. Yana 3 ta turdan keyin birinchi davra o'yinlariga yakun yasaladi.

Demakki, jamoalarning o'yini va natijasi borasida dastlabki xulosaga kelish uchun etarli muddat o'tdi. Superliga stari arafasida jamoalardan qanday natija kutilgandi va aslida klublarimiz qay daraja ishonchni oqlashmoqda?

1. “Paxtakor” – 26 ochko
10 tur davomidagi natijasi
: yaxshi
Bugungi kunda har tomonlama O'zbekistonning eng kuchli klubi “Paxtakor” ekanligi barchaga ayon. Arveladze qo'l ostida kuchli tarkib yig'ilgan bu jamoa mavsum avvalida ham BAA va Turkiyadagi yig'inlar orqali o'yinini yanada shakllantira oldi. OCHLdagi muvaffaqiyatsizligini aytmaganda, “Paxtakor” kutilganidek Superligada yakka peshqadamlik qilmoqda. Toshkent jamoasi 1-davrani g'olib sifatida yakunlay oladimi, deya berilgan savolga javob berish ham qiyin emas. Sababi, Arveladze jamoasini so'nggi uch turda jiddiy o'yin kutib turibdi, deyish qiyin...

1-davradagi qolgan 3 o'yini:
11-tur: “Buxoro” – “Paxtakor”
12-tur: “Paxtakor” – “Qizilqum”
13-tur: “Qo'qon-1912” – “Paxtakor”



2. “Lokomotiv” – 21 ochko
10 tur davomidagi natijasi:
qoniqarli
Amaldagi chempion sanalmish “Lokomotiv” ham mavsum avvalida xorijiy yig'inlar orqali o'yin jihatdan kuchayishga erishgan va “Paxtakor” bilan chempionlik uchun kurashishga shay holatda edi. Ammo dastlabki turlarda “Paxtakor”ga mag'lubiyat va ketma-ket 3 marta durang qayd etilishi “Temiryo'lchilar”ning asosiy raqobatchisidan 6 ochko qolib ketishiga sabab bo'ldi. 1-davra yakunigacha Andrey Fyodorovning “Paxtakor”ga etib olishi qiyin masala. Zero, “Loko”ni oldinda taqibchisi “Surxon” va kuchli beshlikda bo'lgan “So'g'diyona”ga qarshi uy o'yinlari hamda Samarqandda kechadigan safardagi og'ir to'qnashuv kutib turibdi.

1-davradagi qolgan 3 o'yini:
11-tur: “Lokomotiv” – “Surxon”
12-tur: “Dinamo” – “Lokomotiv”
13-tur: “Lokomotiv” – “So'g'diyona”

3. “Surxon” – 18 ochko
10 tur davomidagi natijasi:
alo
Superliga debyutanti sanalmish “Surxon” klubi yil boshida selekciya jarayonini keng tarzda olib borib, “Navbahor”ning qator futbolchilari va tajribali legionerlarni o'z safiga qo'shib olishi, Termiz klubining amalda elitada o'ynashini anglatgandi. Ammo bosh murabbiy Ilhom Mo'minjonovning O'FA tomonidan chetlatilishiga qaramay, selekciya jarayoni yaxshi olib borildi va Superliga boshlanishidan bir hafta oldin “Surxon” eng yaxshi transferiga qo'l urib, SHavkat Salomovni o'z safiga qo'shib oldi. Salomov etakchiligidagi Miklyaev shogirdlari hozircha 3-o'rinni egallab, kutilganidan ham yaxshiroq natijani ko'rsatishmoqda. Biroq, janubliklar 1-davrani uchlikda yakunlay olishadimi, deya beriladigan savolga javob berishga erta. Har holda termizliklarni chempion uyiga safar, “Bunyodkor” va “Nasaf”ga qarshi qiyin o'yinlar kutib turibdi. Yani, haqiqiy imtihon hali oldinda.

1-davradagi qolgan 3 o'yini:
11-tur: “Lokomotiv” – “Surxon”
12-tur: “Surxon” – “Bunyodkor”
13-tur: “Nasaf” – “Surxon”



4. “Bunyodkor” – 17 ochko
10 tur davomidagi natijasi:
yaxshi
Superliga boshlanishiga qadar ligada ishtirok etishi tugul, faoliyati ham so'roq ostida qolgan “Bunyodkor” jamoasining o'z tarbiyalanuvchilari sanalmish yoshlar bilan ko'rsatayotgan o'yini tahsinga sazovor. Vadim Abramov o'z o'yin falsafasini “Qaldirg'ochlar”ga singdira oldi. Oldingi moliyaviy barqarorligiga ega bo'lmay turib ham “Bunyodkor” o'z mavqeini saqlab qolishga intilmoqda. Har holda ilk marta xorij yig'inlarisiz, o'z qarorgohidagi tayyorgarlik va tarkibdagi muammolarga qaramay ayni damda 4-o'rinni egallab turish yaxshi natija sanaladi. Ammo, navbatdagi uch o'yin Abramov jamoasi uchun navbatdagi sinov imtihonlari bo'ladi. Davra yakunidagi “Dinamo”ga qarshi bahs Toshkentdan Samarqandga ko'chirilgan.

1-davradagi qolgan 3 o'yini:
11-tur: “Bunyodkor” – “Nasaf”
12-tur: “Surxon” – “Bunyodkor”
13-tur: “Dinamo” – “Bunyodkor”

5. “So'g'diyona” – 15 ochko
10 tur davomidagi natijasi:
yaxshi
Sergey Lushan qo'l ostida mavsum avvalida tarkibini Kaxi Maxaradze va serbiyalik legionerlar bilan to'ldirgan, tayyorgarlikni ham Turkiyada o'tkazgan “So'g'diyona” Superliga startini yomon o'tkazdi. Natijada 4-turda Samarqanddagi ketma-ket 3-mag'lubiyatdan so'ng klub rahbariyati Sergey Lushanni istefoga chiqardi va uning o'rniga Ulug'bek Baqoev tayinlandi. Termamiz sobiq hujumchisi Jizzax klubini butkul o'zgartira oldi va so'nggi 6 o'yinda faqat “Paxtakor” va “Navbahor”ga mag'lub bo'lib, qolgan bahslarda g'alaba qozondi. Natijada “So'g'diyona” quyi o'rinlardan 5-pog'onaga ko'tarilib oldi. Bunda Baqoevning hissasi ulkan bo'ldi.

1-davradagi qolgan 3 o'yini:
11-tur: “Qizilqum” – “So'g'diyona”
12-tur: “So'g'diyona” – “Qo'qon-1912”
13-tur: “Lokomotiv” – “So'g'diyona”

6. “Nasaf” – 14 ochko
10 tur davomidagi natijasi:
yaxshi
Albatta, bir qarashda “Nasaf”dek jamoa uchun 6-o'rinni yaxshi natija deya baholash noto'g'ri, ammo joriy yildan buyon Ro'ziqul Berdiev ham kamtargina moliyaviy holat va klub akademiyasi tarbiyalanuvchilari bilan bu natijani qayd etayotganligini inobatga olsak, natija hozircha yomon emasligiga ishonch hosil qilish mumkin. Har holda Qarshi klubi tarkib borasida qator yo'qotishlarga uchragan bo'lsa-da, aynan Ro'ziqul Berdievning yoshlarni kashf etishi va o'z o'yin uslubiga ega ekanligi “Nasaf”ni qayta tiklashdek og'ir vaziyatdan munosib chiqa olishiga xizmat qilmoqda. “Nasaf” uchun navbatdagi uchta bahs ham haqiqiy sinov bo'ladi.

1-davradagi qolgan 3 o'yini:
11-tur: “Bunyodkor” – “Nasaf”
12-tur: “Metallurg” – “Nasaf”
13-tur: “Nasaf” – “Surxon”



7. “Navbahor” – 14 ochko
10 tur davomidagi natijasi:
qoniqarsiz
Superliga avvalida qator transferlarga qo'l urib, xorijda tayyorgarlik ko'rgan “Navbahor”dan klub rahbariyati va muxlislar yuqori natija kutishga haqli edilar. Namangan jamoasi ham 5-turgacha 3-o'rinda edi, ammo so'nggi 5 o'yindan 4 tasida durang qayd etib, ochkolar yo'qotilishi natijasida vaziyatini qiyinlashtirdi. “Navbahor”ning hozirgi holatida Kanchelskis shogirdlari ko'rsatayotgan natija qoniqarsiz sanaladi. “Lochinlar” navbatdagi 3 o'yinda kamida 6 ochko olib, 1-davrani minimum 20 ochko bilan yakunlashi shart. Aks holda 1-davradagi natijani qoniqarsiz deyish mumkin bo'ladi.

1-davradagi qolgan 3 o'yini:
11-tur: AGMK – “Navbahor”
12-tur: “Navbahor” – “Buxoro”
13-tur: “Qizilqum” – “Navbahor”

8. “Dinamo” – 14 ochko
10 tur davomidagi natijasi:
yaxshi
Superligani eng qiyin vaziyatda boshlagan jamoa – “Dinamo” edi. Pro-Ligaga bemalol tayyorgarlik ko'rayotgan Samarqand jamoasi kutilmaganda Superligaga olib chiqilgach, har tomonlama qiyin vaziyatda qolgandi. Sababi jamoa tarkibi ham, moliyaviy holati ham quyi ligaga mos edi. SHu bois ko'pgina mutaxassislar yil boshida Superliga autsayderi deya aynan “Dinamo”ni ko'rsata boshlashdi. Ammo Davron Fayziev jamoasi Superligani katta ishtiyoq va shijoat bilan boshlab, barcha taxminlarni yo'qqa chiqarishdi. So'nggi 5 o'yinda 1 ta g'alaba va 4 ta durang qayd etgan ko'hna shaharliklar “Nasaf” va “Navbahor” bilan bir xil ochko jamg'arib, 6-8 o'rinlarni band etishgan. Navbatdagi uch o'yin “Dinamo”ni 1-davrani qanday kayfiyatda yakunlashini belgilab beradi.

1-davradagi qolgan 3 o'yini:
11-tur: “Qo'qon-1912” – “Dinamo”
12-tur: “Dinamo” – “Lokomotiv”
13-tur: “Dinamo” – “Bunyodkor”

9. “Metallurg” – 12 ochko
10 tur davomidagi natijasi:
qoniqarsiz
Yil boshida tarkib jihatdan kuchaytirilgan, tayyorgarlikni ham ideal sharoit – Turkiyada o'tkazgan “Metallurg” jamoasi mavsumni yaxshi boshlagan bo'lsa-da, so'nggi 4 o'yinda bor yo'g'i 2 ochko jamg'arib, 9-o'ringa tushib ketdi. Andrey SHipilov qo'l ostidagi klub “uy jamoasi”ga aylangan desak mubolag'a bo'lmaydi. Sababi Bekobod klubi 12 ochkodan 10 tasini muxlislari qarshisida qo'lga kiritgan. “Metallurg” klubining tarkib va imkoniyatidan kelib chiqadigan bo'lsak, ayni damdagi 9-o'rin jamoa uchun qoniqarsiz natija sanaladi.

1-davradagi qolgan 3 o'yini:
11-tur: “Andijon” – “Metallurg”
12-tur: “Metallurg” – “Nasaf”
13-tur: AGMK – “Metallurg”



10. “Qizilqum” – 10 ochko
10 tur davomidagi natijasi
: qoniqarsiz
Mavsumni muvaffaqiyatli boshlash uchun Navoiy klubiga barcha sharoit yaratildi – murabbiylar shtabi asosiy tarkib o'zagini saqlab qolishdi, legioner hujumchi taklif etildi, Turkiyada yaxshi tayyorgarlik olib borildi. Ammo “Qizilqum”ga 10 tur davomida barqarorlik etishmadi. Jamoa Navoiyda o'tkazgan 5 ta o'yindan bor yo'g'i 2 tasida g'alaba qozona oldi. Natijada klub 10 o'yinda 10 ochko jamg'arib 10-o'ringa tushib qoldi. Davrani yaxshiroq natija bilan yakunlash uchun Hamidjon Aktamovni uchta og'ir o'yin kutib turibdi.

1-davradagi qolgan 3 o'yini:
11-tur: “Qizilqum” – “So'g'diyona”
12-tur: “Paxtakor” – “Qizilqum”
13-tur: “Qizilqum” – “Navbahor”

11. “Andijon” – 8 ochko
10 tur davomidagi natijasi:
qoniqarsiz
Pro-Liga g'olibi sifatida Superligaga chiqqan “Andijon” jamoasi tarkibini deyarli yangiladi. Tarkibga tajribali futbolchilar yig'ildi. Ammo vodiyliklarning 5-turga qadar o'z maydonlarida o'ynay olmagani natijaga tasir qildi. 8-turda Jizzaxda “So'g'diyona”ga uchralgan mag'lubiyatdan keyin “Andijon” bosh murabbiyi Eldor Sakaev lavozimidan ozod etildi. “Burgutlar” ligada eng ko'p durang (5 ta) qayd etgan jamoalardan biri bo'lib turishibdi. Yangi murabbiy Aleksand Xomyakov hozircha qoniqarsiz bo'lib turgan natijani davra yakunida qoniqarliga aylantirishi mumkin. Sababi andijonliklar qolgan 3 ta o'yinda tengkuchli raqiblar bilan kuch sinashishadi.

1-davradagi qolgan 3 o'yini:
11-tur: “Andijon” – “Metallurg”
12-tur: “Andijon” – AGMK
13-tur: “Buxoro” – “Andijon”

12. AGMK – 7 ochko
10 tur davomidagi natijasi
: yomon
Ayni damda turnir jadvalida 10-o'rindan pastda joylashgan barcha klublarda bosh murabbiy istefoga chiqdi, faqat AGMK bundan mustasno bo'lib turibdi. Mirjalol Qosimov qo'l ostida OCHL uchun yig'ilgan tarkib, xorij yig'inlari, katta imkoniyatlarga ega Olmaliq klubi bu mavsumda “inqiroz ko'chasi”dan chiqa olmayapti. Jamoa gol o'tkazib yuborish bo'yicha “Qo'qon-1912”dan keyingi eng yomon holatda. AGMK Superligada eng ko'p – 7 ta mag'lubiyatga uchradi. Bunday holatga Qosimovdan boshqa murabbiy tushganida rahbariyat allaqachon chiqish eshiklarini ko'rsatgan bo'lardi. Mirjalol Qosimov rahbariyatdan istefo so'ragan bo'lsa-da, klub murabbiy uchun 1-davra yakunigacha qolgan uchta uchrashuvda imkoniyat berib, kutsa kerak.

1-davradagi qolgan 3 o'yini:
11-tur: AGMK – “Navbahor”
12-tur: “Andijon” – AGMK
13-tur: AGMK – “Metallurg”



13. “Buxoro” – 7 ochko
10 tur davomidagi natijasi:
yomon
Mavsum avvalida moliyaviy muammolarni boshdan kechirgan “Buxoro” jamoasini Ulug'bek Baqoev tark etgach, AGMKdan kelgan Baxtiyor Ashurmatov yangi tarkib tuzishiga to'g'ri keldi. Jamoa o'zagi sifatida Qutiboev, Hasanovlar tarkibda saqlangan bo'lsa, Ivan Nagaev, Doston Ibragimov, Vladimir Baenkolar bilan kuchaytirildi. Ammo “Buxoro” jamoasi mavsumni muvaffaqiyatli boshlay olmagach, 8-turdan keyin Ashurmatov istefoga chiqdi. Yosh murabbiyi Mirislom Hasanov qo'l ostida ham jamoaning ahvoli yaxshilanmadi. “Buxoro” Superligada eng kam – 6 ta gol urgan jamoa bo'lib turibdi, 10 tur ichida hali o'z uyida g'alaba qozona olmagan ham. Tanaffusgacha bo'lgan 3 ta o'yinda jamoada yangi murabbiy sifatida ish boshlagan Muhsin Muhammadievning vaziyatni o'nglashi qiyin. Sababi tojikistonlik taniqli mutaxassis jamoani og'ir ahvolda qabul qilib oldi, ilk o'yin esa peshqadam “Paxtakor” bilan. Murabbiy uchun ham yangi jamoa, yangi chempionatda moslashish jarayoni oson kechmaydi. Muhammadiev davralar oralig'ida tarkibda jiddiy o'zgarishlar qilsa, ajabmas.

1-davradagi qolgan 3 o'yini:
11-tur: “Buxoro” – “Paxtakor”
12-tur: “Navbahor” – “Buxoro”
13-tur: “Buxoro” – “Andijon”

14. “Qo'qon-1912” – 6 ochko
10 tur davomidagi natijasi
: yomon
No'mon Hasanov mavsum oldidan Javohir Siddiqov va O'tkir Yusupovni aytmaganda, jamoaning o'zagini saqlab qolgan bo'lsa-da, chempionatni juda yomon boshladi. Ayniqsa, AGMKdan uchralgan 7:1 hisobidagi qaqshatqich mag'lubiyatdan keyin jamoa o'ziga kela olmayapti. Qoniqarsiz natijalar bois bosh murabbiy No'mon Hasanov istefoga chiqarildi. Jamoa stadionining maydoni yangilangani bois, klub amalda barcha uchrashuvlarni safarda o'tkazgani natijaga salbiy tasir qildi. Qo'qonliklar himoya qo'rg'oni nomdor futbolchilardan tashkil topgan bo'lsa-da, natijalar eng kuchsiz himoya aynan ushbu jamoada ekanligini ko'rsatmoqda. Jamoa o'z darvozasidan eng ko'p – 22 marta to'p olib chiqqan. Quyi pog'onalarda ham jamoalar o'zaro zich joylashganligini inobatga olsak, Qo'qon klubi davralar oralig'ini kutib o'tirishi shart emas, qolgan 3 o'yinda imkonqadar olingan ochkolar jamoani tanaffusgacha so'nggi o'rinlarni tark etishiga yordam berishi mumkin.

1-davradagi qolgan 3 o'yini:
11-tur: “Qo'qon-1912” – “Dinamo”
12-tur: “So'g'diyona” – “Qo'qon-1912”
13-tur: “Qo'qon-1912” – “Paxtkor”.

Usmon IBODOV

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика