So’nggi yangiliklar

19:12Кутилмаган бурилиш: Клопп "Боруссия Д"га қайтиши мумкин  1 18:48"Ювентус" Кимга қизиқяпти  0 18:22"Лестер" етакчиси билан шартномани узайтиради  0 17:53Бир қанча жамоалар "Челси" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:27"Ал Қодисия" ван Дейкни жалб қилмоқчи  0 16:59Рангник "Бавария"да ишлашдан бош тортди  2 16:35"Флуминенсе" Тиаго Силвага шартнома таклиф қилди  0 16:10"Бенфика" "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини сотиб олишни режалаштирмоқда  2 15:43Ўзбекистонлик ҳакамлар жамоаси ОЧЛ ҳал қилувчи финал баҳсини бошқаради  10 15:24Япония терма жамоаси бош мураббийи: "Париж Олимпиадасига қитъа чемпионлари мақомида боришни мақсад қилганмиз"  11 15:20Жасур Жалолиддинов: "Олимпиадага чиқиш ҳақида ҳар куни ўйлардик"  3 15:03Тимур Кападзе Японияга қарши кечадиган финал учрашуви олдидан нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  18 14:44Япония ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални қабул қилувчи стадион ўйинга шай!  8 14:25Кападзе, Жалолиддинов ва Япония вакиллари Осиё Кубоги бош соврини билан суратга тушди  7 14:01Про лига. 6-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  0

Stadion bilan bog'liq holat sabab "Qiziriq" "Bunyodkor" bilan o'z uyida emas, balki Toshkentga o'ynashga majbur Yangiliklar

Stadion bilan bog'liq holat sabab "Qiziriq" "Bunyodkor" bilan o'z uyida emas, balki Toshkentga o'ynashga majbur

"Qiziriq" 2024 yildan etiboran Liga azosiga aylandi.

U O'FA tomonidan o'tkazilgan pulka musobaqasida g'olib chiqqani uchun shartli ravishda "Qiziriq" Birinchi ligaga qo'shib olindi.

Endilikda "Qiziriq" 2024 yilgi mavsum davomida Liga tomonidan qo'yilgan talablarni bosqichma-bosqich yaxshilab borishi kerak. Yani, uning 2025 yilgi mavsumda ham Liga azosi bo'lib qolishi talablarning qanday bajarilgani bilan chambarchas bog'liq hisoblanadi. Jamoaning yangi azo ekanligidan kelib chiqib, mavjud kamchiliklar bosqichma-bosqich bartaraf etib borilishi uchun imkon beriladi.

Aprel avvalida Liga mutaxassislari "Qiziriq" jamoasi uy uchrashuvlarini o'tkazadigan maydonda bo'ldi. U hozircha minimal talablarga javob bermaydi. Stadion akti tayyor emas. SHuni inobatga olgan holda jamoaning O'zbekiston kubogi guruh bosqichi 2-turi doirasidagi "Bunyodkor" bilan o'yini Toshkentda bo'lib o'tadi. "Qiziriq", shuningdek, 14 aprel kuni "Jayxun" va 28 aprel kuni "SHo'rtan" mehmoni bo'ladi.

"Qiziriq" Birinchi liganing ilk turini 17 aprel kuni o'z maydonida "Jizzax" jamoasiga qarshi o'tkazadi. Mazkur bellashuv uchun Liga tomonidan stadionga dastlabki talablar belgilab beriladi. Ularning qay tariqa bartaraf etib borilishidan kelib chiqib, "Qiziriq" keyingi uy uchrashuvlarini o'z maydonida o'tkazishi mumkin bo'ladi. Liga stadion bilan bog'liq o'zgarishlarni sezmasa, u holda "Qiziriq" Birinchi liga uchrashuvlarini ham safarda o'tkazishiga to'g'ri keladi.

Reyting: -5   

Fikrlar

   
12 apr 16:41:51
Sunnat Husanov
Azizxon Khamidov foydalanuvchining fikriga javob berish
Adminla yozish qiyinimi Qiziriq qatti kamandasiligni huddi butun xalq tanidgande yoziwilani Yoki silayam bilmisilami qatti kamandasligni
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidan bu jamoa
   
12 apr 00:19:22
Begmurod Omonov
Assalomu alaykum hammaga Qiziriq Surxandaryo viloyati Qiziriq tumani hokimligi qaramogʻidagi klub ekan
   
11 apr 21:15:05
Azizxon Khamidov
Adminla yozish qiyinimi Qiziriq qatti kamandasiligni huddi butun xalq tanidgande yoziwilani Yoki silayam bilmisilami qatti kamandasligni
   
11 apr 20:26:30
Dostonbek Anvarov
Erkin Odilov foydalanuvchining fikriga javob berish
Shunaqa tuman borliginimi
Ха шунака туман шунака клуб рахмат малумот учун
   
11 apr 20:20:33
Erkin Odilov
Dostonbek Anvarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Енди ешитдим тогриси
Shunaqa tuman borliginimi
   
11 apr 20:17:46
Dostonbek Anvarov
Erkin Odilov foydalanuvchining fikriga javob berish
Surxondaryo
Енди ешитдим тогриси
   
11 apr 20:17:05
Erkin Odilov
Dostonbek Anvarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Кизирик кайтда у
Surxondaryo
   
11 apr 20:16:29
Erkin Odilov
Qiziriqni polyasi yaxshimikin ishqilib, bizni bolalar borishadi Xudo xoxlasa 17-dagi o'yinga, Jizzax futbol akademiya jamoasi. Omad bolajonlarga!!!
   
11 apr 20:07:47
Dostonbek Anvarov
Кизирик кайтда у
   
11 apr 20:06:51
Sanko-liderchi
Men Qiziriq tumanidanman, lekin ish joyim tufayli boshqa joyda yashayman, bir vaqtlar yahshi stadioni bor edi, vaqt o‘tishi bilan holati yomonlashgan, muhluslar sig‘jmi ham juda kam, 1-ligaga chiqqanidan xursandman, agar talablarni bajara olmay kelgusi yili chetlashtirishsa ham boshqa iloj yo‘q, berilgan imkoniyatdan qanday foydalanishini kuzatib, oxirigacha muhlislik qilaman tumanim jamoasiga.
   
11 apr 19:45:02
Бафо Нарзуллаев
Менимча узини куриб биладиган яхши стадиони , базами, хомийси бор 1 лига ва Пролига командалирини кушиб , 1та лига килиш керак..хар йил шу холат йил охирига келиб 3 та 4 та команда ёки чикиб кетади ёки уйинларни сотиш билан кун куради..Бу хам 1 йиллик командага ухшаяпти..
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика