So’nggi yangiliklar

00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  108 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  5 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  75 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  11 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1

Srechko Katanec: "Osiyo Kubogi saralashida biz favoritmiz, ammo..." Yangiliklar

Srechko Katanec: "Osiyo Kubogi saralashida biz favoritmiz, ammo..."

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec Osiyo kubogi saralash bosqichi "C" guruh doirasidagi o'yinlardan oldin matbuot anjumanida qatnashdi.

"Assalomu alaykum (o'zbek tilida). Jamoa ertangi o'yinga tayyor. Biz faqat ertaga emas, barcha o'yinlarda g'alaba uchun harakat qilamiz. Biz diqqat etiborni saqlagan holda o'ynashimiz kerak. Hech kim o'yin boshlanmasdan oldin g'alaba qozona olmaydi, shu bois o'yinga futbolchilarni yaxshi tayyorlashimiz kerak. Barcha jamoalarni hurmat qilishimiz kerak, aks holda futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin va sizni jazolashlari mumkin", - dedi Srechko Katanec.

"Bosh murabbiy aytib o'tganidek barcha o'yinlarda g'alaba uchun maydonga tushamiz", - dedi Eldor SHomurodov.




- Bizning fikrimizcha O'zbekiston terma jamoasi favorit hisoblanadi. Tailand biroz bizga qarshilik ko'rsatishi mumkin. SHri Lanka va Maldiv orollari terma jamoalari biroz zaifroq bo'lgani uchun rotaciya qilasizmi yoki asosiy tarkib o'yinchilarini tushirasizmi? Terma jamoamizning asosiy kuchini Eron, Yaponiya, Avstraliya kabi grandlarga qarshi bahsda ko'ramiz deb o'ylayman. Sizning fikringiz qanday?
- Gap meni raqiblardan qo'rqishimda emas, ammo bunday yondoshuvni yoqtirmayman. Biz hali o'yinlarni boshlamadik. Hozirgi zamonaviy futbol 15 yil oldingisidan ancha farqli. Agar 100 foiz tayyor bo'lmasak, SHri Lanka va Maldiv kabi terma jamoalardan syurpriz bo'lishi mumkin. Biz hali g'alaba qozonmadik, Yaponiya yoki boshqa terma jamoalar Osiyo kubogiga chiqib bo'lgan. Biz esa hozirda saralashdamiz. Aytganigizdek biz favoritmiz, favorit emasmiz deganim yo'q. Ammo yana bir bor qaytaraman har bir bahsga tayyor bo'lishimiz kerak. Oldin saralash bahslari bunday formatda o'kazilmagan: 6 kun ichida 3ta o'yin o'tkazilmagan. Oldin bitta o'yin mezbon sifatida o'ynab, keyin safarga borardingiz. Hozir nega bunday formatda o'tkazilayotgani menga qorong'u. Keyin O'zbekiston chempionat o'yinlari ancha bo'ldi tugaganiga 6 kun tanaffus bo'lmoqda, bu futbolchilarga biroz qiyin bo'ladi. Ammo barchamiz bir xil holatdamiz.

- Deyarli barcha o'yinlarda gol o'tkazib yuborayapmiz. Nega 1,5 yildan beri "So'g'diyona"da ishonchli o'ynab kelayotgan SHahboz Jo'rabekov terma jamoaga chaqirilmayapti?

- Bilasiz terma jamoaga kelganimga ko'p bo'lgani yo'q. Biz oldin sinab ko'rgan futbolchilarni chaqirdik, sababi saralash o'yinlari yangi futbolchilarni sinab ko'radigan maydon emas. Barcha futbolchilarni hurmat qilaman, lekin men uchun hozir eng kuchli futbolchilar terma jamoaga chaqirilgan.




- Ko'pchilikni qiziqtiradigan savol. Norxonov 6ta gol urgan, Abduxoliqov va G'iyosov 5tadan gol urgan, Azamov ham "Paxtakor"da yaxshi o'ynamoqda. Siz faqat legionerlarga ishonib qolganmisiz?

- SHerzod Azamov? Siz "Paxtakor" o'yinlarini ko'ryapsizmi? U nechta o'yinda maydonga tushdi? Adashmasam 3ta. Bizning o'z ishimiz bor, biz hamma o'yinlarni kuzatyapmiz. Agar hozir har xil ismlarni aytadigan bo'lsak men haq, siz nohaq bo'lib qolishingiz mumkin. Kelinglar ishimizga jiddiy yondoshaylik.





- Bobir Abdixoliqov borasidachi?

- Saralash bosqichi o'yinlarida yangi futbolchilarni sinab ko'ra olmaymiz. Tarkibga chaqirilgan futbolchilar bilan oldin birga ishlab ko'rgandik. Siz haq bo'lishingiz mumkin. SHomurodov "Roma"da kam o'ynamoqda va uni nega chaqirdingiz deyishingiz mumkin. Ammo ayni paytda Eldor bizning kuchli hujumchimiz.

- Agar vaziyat taqozo etadigan bo'lsa U-23 terma jamoasidan futbolchilarni jalb etasizmi?

- Ularni hozir chaqirishga haqqimiz yo'q. CHunki tasavvur qiling COVID bilan bog'liq nimadir bo'lsa, qoidalar bo'yicha mumkin emas. Hozir bu haqda gapirmoqchi emasman. Vaziyatni boricha qabul qilamiz.





Oqil Abdubarnaev Namangan shahridan 

Foto: Tolibjon Qosimov




Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика