So’nggi yangiliklar

19:50Санчо фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  0 19:40Суперлига. "Андижон" – "Навбаҳор" 0:0 (матнли трансляция)  22 19:38Суперлига. "Шўртан" – "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  0 19:30Про лига. "Арал" "Жайхун"га қарши ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)  0 19:21Саудия Арабистони клуби Мбаппе учун "космик" сумма тўлашга тайёр  4 18:40Доннарумма ПСЖнинг УEФА Суперкубоги учун қайдномасидан тушиб қолди  1 17:38"Қўқон-1912" 8 йиллик танаффусдан сўнг Ғузорда ғалаба қозона оладими?  0 17:31Суперлига. ОКМК - "Қизилқум" (матнли трансляция) 0:0   4 17:00Суперлига. "Навбаҳор" кетма-кет 4 ўйиндан бери "Андижон"ни ютолмаяпти  1 16:39АПЛ клублари А Серия клубларига қараганда 500 баравар кўп (!) пул сарфлади  7 16:12Испания футбол федерацияси "Барселона" АҚШда ўйин ташкил этишига рози. Энди УЕФАнинг рухсати керак  3 15:44Мали U-17 Ўзбекистон U-16 терма жамоаси дарвозасини 5 марта ишғол қилди  21 15:32Рустам Акрамов хотирасига бағишланган мусобақа бўлиб ўтди  0 15:18ОФК Чақирув Лигаси саралаши. "Фальконс" "Тайчун"дан устун келди, ўзбекистонлик ҳужумчидан дубль!  1 14:50"Сўғдиёна"да синовли саҳифалар старти — Иван Бошковични олдинда нималар кутяпти? У ёзда жамоани кучайтира олдими?  3

Erdog'an asos solgan, Shomurodov va Fayzullaev jamoasi "Istanbul Bashakshehir" bilan tanishamiz Yangiliklar

Erdog'an asos solgan, Shomurodov va Fayzullaev jamoasi "Istanbul Bashakshehir" bilan tanishamiz

Yangi mavsumda o'zbekistonlik futbol muxlislari sinchkovlik bilan kuzatib borishi kutilayotgan turk klubi haqida gaplashamiz.

Avvalroq, Eldor Shomurodov safiga borib qo'shilgan "Istanbul Bashakshehir" yaqin soatlar (kunlar) ichida Abbosbek Fayzullaev transferini ham elon qilishi kutilmoqda.  

Klubga 1990 yil asos solingan bo'lib, avvaliga uning nomi "Istanbul BB" — "Istanbul Buyukshexir Belediyespor" deb atalgan. 

Asoschilardan biri esa o'sha vaqtda poytaxt meri, bugungi kundagi Turkiya prezidenti Rajap Tayip Erdogan hisoblanadi. O'smir davrida u mintaqaviy kichik futbol jamoalari safida to'p tepgan va shaharda municipal klub paydo bo'lishini juda ham istagan. Millat etakchisining "Istanbul" bilan aloqasi orzular ushalishi bilan cheklanib qolmagan – klub prezidenti Goksel Gumushdag' Adolat va rivojlanish hukmron Partiyasining azosi hamda Erdog'anning ayoli jiyanining turmush o'rtog'i hisoblanadi. Soddaroq qilib aytsak, klub prezidenti mamlakat prezidenti kuyovi hisoblanadi.

"Bashakshexir" bilan qo'shib isoblaganda Istanbulda 8 ta (!) professional klub mavjud. Shu sababli uzoq vaqt klubning asosiy muammolaridan biri – o'z muxlislariga ega bo'lish hisoblangan. "Olimpiya" stadionida o'yinlarini o'tkazgan jamoa omadi kelgan o'yin kunlarigina bir necha ming tomoshabinni qabul qilardi. Hukumat bilan bog'liq investorlar tomonidan qo'llab-quvvatlangani tufayli muxlislar orasida "hukumat klubi" deb ham atalgan. Bu orada shaharda shuncha jamoa bor bir paytda, soliq to'lovchilarning pulini "eb yotadigan" qo'shimcha klub kerak emas, degan noroziliklar ham uchragan. Natijada, 2014 yil "Istanbul" taminoti Istanbul shahar municipalitetidan Yoshlar va sport vazirligiga o'tkazildi. Boshqa malumotlarga ko'ra, klub to'liq hususiylashtirilgan, qarorgohi Bashakshexir provinciyasiga joylashadi va "Istanbul BB" nomi hozirgi "İstanbul Başakşehir Futbol Kulübü"ga o'zgartiriladi.

Biroq bu hukumatning klubga bo'lgan etiboriga aytarli tasir ko'rsatmagan. Bunga yana bir isbot sifatida 2014 yil klub uy stadioni "Bashakshexir Fatix Terim" (sig'imi 17 319) ochilish uchrashuvida jamoa safida 12-raqam ostida Erdoganning shaxsan o'zi harakat qilgani va ertasiga, klub mazkur raqam muomaladan chiqarilganini rasman elon qilgani, keltiriladi.

2019/20-yilgi mavsumda "Istanbul" UEFA Evropa Ligasi musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1/8 finalgacha etib boradi. Aynan shu mavsum tarixida ilk bor (va hozircha yagona) Turkiya chempionligini qo'lga kiritadi. 2020/21-yilgi mavsumda birinchi marta UEFA Chempionlar Ligasi musobaqasi guruh bosqichida ishtirok etadi.

"Istanbul Bashakshexir" tarkibida turli vaqtlarda Emre Belozoglu, Arda Turan, Gael Klishi, Robino, Demba Ba va Martin Shkrtel kabi taniqli futbolchilar harakat qilgan.

Klubning hozirgacha amalga oshirgan eng qimmat transferlari haqida gapiradigan bo'lsak, ro'yxatning eng yuqorisida Jengiz Underni ko'ramiz. 2016/17-yilgi mavsumda klub uni "Oltino'rda"dan 4.80 mln evroga sotib olgan. 2020/21-yilgi mavsumda esa yana o'sha "Oltino'rda"ning markaziy himoyachisi Ravil Tagir 3.01 mln evro evaziga xarid qilinadi va klub tarixidagi eng qimmat ikkinchi transferga aylanadi. Kuchli uchlikni yaqinda jamoa safiga borib qo'shilgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov yakunlab bermoqda. Uning ijarasi uchun turklar "Roma"ga 3 mln evro to'lab beradi. To'laqonli xaridlarni inobatga oladigan bo'lsak, "uchinchi o'rinda" 2016/17-yilgi mavsum "Shalke"dan kelgan Junior Kaysarani ko'ramiz. Klub asli kelib chiqishi braziliyalik bo'lgan bolgar uchun ham 3 mln evro to'lagan.


Etibor berganingizdek, jamoa "Gerta"dan polshalik hujumchi Kshishtof Pyontekni 1 yil avval 2 million evro evaziga sotib olgan va 1 iyul kuni Qatarning "Al Duxayl" jamoasiga 10 millionga sotib yubordi. 


Klubni "City Football Group" sotib olishi

Amirlikning sport xoldingi "City Football Group" (CFG), ha, o'sha asosiy klubi "Manchester Siti" bo'lgan, Turkiyada aynan "Istanbul"ni tanlagan. 2024 yilning fevral oyida amalga oshgan kelishuv natijasida "City Football Group" oilasiga 14-jamoa qo'shildi. Kelishuv summasi va xoldingning egalik ulushi oshkor qilinmagan. Bu vaziyatda xolding 2023 yil shunga o'xshash vaziyatda Braziliyaning "Bayya" klubini $198,7 mln evaziga sotib olganini yodga olish mumkin. 

Biroq shu o'rinda takidlashimiz lozimki, CFG rasmiy saytida "Istanbul Bashakshexir" xolding klublari qatorida alohida ko'rsatilmagan. Shuning uchun "City Football Group"ning "Istanbul"ga tasiri aslida qay darajadaligini aniq aytish mushkul vazifa.   


2013 yilda shayx Mansur tomonidan asos solingan xolding tarkibiga "Istanbul Bashakshexir"dan tashqari "Manchester Siti" (Angliya), "Bayya" (Braziliya), "Lommel" (Belgiya), "Nyu-York Siti" (AQSH), "Melburn Siti" (Avstraliya), "Montevideo Siti Torke" (Urugvay), "Jirona" (Ispaniya), "Yokogama F. Marinos" (Yaponiya), "Trua" (Franciya), "Mumbai Siti" (Xindiston), "Sichuan" (Xitoy), «Palermo» (Italiya) va "Bolivar" (Boliviya) jamoalari kiradi.



Klub bosh murabbiy Chag'dash Atan haqida

Chag'dash Atan 1980 yil 29 fevral sanasida Izmirda tavalluda topgan. Sobiq markaziy himoyachi Turkiya terma jamoasi safida 2004 yil debyut qilgan. Terma jamoa safidagi ilk golini o'rtoqlik uchrashuvida Xorvatiya darvozasiga kiritgan.   

Atan futbolchilik faoliyatini "Altay" va "Marmaris" klublarida boshlagan. Keyinchalik u Turkiyaning "Denizlispor", "Beshiktosh", "Trabzonspor", "Mersin Idman Yurdu", "Akxisarspor", "Gaziantep BB" va "Manisaspor" jamoalarida, xorijda esa Germaniyaning "Energi Kotbus", Shveycariyaning "Bazel" safida (2009/10 va 2010/11-yilgi mavsumlarda mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan va) xalqaro arenada ham to'p tepgan. Futbolchilik faoliyatini 2015 yil yakunlagan.


Murabbiylik faoliyatining dastlabki yillarini u mahalliy klublarda yordamchi murabbiy sifatida o'tkazadi. Nihoyat, bir yil davomida "Beshiktosh"da Sergen Yalchinga yordamlashgan Chag'dash Atan 2020 yil "Alanyaspor"da mustaqil ish boshlaydi. Mazkur klubdagi to'liq bir mavsumdan keyin 2022 yilni "Kayserispor"da o'tkazadi. Atan bosh murabbiy sifatida debyut mavsumidayoq (2023/24) "Bashakshexir" TOP-4ga kiradi va evrokuboklarga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Konferenciyalar Ligasida 1 g'alaba, 3 durang va 2 mag'lubiyat qayd etgan klub 26-o'rinni egallab, TOP-24ga kira olmadi hamda keyingi bosqichga o'ta olmadi. 

Turkiya Superligasining o'tgan mavsumida "Istanbul Bashakshexir" 5-pog'onani egalladi va yangi mavsum yana Konferenciyalar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Jamoa mazkur musobaqadagi ishtirokini saralash bosqichidan boshlaydi. 


"Istanbul Bashakshexir" 

Joylashuvi: Istanbul, Turkiya (Bashakshexir provinciyasi (tumani)
Stadioni: "Bashakshexir Fatix Terim" (Sig'imi — 17 319 tomoshabin)

Yutuqlari:
Turkiya Superligasi chempioni: 2019/20-yilgi mavsum 
Turkiya Kubogi: — Yo'q
Turkiya Superkubogi: — Yo'q
UEFA Evropa Ligasi — 1/8 final (2019/20)
UEFA Chempionlar Ligasi — Guruh bosqichi (2020/21)


Mashhur futbolchilari:

Ilgari klub tarkibida to'p tepgan mashhur futbolchilar:

Emre Belozoglu — Turkiya termasi afsonasi, keyinchalik klubda murabbiy bo'lgan

Arda Turan — "Barselona" va "Atletiko" sobiq yarim himoyachisi

Gael Klishi — "Arsenal" va "Man Siti" sobiq himoyachisi

Robino — "Man Siti", "Real Madrid", "Milan" kabi klublarda to'p tepgan

Demba Ba — "Chelsi" va "Nyukasl" sobiq hujumchisi

Martin Shkrtel — "Liverpul" sobiq markaziy himoyachisi


Hozirgi tarkibdagi mashhur futbolchilar:

Leo Duarte — braziliyalik markaziy himoyachi

Eldor Shomurodov —  O'zbekiston terma jamoasi sardori


Reyting: +9   

Fikrlar

+3   
22 iyu 18:53:29
MuhlisUz
Malumotlar uchun rahmat.
+1   
23 iyu 07:17:55
Obidjon
Xaa klub haqida ancha muncha maʼlumotlarga ega boʻldik. Rahmat muallif.
   
23 iyu 14:03:39
Ливерпуль.Мухаммад Алийхон.
Тугрисини атаман Элдор бн Аббосга мос кулб эмас. Биз Аббосдан бундан юкорирок топ 5 таликдан кутодик. Нима булса хам омад
   
23 iyu 11:09:10
Mustafa Musabaev
Mesut ozilham oynagan
   
22 iyu 18:58:02
Rasul Matkarimov
Adebayor Edin Visca xam oynagan
-1   
22 iyu 18:56:31
Д И Н А М О жон
У 23 таркиб кани админчала
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика