So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

SPORTRADAR Kaxi Maxaradze ishida yordam bera oladimi? Yangiliklar

SPORTRADAR Kaxi Maxaradze ishida yordam bera oladimi?

Teglar :  Kaxi Maxaradze
"Lokomotiv" yarim himoyachisi Kaxi Maxaradzening "sarguzashtlari" borasidagi maqolalar deyarli barcha saytlarda elon qilinyapti.

Oldinroq, Maxaradze hamtovoqlari orqali o'z o'yiniga pul tikkani haqida malumotlar chop etgandik.

Biz vaziyatga yanada chuqurroq o'rganish maqsadida kelishilgan o'yinlarni aniqlash uchun tashkil qilingan "SPORTRADAR" kompaniyasining rasmiy vakili bilan bog'landik. "SPORTRADAR" xodimining so'zlariga ko'ra, agar O'zbekistonda shunga o'xshash o'yin aniqlansa dalillar avval Osiyo futbol konfederaciyasiga, keyin esa O'zbekiston futbol associaciyasiga yuboriladi. Bundan tashqari kompaniya vakili O'FAda qandaydir shubha paydo bo'lsa "SPORTRADAR"ga murojaat qilish mumkinligini aytdi. Biroq "SPORTRADAR" rasman ro'yxatdan o'tgan bukmekerlik kompaniyalari bilan ishlaydi va ayni damda ularning yordami kerak bo'lmasligi mumkin.

Gap shundaki, shubha ostidagi futbolchilar rasmiy bukmekerlar orqali pul tikmaydi, chunki bunday kontoralarda shubhali chempionatlarga katta pul tikish mumkin emas. O'zbekiston Coca-Cola Superligasi esa bukmekerlar uchun huddi shunday ligalardan biri hisoblanadi. Bizning "shovvozlar" vositachi orqali Makao ("Osiyo Las-Vegasi") yoki Xitoydagi boshqa bir noqonuniy kontoraga 100 000, 200 000 yoki 500 000 xatto 1 000 000 dollar pul tikishadi va tikishlar naqd pulda amalga oshiriladi. "SPORTRADAR" esa bu "kompaniya"lar bilan umuman ishlamaydi.

Endi faqat ishga aloqadorlarni "sayratish" yo'li bilan aniqlamasa, boshqachasiga topish, haqiqatni yuzaga chiqarish qiyin bo'ladi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика