So’nggi yangiliklar

23:13"Арсенал"нинг таклифи "Спортинг"га маъқул келмади  0 22:55Лерой Сане Туркия жамоасига ўтди  1 22:28Валерий Карпин - "Динамо" бош мураббийи!  1 22:16Расман: "Бунёдкор" раҳбариятида ўзгариш  2 21:56"Англиянинг энг катта клубида ўйнаш насиб этди, энди эса Испаниянинг энг катта жамоасида тўп тепаман" — Трент  9 21:22ПСЖ футболчиси Ла Лигага йўл олиши мумкин  0 20:58"Байер" "Ливерпуль" футболчисига қизиқмоқда  4 20:31"Атлетико" 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 20:03Расман: Де Брюйне — "Наполи" футболчиси  2 19:33Перес Трент трансфери ҳақида: "Энди у бу ерда тарих ёзади"  2 19:06ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ муваффақиятли ўтса, иштирокчилар сонини оширади  8 18:39"Манчестер Сити"да мавсумнинг энг яхши футболчиси аниқланди  6 18:10Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Илк ҳиссиётлар ва саралаш босқичи ҳақида  40 17:45Бошкович бир неча бор жаримага тортилди, Дориев, Зотеев ва Одиловга интизомий чора кўрилди — Тартиб-интизом қўмитаси қарорлари  8 17:08"Манчестер Юнайтед" ўз футболчисини Осимхен шартномасига қўшишга тайёр  1

Coca Cola Superligasi-2022. Hakam tomonidan eng ko'p "siylangan" futbolchilar Yangiliklar

Coca Cola Superligasi-2022. Hakam tomonidan eng ko'p "siylangan" futbolchilar

Coca Cola Superligasining navbatdagi mavsumi nihoyasiga etdi.

Mavsum davomida hakam tomonidan eng ko'p chetlatilgan futbolchi AGMK himoyachisi Sardor Rahmonov bo'ldi. 28 yoshli o'yinchi uch bora qizil kartochka bilan jazolangan, shulardan bittasi ikkinchi sariq kartochka oqibatida yuzaga kelgan. Qiziq tomoni, qolgan ikki to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka "Metallurg"ga qarshi o'yinlarga to'g'ri kelgan va har ikkalasida ham bekobodliklar 1:0 hisobida g'alaba qozongan.

"So'g'diyona" o'yinchisi Luka CHermel 6 bor sariq kartochka olgan hamda ikkinchi sariq kartochkalar tufayli ikki bahsda chetlatilgan.  

"Lokomotiv"ning sobiq futbolchisi Kaxi Maxaradze band etdi. Gruziyalik legioner 2 ta qizil va shuncha sariq kartochka ishlab olgan. 

Faqatgina sariq kartochka bilan cheklanganlar orasida esa "Qo'qon-1912" futbolchisi Oybek Rustamov peshqadam bo'ldi, uning hisobida 10 ta ogohlantirish mavjud. "So'g'diyona" azosi Sardor Qulmatov 9 bor sariq qog'oz bilan "mukofotlangan" bo'lsa, "Surxon" o'yinchisi Javohir Sohibov 8 bor maydonni libosi rangidagi kartochkasiz tark etmagan. Qolaversa, "Dinamo" yarim himoyachisi Erkin Boydullaev ham 8 ta sariq hamda 1 ta qizil kartochka bilan jazolangan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика