So’nggi yangiliklar

00:40Испания кубоги. "Барселона" – "Атлетико". Таркиблар аниқ!  2 00:32АПЛ. "Челси" – "Саутгемптон". Таркиблар аниқ!  1 00:27Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду фаолиятидаги 925-голини урди  1 00:15Сардор Рашидов "Навбаҳор"да қолади  1 00:00Ўзбекистон Суперлигасида қишки трансфер ойнаси ёпилди  0 23:57"Навбаҳор" беш нафар легионерни Суперлига учун рўйхатдан ўтказди. Улар кимлар?  0 23:36Трент ва "Реал Мадрид" 4 йиллик шартнома бўйича оғзаки келишувга эришишди  8 22:33Тебас: "Реал" раҳбарияти ўзидан қурбон ясаб олиб, хар ҳил фитна назарияларини тарқатмоқда"  48 22:08Гвардиола де Брюйнени "Сити"даги келажаги ҳақида гапирди  4 21:46Амирбек Бакаев Беларуснинг бошқа бир клубига ўтди  6 21:15"Машъал" ганалик ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  4 20:48"Навбаҳор" беш нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 20:27Доменико кетди, Тибо қайтмоқда  0 20:02Элдор Шомуродов – А Серия 26-тур рамзий терма жамоасига киритилди  11 19:42Федерико Вальверде жароҳат туфайли кубок ярим финалида майдонга туша олмайди  3

Dinamo Tbilisining ashaddiy ishqibozi bo'lgan Mimino (Vaxtang Kikabidze) vafot etdi Yangiliklar

Dinamo Tbilisining ashaddiy ishqibozi bo'lgan Mimino (Vaxtang Kikabidze) vafot etdi

"Suyunchi", "Mahallada duv duv gap", "Kelinlar qo'zg'oloni", "Brilliant qo'l", "Ishdagi ishq", "Taqdir hazili" va "Operaciya Y" filmlari bilan katta bo'lgan avlodning yana bir sevimli kinosi, shubhasiz Gruziya shedevri "Mimino"dir.

2022 yilning dekabr oyida 2011 yillarda tavallud topgan futbolchilar o'rtasidagi musobaqada ishtirok etish uchun ilk marotaba Gruziyaga uchdim. Bizni kutib olgan vakilga  bergan savollarimdan biri, "Mimino" va "Birinchi qaldirg'ochlar" filmlari suratga olingan joy haqida bo'ldi. Yaqin bo'ladigan bo'lsa, borib efir tayyorlamoqchi bo'lgandim. Ammo u Tbilisidan 90 km uzoqlikda ekanNima uchun bu aktyor haqida yozyapmiz deysizmi? U futbolning ashaddiy ishqibozi, ayniqsa o'zi tavallud topgan Tbilisining "Dinamo" jamoasi muxlisi bo'lgan. Vaxtang Kikabidze Gruziya futbol afsonasi David Kipiani bilan do'st edi. 1938 yilda tavallud topgan Gruziya xalq artisti, "Mimino" serqirra ijodkor edi. U ham aktyor, ham qo'shiqchi, kinorejissyor va qator scenariylar muallifi. 



1977 yil ilk marotaba efir yuzini ko'rgan Mimino filmi unga katta shon shuhrat keltirdi. Bugun sanatkor, 84 yoshida bosh miya saratoni hastaligi natijasida vafot etdi. Birinchilardan taziya berganlar qatorida, bugun "Dinamo" Tbilisi va Gruziya futbol faxriylarini ham ko'rishimiz mumkin edi.

"Sport Ekspress" nashri 2014 yil undan katta intervyu olgan edi. Undan pacha keltiraman.


- JCHni tomosha qilyapsizmi (intervyu JARdagi JCH payti olingan)?

- Albatta, kechki o'yinlarni o'tkazib yuborayotganim yo'q. Argentinaga muxlislik qilyapman, Messi bilan tenglashadigani yo'q. Lekin Gollandiyada ham hozir fantastik futbol borligini aytishim mumkin.


- Futbol uchrashuvlariga tashrif buyuryapsizmi?

- Avvallari ko'p borar edim, hozir uncha emas.


- Xotirangizda alohida saqlanib qolgan futbol bahsini yodga oling.

- 1973 yilda "Dinamo" UEFA Kubogida "Tottenxem" bilan tushadi. O'shanda Tbilisida 1:1 hisobi qayd etilgan, javob uchrashuvidan oldin bir futbolchimiz gol ursa jiyaniga bag'ishlashini aytdi, yana bittasi kimigadir. Yakunda 5:1 hisobda mag'lubiyaga uchradik. Eng yomon ko'rganim, "to'ydan oldin nog'ora chalishni". Ishni bajarib qo'yib katta gapirish kerak. Yana 1981 yilgi final. Kubok egalari Kubogi finalida "Karl Ceys"ni ajoyib tarzda mag'lubiyatga uchratganmiz.


- O'yinni qaerda ko'rgan edingiz? 

- Afrikada!


- Yo'g'e?

- "Orera" ansambli safida gastrolda edim. O'yinni TVda ko'ra olmaganmiz, zo'rg'a radio orqali kerakli to'lqinga ulanib eshitganmiz. G'alaba qozonganimizdan keyin butun mehmonxonani boshimizga ko'targan edik.


- Keyin o'yinni ko'rganmisiz?

- Albatta, bu o'yin har yili Gruziyada 13 may kuni takror qo'yiladi.


- O'sha tarkibdan do'stlaringiz bo'lganmi?

- David Kapiani bilan do'st edik. Bir kun Leningradda koncertdaman, "Dinamo" ham o'yinga kelgan ekan, Davidni o'zim turgan mehmonxonaga ko'chirgan edim.


- Kote Maxaradze bilan gaplashganmisiz?

- Biz juda yaqin do'st edik. Kote bu - butun boshli Sayyora! Uni ko'pchilik sharhlovchi sifatida bilardi, Gruziya uchun u mohir aktyor ham edi. Kote vafot etganidan keyin Tbilisi huddiki "etim qoldi". Hozirgacha uning yo'qligiga qiynalaman. Uning uyida ko'plab tadbirlar bo'lardi, ayniqsa Kievning "Dinamo"si keladigan bo'lsa.



...


Gruziyaga qilgan safarim davomida 1 soatli Video blogimni suratga olgandim. O'sha safar davomida "Dinamo" Tbilisi stadioniga tashrif buyurganimda aynan Kote Maxaradzeni eslaganman. Efirni esa Mimino filmidagi mashhur gruzin raqsi epizodi bilan boshladim. Qiziq bo'lsa tomosha qiling.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика