“Sport” kanalining “Do'stim haqida” loyihasi navbatdagi mehmonlari - “Lokomotiv” azolari
25 noy 2014 13:51
Yangiliklar

“Sport” kanalining “Do'stim haqida” loyihasi navbatdagi mehmonlari - “Lokomotiv” azolari
Har chorshanba “Sprot” telekanali orqali namoyish etib borilayotgan “Do'stim haqida” loyihasi 3 dekabrdagi soni mehmoni - “Lokomotiv”ning ikki nafar himoyachici Islom To'xtaxo'jaev hamda Bobur Yo'ldoshev bo'lishadi.
Bugun terma jamoamiz ayni vaqtda joylashib turgan “O'zbekiston” mehmonxonasida ushbu dasturning suratga olish jarayonlari bo'lib o'tdi. Unda To'xtaxo'jaev hamda Yo'ldoshevlar o'zaro do'stliklari haqida, bir-birlarining o'ziga xos xarakterlari, qiziqishlari, kamchilik va xurmatga sazovor jihatlari haqida so'zlab berishdi.
SHuningdek, ular ayni vaqtda olib borilayotgan yig'inlar, terma jamoaning oldida turgan vazifalari va Osiyo CHempionatiga tayyorgarlik borasida ham kanal hodimlari savollariga javob berib o'tishdi.
Malumot uchun, “Lokomotiv” azolari ishtirokidagi ushbu dastur 03.12.2014 sanasida, tonggi 7:00 hamda 8:00 oralig'ida va tush vaqtida 12:00 hamda 13:00 oralig'ida efirga uzatilishi ko'zda tutilgan.

Fikrlar