Son Xen Min armiya tufayli 2 yil futboldan chetda qolishi mumkin
29 sen 2016 18:43
Yangiliklar
Son Xen Min armiya tufayli 2 yil futboldan chetda qolishi mumkin
Tottenxem hujumchisi Son Xen Min Janubiy Koreya qurolli kuchlari safida xizmat qilish majburiyati tufayli faoliyatini to'xtatib turishi mumkin.
Janubiy Koreyada harbiy xizmat majburiy hisoblanadi. Mashhurlar ham armiyada xizmat qilishadi, aks holda ularni qamoq jazosi kutadi.
Mamlakatdagi har bir erkak 28 yoshga qadar 21 oy qurolli kuchlar safida xizmatni o'tashi kerak. 24 yoshli Son faqat bir holatdagina xizmatga bormasligi mumkin. U Janubiy Koreya terma jamoasi safida Jahon yoki Osiyo chempionati kabi xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishi kerak.
Futboldagi xizmatlari uchun Suonsi vakili Ki Sun En, Manchester Yunayted sobiq yarim himoyachisi Pak Ji Sun va Tottenxem sobiq himoyachisi Li Yun Pyo armiyaga borishmagan.
Eslatib o'tamiz, Janubiy Koreya terma jamoasi JCH-2018 saralashida O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin olgan.
Fikrlar