

Manbaga ko'ra, "Tottenxem" 2025 yilning yozida 22 yoshli braziliyalik futbolchining huquqlarini qo'lga kiritishni xohlagan, ammo "Siti" bunga to'sqinlik qilgan. Biroq bu poziciya endi yumshagan va "shaharliklar" 70 million evrolik kelishuvni qabul qilishga tayyor. Bu futbolchining "Trua"dan transferi uchun to'lagan pulidan deyarli ikki baravar ko'p.
Savio "Manchester Siti"da 2024 yilning iyulidan beri o'ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Yarim himoyachi 2025/26 yilgi mavsum 36 o'yinda 4 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.
Transfermarkt futbolchining transfer narxini 35 million evroga baholamoqda.



