So’nggi yangiliklar

02:15АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  9 02:09Иван Бошкович: "Жамоага қандай фактор етишмаётганини биламан, бироқ буни тушунтириб беришим жуда қийин"  0 01:26АПЛ. "Тоттенхэм" яна мағлуб бўлди, бу сафар "Астон Вилла"га  2 01:19Саудия Арабистони. "Ал Насср" дуранг ўйнаб, 3-ўринни бой берди, "Ал Ҳилол"дан камбэк!  2 00:33"Сурхон" спорт директори: "Кубокда финалга қадар боришни мақсад қилгандик. Февзи Давлетов номидан узр сўраб қўяман"  2 23:24"Атлетико" Влаховичга қизиқиш билдирмоқда  1 22:30Де Зерби ПСЖ ва "Интер" ўртасидаги EЧЛ финали ҳақида: "Netflix’да фильм томоша қиламан"  3 22:04Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни мағлуб этди   18 21:58Хёйсеннинг "Реал"даги маоши маълум. АПЛ клублари ҳимоячига кўпроқ пул тўлашга тайёр эди  3 21:35МЮда мавсумнинг энг яхши ўйинчиси аниқланди  0 21:11Хосеп Гвардиола: "Албатта, биз Англия кубогини қўлга киритишни истаймиз, аммо бу биз учун етарли эмас"  1 20:43Хёйсен "Реал" билан 5 йиллик шартнома имзолайди  20 20:20"Атлетико" 55 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  31 19:50УЕФА Чемпионлар Лигаси йўлланмаси учун жиддий кураш. "Чипта" битта — даъвогар эса иккита  9 19:44"Сурхон" — "Сўғдиёна". Асосий таркиблар маълум  2

Sokratis Papastotopulos: "O'zimga nisbatan talabni his qilishni istayman" Yangiliklar

Sokratis Papastotopulos: "O'zimga nisbatan talabni his qilishni istayman"

Yarim yil avval boshqa klubga ko'chib o'tish haqida o'ylagan Sokratis hozirga kelib Dortmundning “Borussiya” jamoasida asosiy tarkibning muqim futbolchisiga aylandi.


Yaqinda u klub bilan shartnomasini 2019 yilgacha uzaytirdi. Markaziy himoyachi “Kiker” nashri muxbiri bilan suhbatda qaroriga nima tasir ko'rsatganini aytib, shuningdek, Obameyangga qarshi himoyalanishda qanday o'ynash kerakligi haqida bazi sirlarni oshkor qildi.

- Sokratis, hazillaringizni jamoadoshingiz Mats Xummels tushunadimi?

- Albatta. Nega buni so'rayapsiz?

- Internetda mashg'ulot paytida sizning u bilan hazil qilganingiz aks etgan video tarqaldi.

- Bilaman. O'sha rolikni ko'rdim. Mats menga ham hazil qiladi. Yaxshiyamki, ularni hech kim hozircha videoga olmagan.

- O'yin taraflama siz va Xummels o'rtasida o'xshashlik kam. Matsyaxshi texnikaga ega, siz esa yakkakurashlarda kuchliroqsiz. SHuning uchun ham birgalikda muvaffaqiyatli o'ynaysizlarmi?

- Xummels bilan juftlikda o'ynash yoqadi. Biz bir-birimizni to'ldirib turamiz. Birimiz hujumni yaxshi boshlasak, boshqamiz kamchilikni tezlik evaziga bartaraf etamiz.

- Tomas Tuxel sizning o'yiningizni “erkakcha futbol” deb takidladi. Bunda u nimani nazarda tutdi?

- Balki, u xarakterimni aytib o'tgandir. Maydonga chiqar ekanman, bor qalbim bilan g'alabani qozonishni istayman. Bu o'yinga odatiy tayyorgarligimdir. SHu sababli har bir yakkakurashga ikkilanishsiz kirishaman.

- Tuxel himoyalanishga xohishingizdan ham hayratlanadi.

- Yakkakurashga kirishish, uni yutish va shu bilan o'tkazilishi mumkin bo'lgan golni yo'qqa chiqarish bolaligimdan beri men bilan birga.

- Siz katta gavdaga va tezlikka egasiz. Hech bir murabbiy sizni hujum chizig'iga o'tkazishga harakat qilmaganmi?

- 14 yoshgacha hujumda o'ynaganman. Keyin shu yoshdagi Greciya terma jamoasi murabbiyi bir kun markaziy himoyachi bo'lishimni aytgan.

- Dortmundda barcha Obameyang, Mxitaryan, Kagava, Gyundogan va Roysdan hayratga tushadi. Etibor faqat hujum chizig'idagi futbolchilarga qaratilishi haqqoniymi?

- Bu tabiiy. Hamma hujum chizig'idagi futbolchilar o'yinini muhokama qilayotgani juda yaxshi. Agar etiborda himoyadagi o'yinchilar bo'lganda bu bizning ko'p xato qilayotganimizni bildirardi. Biz jamoaga barqarorlik va xotirjamlikni kafolatlashimiz kerak, bunda o'zimizga etiborni qaratmasligimiz lozim. Bizda kuchli jamoa borligini bilamiz, biroq buni har o'yinda namoyish etishimiz darkor.

- May oyida sizning “Borussiya”dan ketishingiz haqida aytilgandi. O'ylab ko'rishga sizni nima majbur qildi? Tuxel qolishga ko'ndirdimi?

- O'tgan mavsum oxirida uchrashdik. O'shanda men jamoadagi holatimdan qoniqmayotgandim va boshqa klubga o'tish to'g'risida o'ylayotgandim. Lekin Tomas Tuxel, Mixael Cork va Xans-Yoaxim Vacke jamoa uchun muhimligimni takidlab, bu erda qolishga ko'ndirishdi.

- “Volfsburg” sizni tarkibga qo'shib olmoqchi edi. Bu klubga o'tishga yaqinmidingiz?

- O'tish haqida jiddiy o'ylayotgandim. Avvalgi shartnomam yana 3 yil amalda bo'lardi. O'tgan yozda 2018 yilgacha ushlanib qolishni o'ylamagandim. O'zimni jamoa menga muhtoj deb sezmayotgandim. Asosiy 13-14 futbolchi qatorida bo'lmasdan pul ishlashni yoqtirmayman. SHu tufayli ikki tomon uchun nimadir o'zgarishi mumkin edi.

- Eng yoqimsiz holat “Volfsburg” bilan Germaniya Kubogi finali bo'lsa kerak. O'shanda o'yinni zaxirada kuzatgan edingiz.

- SHunga qaramay, Kloppni tanqid qilishni xohlamayman. 2013 yil aynan u sababli “Bayer”ga emas, “Borussiya”ga o'tganman.

- Hozir asosiy tarkib futbolchisisiz. SHuning uchun shartnomani uzaytirdingizmi?

- Bunga ko'p sabablar bor edi. Klub va jamoa uchun muhim ekanimga barcha ishontirdi. Bu eng muhimi: menga talab bo'lishi kerak. “Borussiya” muvaffaqiyatiga hissa qo'shishni xohlayman. Ajoyib jamoadoshlarim bor. Biz kuchli jamoamiz. Stadionimiz esa Germaniyada eng chiroyli stadion sanaladi.

- 2019 yil 31 yoshda bo'lasiz. Faoliyatingiz oxirigacha “Borussiya”da o'ynashingiz mumkinmi?

- Balki, ha. Yoki yo'q. Ayni paytda hammasidan qoniqyapman. Biroq vaziyat o'zgarib ketib, ikki tomon uchun transfer maqul variantga aylanishi mumkin. Ketishni istasam, yozdayoq buni amalga oshirgan bo'lardim. Ko'proq pul to'lashga tayyor klublar bor. Biroq hamma narsa pulga bog'liq emas.

- 2011 yil “Milan” tarkibida Italiya chempioni bo'lgansiz. Buni Germaniyada “Borussiya” bilan amalga oshirish mumkinmi?

- Bu oson bo'lmaydi. “Bavariya”da katta tajriba, 20 nafar yuqori saviyadagi ijrochidan iborat yulduzli tarkib va ajoyib murabbiy mavjud. Hasadsiz “Bavariya” jahonning eng kuchli uch klubidan biri ekanini tan olamiz. Lekin “Borussiya”da ham kuchli tarkib va mahoratli murabbiy bor. Avvallari “Bavariya”ni mag'lub etishimiz mumkinligini ko'rsatganmiz.

- Tuxelning asosiy vazifasi o'tkazib yuborilayotgan gollar sonini kamaytirish edi. Himoyada yaxshiroq o'ynashni uddalash hozircha sizlarga nasib etdi.

- Himoyada yaxshi o'ynayapmiz. Agar Myunxendagi uchrashuvda o'tkazgan 5 golimiz va darvozamizga o'yindan tashqari holatda urilgan 4 golni hisoblamasak, bu borada ko'rsatkichlarimiz joyida bo'lardi.

- Markaziy himoyachilarni o'ylantirayotgan savolni bermoqchiman: barcha musobaqalarda 20 to'p kiritgan Obameyangni to'xtatish mumkinmi?

- Uni to'xtatish juda oson (kuladi). U yaxshi holatga kirib oldi. Yuqori saviyadagi futbolchiga aylanish uchun har hafta shunday saviyada o'ynash kerakligini yaxshi biladi. Bir marta yuqori saviyada o'ynab, keyin yarim yil soyada yurish kerak emas.

- SHunday xavf bor deb o'ylaysizmi?

- Bunday deb o'ylamayman. Obameyang tajribali o'yinchi. U yana o'sa olishiga ishonaman. Kagava, Roys, Mxitaryan va Gyundogan unga to'p oshirishlari bilan yordam beradi.

- Obameyangga qarshi himoyalanish sirini aytib o'tasizmi?

- Greciya terma jamoasi bilan Gabonga qarshi o'ynasam, buni sizga ko'rsatib beraman. Mashg'ulotda bir-birimizga qarshi tez-tez o'ynab turamiz. Lekin rasmiy uchrashuvda o'zaro to'qnash kelish umuman boshqa narsa.


Behzod Nazarov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика