Skoulz: "Mourinyu jamoaning natijalarini kuzatadi deb o'ylayman"
12 fev 2019 13:04
Yangiliklar


Skoulz: "Mourinyu jamoaning natijalarini kuzatadi deb o'ylayman"
"Oldxem Atletik" bosh murabbiyi Pol Skoulzning fikricha, "Manchester Yunayted" sobiq ustozi Joze Mourinyu uning ishiga qiziqish bildiradi.
Mourinyu MYUda ishlagan paytida Skoulz portugaliyalik mutaxassisni ko'p tanqid qilgan edi.
Skoulz bosh murabbiyga aylandi
"U mening jamoam natijalarini kuzatadi deb o'ylayman. U bizning o'yinlarni kuzatishiga ishonchim komil emas, biroq bu meni havotirga solayotgani yo'q. O'zimni murabbiy sifatida sinab ko'rmoqchiman. Mutaxassislar bizni kuzatmasa kerak. Ammo ko'p mag'lub bo'lsak, odamlar o'z fikrini bildirishi mumkin. Biroq men hisobot beradigan yagona inson - klub egasi" - deydi Skoulz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar