Simeone Feliks haqida: "Birgina individual harakati bilan nimalarga qodir ekanligini ko'rsatdi"
19 avg 2019 17:28
Yangiliklar


Simeone Feliks haqida: "Birgina individual harakati bilan nimalarga qodir ekanligini ko'rsatdi"
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya chempionati 1-tur doirasida "Xetafe" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng jamoaning yangi o'yinchisi haqida fikr bildirdi.
"Uning oyoq tomirlari tortishdi, shu sabab uni almashtirishga qaror qildik. Hozir esa hammasi joyida.
Bu ligada birinchi o'yinni o'tkazish oson emas, ayniqsa, yaxshi himoyalanadigan jamoaga qarshi. Birinchi taymda Feliksda bo'sh hudud bo'lmadi, ammo u birgina individual harakati orqali nimalarga qodir ekanligini ko'rsatib qo'ydi", - deydi Feliks.
Eslatib o'tamiz, Joau "Xetafe"ga qarshi o'yindagi vaziyatlardan birida 3 o'yinchini aldab o'tdi va jamoasi uchun penalti ishlashga muvaffaq bo'ldi. Ammo, Morata penaltini aniq ijro etolmadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar