So’nggi yangiliklar

23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0 23:35Виктор Карпенко: "Руҳан тикланиб олсак, юқорига кўтариламиз"  0 23:01ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Викинг"дан икки ўйин натижасига кўра устун келди ва кейинги босқичга йўл олди. Шомуродовдан ассист!  20 22:58ПСЖ ва "Тоттенхэм"нинг Европа Суперкубоги учрашуви учун таркиблари аниқ!  2 22:46"Қайрат"га бир қадам қолди. ЕЧЛ саралашининг сўнгги босқичи қандай кўриниш олди?  13 22:38Артём Петросян: "Олимпик"да салоҳият юқори. Ўйинлар қанча кўп бўлса, шунча яхши"  1 22:28Мирко Йеличич: "Юрагимнинг ярми "Олимпик"да, ярми "Локомотив"да бўлди"  1 21:52Тезкор: "Галатасарой" Эдерсон билан келишувга эришди  2 21:50Турдимуродов ўйин қаҳрамонига айланган учрашувда "Бунёдкор" Термизда мағлуб бўлди  23 21:34"Реал" эртага 45 млнга сотиб олган ўйинчисини таништиради  2 21:10"Ман Сити" Доннаруммани сотиб олишдан кўра Эдерсонни сақлаб қолишни афзал кўрмоқда  3 21:00Суперлига. "Хоразм" "Бухоро" билан сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди  14 19:20Про лига. "Олимпик" ўз уйида "Локомотив"га ютқазди, Анзур Исмоилов гол урди  1 18:58"Қўқон-1912" ҳужумчиси роппа-роса 1 йилдан сўнг гол урди  4 17:30"Андижон" - "Навбаҳор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  4

SHuhrat Toshpo'latov: "Yigitlar xarakter ko'rsatishdi" Yangiliklar

SHuhrat Toshpo'latov: "Yigitlar xarakter ko'rsatishdi"

Teglar :  NasafQo'qon-1912
Coca-Cola Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Qo'qon-1912" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar katta murabbiyi SHuhrat Toshpo'latov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Og'ir o'yin o'tkazdik. Biz uchun endilikda har bir o'yin finalga teng. Yigitlar xarakter ko'rsatishdi. 

O'yinda biz ko'proq to'p nazoratiga etibor qaratgan xolda raqibning qarshi hujumlariga tayyor turishimiz kerak edi. Birinchi bo'limda hammasi reja asosida ketdi. Ikkinchi bo'limda bir oz xotirjamlikka berildi va bundan qo'qonliklar unumli foydalanib gol urishdi. Yigitlarga rahmat, futbol hakam hushtagi chalinguniga qadar davom etadi. So'ngi daqiqalarda xarakter ko'rsatib g'alabaga erishdik.

- Legionerlar imkoniyatidan samarali foydalanilmayotgandek. Bugun ham braziliyalik futbolchi o'yin tugashiga 5 daqiqa qolganidan maydonga tushirildi. Buning sababi nimada?

- Vaziyatdan kelib chiqib zaxiralarni amalga oshirayapmiz. Bugun ham so'ngi daqiqalarda legioner hujumchini maydonga tushirdik. Samarasini berdi, birinchi to'pga aynan u ega chiqib xavfli vaziyat yaratdi. Xusniddin Aliqulov esa jamoamiz uchun foydali bo'lgan muhim golni urdi.

- Oybek Bozorov, Xusain Norchaev, Akmal Mozgavoylar avvalgi darajasida o'ynay olmayotgandek. Buni qanday izohlaysiz?

- Bu futbolchilar asosiy tarkib azolari sanaladi. Ular har bir o'yinda maydonga tushib 90 daqiqa o'ynab kelishmoqda. Balki charchoq alomatlari bo'lishi mumkin, ammo biz ularning o'yinidan qoniqish hosil qilpyapmiz.

- Xalqaro maydonda o'ynaydigan etakchi klub turnir jadvalida quyi o'rinlarda borayotgan jamoa bilan so'ngi daqiqalarda yuzaga kelgan imkoniyatdan foydalanib gol urib, qiyin g'alabaga erishdi. Bu bir oz ajablanarli emasmi?

- "Qo'qon-1912" so'ngi 7 turdan buyon yutqazmay kelayotgandi. Himoyada kuchli turadi, yorib o'tish oson emas. Keyin shuni ham unutmaslik kerak, "Nasaf" bilan o'yinga barcha jamoalar juda qattiq tayyorgarlik ko'radi.

- "Nasaf" etakchilari jamoani tark etsa ham chiroyli o'yin namoyish etardi. Bu yilgi mavsumda natija uchun o'ynayotgandek ko'rinmoqda...

- Natija ham kerak. Lekin chiroyli futbol namoyish etayapmiz deb o'ylayman. Avvalgi o'yinlarda ham, bugun ham chiroyli futbol ko'rsatdik. Qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat.

- Braziliyalik Lima Kruzni Norchaev bilan rotaciya qilish mumkinmi?

- Hozir bizga natija kerak. Tavakkal qilishning vaqti emas. Fursati bilan tarkibga jalb etilgan barchaga imkoniyat beramiz.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика