"Real" ertaga 45 mlnga sotib olgan o'yinchisini tanishtiradi
13 avg 2025 21:34
Yangiliklar
"Real" ertaga 45 mlnga sotib olgan o'yinchisini tanishtiradi
Klub ertaga Franko Mastantuononi rasman ommaga tanishtiradi.
Madrid klubi payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da yarim himoyachi Franko Mastantuononing taqdimot marosimi bo'lib o'tishini malum qildi.
Undan oldin "Real" prezidenti Florentino Peres yangi futbolchi bilan 6 yillik shartnoma imzolash marosimida ishtirok etadi.
Taqdimotdan so'ng argentinalik futbolchi matbuot markazida ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatlashadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Real" "River Pleyt" jamoasi o'yinchisini 45 million evrolik tovon pulini to'lab o'z safiga qo'shib olgandi. Frankoning 14 avgust kuni jamoaga qo'shilishi haqida xabar berilgandi.
Ertaga futbolchi 18 yoshga to'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar