So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Eldor Moyliev: "Superligada hamma jamoalar teng kuchli, kimning omadi kelsa shu yutib ketyapti" Yangiliklar

Eldor Moyliev: "Superligada hamma jamoalar teng kuchli, kimning omadi kelsa shu yutib ketyapti"

Superliga 18-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Qo'qon-1912" (1:2) uchrashuvidan so'ng "Sho'rtan" bosh murabbiyi Eldor Moyliev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Tezkor gol o'tkazganimiz o'yinimizda palapartishlik yuzaga kelishiga sabab bo'ldi. Ikkinchi bo'limda vaziyatlar bo'ldi, afsuski unumli foydalana olmadik.

- Tezkor goldan keyin nimani o'zgartirish bo'yicha ko'rsatma berdingiz?

- Alohida bir ko'rsatma berganimiz yo'q. Biz o'yinga tayyorlagan sxema bo'yicha to'p tepishda davom etdik. Chunki har bir o'tkazilgan goldan keyin alohida ko'rsatma bermaymiz. Faqat goldan so'ng o'yinimizda palapartishlik vujudga keldi. O'z o'yinimizni ko'rsata olmadik.

- Sizda B variant ham bormidi?

- Ikkinchi taymda taktik sxemamizni o'zgartirib 4-3-3ga o'tdik. Vaziyatlar ham bo'ldi, ammo foydalana olmadik.

- Jamoangiz "Bunyodkor" bilan tengma-teng o'yin ko'rsata olgandi. Lekin bugun shuni ko'rmadik.

- O'ylashimcha, charchoq alomatlari sezildi. Baribir har uch kunda maydonga tushish oson emas. Balki shu ham o'z tasirini ko'rsatgan bo'lishi mumkin. Superligada hamma jamoalar teng kuchli, kimning omadi kelsa shu yutib ketyapti. To'g'ri, ko'p klublarda mahoratli futbolchilar ko'p va asosiy ishni shular qilyapti. Lekin jamoa sifatida klublar bir-birida katta farq qiladi deb o'ylamayman.

- O'tkazib yuborilgan birinchi golda kim ko'proq xatoga yo'l qo'ydi?

- Falonchi xato qildi deb kimnidir aytmoqchi emasman. Hammamiz xato qildik. Baribir o'yinni tahlil qilib chiqamiz.

- Bugun "Sho'rtan" 6 ochko yo'qotdi deb hisoblaysizmi? 

- Ha.

- Jamoaga chet eldan murabbiy kelarmish degan gapni eshitdik.

- To'g'risi, bu gapdan bexabarman.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
13 avg 03:04:30
IQBOLJON
Keyingi turlarda omad tilayman
   
13 avg 02:49:53
El-Uzbek
Eldorboy o‘z ustizda balki ishlarsiz balki yo‘q bilmadim lekin euro top ligalani o‘yinlarini muntazam ko‘rish kerak yangi izlanishlar olib borish kk.Shurtan hozirgi tarkibi bn o‘rtamiyona klublarni yutsa bo‘ladi o‘z uyida. Yutqizadigan jamoaga bosh murabbiy nega kerak oddiy logika. Proligaga tushshi diyarli aniq jamoa futbolchilarni hammasini sharynomasini bekor qilib o‘sib kelayotgan yosh futbolchilarni o‘ynatish kk katta tajriba bo‘ladi. Ham mablag‘ ekanom xam yangi yilduzlar kashf qilinar balkim. O‘lishi aniq bemor tana azolarini boshqalarni hayotini asrab qolishdek gap bu xam. Bizada aksiriyat murabbiy va futbolchilar euro futbollarni ko‘rishmaydi chunki o‘zlari futboldan bezordek. Ilimsiz futbol o‘ynab bo‘lmaydi hozir.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика