So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Artyom Petrosyan: "Olimpik"da salohiyat yuqori. O'yinlar qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi" Yangiliklar

Artyom Petrosyan: "Olimpik"da salohiyat yuqori. O'yinlar qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi"

"Olimpik" - "Lokomotiv" uchrashuvidan so'ng (0:2) mezbonlar bosh murabbiyi Artyom Petrosyan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin bo'yicha baribir tajriba o'z so'zini aytdi. Ikkita vaziyat yaratishdi va ikkalasidan ham foydalanishdi. Bizning yigitlar uchrashuvda yaxshi harakat qilishdi. Bir necha vaziyatlar bo'ldi, lekin golga aylantira olmadik. Yana bir bor takrorlayman, tajriba o'z so'zini aytdi.


- Nima deb o'ylaysiz? "Lokomotiv" bugun bor kuchi bilan o'ynadimi?

- Men "Lokomotiv" futbolchilarini o'yindan keyin ko'rdim, fikrimcha ular 100 foiz charchoq holatida, menimcha. Ular maksimal tarzda harakat qilishdi. Lekin, bu savolni mendan emas, raqib futbolchilaridan so'rashingiz kerak. Bu biroz provokacion savol. Raqiblar murabbiyi Mirko Elichich bir necha yildan beri O'zbekistonda faoliyat olib bormoqda va o'zidan yaxshi taassurot qoldirgan. 


- "Olimpik"da birinchi davrada ham shunday muammo bor edi: ko'p vaziyat yaratiladi, lekin hujumni yakunlashda qiyinchilikka duch kelinadi. Bugun ham shunday holat ko'zga tashlandi. Dastlabki daqiqalarda ham jamoa golli vaziyatlar yaratdi. Lekin gol bo'lmadi. Bu nima bilan bog'liq? 

- Eng qiyini gol urish. Bu nafaqat "Olimpik"da, balki butun dunyoda bu muammo bor. Nima deb o'ylaysiz, birgina vaziyatdan gol urib keta oladigan hujumchilar butun dunyo bo'yicha nechta? Juda kam. Bunday hujumchilarning narxi 100 million dollardan ko'p. 

Eng muhimi vaziyat bo'lmoqda. Vaziyat yarata olmaganimizda boshqa masala edi. Bu borada ishlaymiz. Yakuniy zarba bo'yicha har bir mashg'ulotda ishlayapmiz. 

- Hozir futbolimizda jamoani yoshartirish tendenciyasi bor. Maydonda baribir tajriba eng muhimi emasmi? Yigitlarga yo'l-yo'riq ko'rsatish degandek...

- Murabbiylar pasportga qaramasligi kerak. 35 yoshmi, 40 yoshmi... Agar yuklamalarga tayyor bo'lsa, o'ynayvergani maqul. 

Bugun masalan 40 yoshli Anzur Ismoilov samarali harakat ko'rsatdi. Bitta to'p oshirish va bosh bilan gol. Shundan so'ng jamoa xotirjam harakat qila boshladi. Hisob 1:0 bo'lib turganida esa, o'yin yakuni "Lokomotiv" uchun asabiy kechishi mumkin edi. Ismoilov, Arveladze... O'ynashyaptiku. Futbolchi murabbiy talablarini bajaryaptimi, o'ynayversin. 


- "Olimpik"ka shunday futbolchi kerak deb hisoblaysizmi yoki jamoaning yo'li boshqami?

- Jamoamizning yo'li boshqa. Biz yosh futbolchilarni Superliga darajasiga olib chiqish va ularga tramplin vazifasini bajarishni maqsad qilganmiz. 

- Bugun "Olimpik" jamoasi o'z salohiyatining necha foizini ko'rsata oldi deb o'ylaysiz?

- Jamoada ish boshlaganimga 1 oy bo'ldi. Tarkibimizga 4 nafar yangi futbolchi kelib qo'shilgan. Fikrimcha, jamoamizda salohiyat yuqori. Balki, 50 foizdir. Barchasi yigitlarning o'ziga bog'liq. Agar har bir futbolchi oz-ozdan qo'shib borsa, butun jamoa o'sadi. 


- Proligada o'yinlar soni kam. Yigitlarni tonusda ushlab turish qay darajada qiyin?

- Biz nima qila olamiz? Albatta qancha ko'p o'yin bo'lsa, shuncha yaxshi. Bu savol menga emas. Futbolchida qancha ko'p o'yin bo'lsa, shuncha rivojlanish bo'ladi. Mashg'ulotdan ko'ra, o'yinlar soni ko'p bo'lsa, qiziqish oshadi, futbolchilarning saviyasi ham oshadi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

   
13 avg 22:46:02
Abdusalom Mirzayev
Бу армани қаердан келди, ўзимизда ёш мураббийлар кўп бўлса, Олимпикдан натижа сўралмаётган бўлса, ўзга мураббий нега керак?
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика