Artyom Petrosyan: "Mag'lubiyatga loyiq emasdik"

Sherzod Nurmatov
28 okt 2025
Bugun Pro liga 18-turidan o'rin olgan "Olimpik-MobiUz" – "Olimpik" (2:0) uchrashuvi o'tkazidi. O'yindan keyin "Olimpik" bosh murabbiyi Artyom Petrosyan o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yinni ko'rdingiz, juda alamli mag'lubiyat bo'ldi. Bu o'yinimiz bilan mag'lubiyatga loyiq emasdik. Biroq yutqazib qo'yganimiz rosa alam qildi", – dedi Petrosyan.

- Tarkibda yo'qotishlar bormidi?

- Bir nafar o'yinchimiz U-17 terma jamoamiz bilan Jahon chempionatiga ketmoqda. Lekin buni yo'qotish deya olmayman. Terma jamoaga futbolchi berish biz uchun sharaf.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia