So’nggi yangiliklar

20:31Абдуҳолиқов, Зотеев, Нуруллоев ва бошқалар: "Локомотив" машғулотидан суратлар  0 20:21U-23 Осиё Кубоги. Эрон U-23 - Ўзбекистон U-23 0:0 (матнли трансляция)  63 20:14Туркия Суперкубоги. "Галатасарой" - "Фенербаҳче" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 19:53Беларусь чемпионатининг иккинчи тўпурари Тошкент жамоасига ўтиши керак эди  0 19:21Англия Кубоги. Амалдаги ғолиб 6-лига вакилига мағлуб бўлди, "бўрилар"дан ғалаба  0 19:01Англия Кубоги. "Манчестер Сити" - "Эксетер". Асосий таркиблар маълум!  5 18:55Тажрибали футболчилар "Локомотив" машғулотларида  0 18:33U-23 Осиё Кубоги. Гуруҳдошимиз Жанубий Корея Ливанга имконият қолдирмади   1 18:06Ислом Тўхтахўжаев: “Ҳар қандай футболчига бундай ишқибозлар қаршисида ўйнаш ёқимли”  5 17:52Ханси Флик: "Мбаппе - энг зўр ҳужумчи, лекин биз ўзимизга ишонамиз"  7 17:17Футзал. Олий лига пешқадамида бош мураббий ўзгарди  2 16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  5 16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  6 16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  2 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  4

Superliga. Salkam 20 ming tomoshabin yig'ilgan o'yinda "Navbahor"ning qo'li baland keldi Yangiliklar

Superliga. Salkam 20 ming tomoshabin yig'ilgan o'yinda "Navbahor"ning qo'li baland keldi

Superliga 18-turidan o'rin olgan derbi yakuniga etdi.

Superliga

18-tur

"Andijon" – "Navbahor" 0:1 

Andijon. "Bobur Arena". 19:00

Gol: Ruslan Jiyanov (Muhammadali G'iyosov) 89'

Bosh hakam: Axrol Risqullaev

Yordamchi hakamlar: Sherzod Azamov, Sardor Hakimov

Zaxira hakami: Nurbek Sheraliev

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

VAR: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR: Andrey Capenko

"Andijon": 31.Erjan Tokotaev, 3.Sunnatilloh Hamidjonov, 8.Shahzod Azmiddinov, 9.Saidumarxon Saidnurullaev, 11.Otabek Jo'raqo'ziev (10.Ilhom Abdug'aniev, 78), 13.Sardor Azimov, 18.Damir Temirov (7.Ismoil Akinade, 67), 23.Doniyor Abdumannopov, 26.Muhammadkarim Toirov, 27.Kristian Novak, 71.Bektemir Abdumannonov (99.Muhammadali Usmonov, 78).

Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 4.Islombek Mamatkazin, 6.Altin Kreziu, 14.Abdurahmon Komilov, 17.Farxodjon Sohibjonov, 22.Usmonali Ismonaliev.

"Navbahor": 16.Shukron Yo'ldoshev, 5.Julio Sezar, 9.Zabihillo O'rinboev (29.Pedro Karvalo, 75), 11.Muhammadali G'iyosov, 14.Jamshid Boltaboev, 17.Ruslanbek Jiyanov, 19.Mirzohid G'ofurov (33.Jaloliddin Sodiqov, 67), 32.Muhammadbobur Mo'ydinov (12.Saidazamat Mirsaidov, 86), 36.Gilerme Gedesh, 70.Abbosjon G'ulomov (8.Shohmalik Komilov, 86), 99.Igor Gabriel.

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 7.Azim Ahmedov, 15.Javohir Abdujabborov, 22.Asadbek Jo'raboev, 55.Komiljon Tojiddinov.

Ogohlantirishlar: Shahzod Azmiddinov (40), Mirzohid G'ofurov (51).


UCHRASHUV YAKUNLANDI! 

90+4. "Andijon"ning hujumlaridan samara chiqmayapti. 

90. Ikkinchi taymning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

89. GOL! Muhammadali G'iyosov qanotdan yorib kirib, Jiyanovga pas berdi. Vingerning zarbasidan so'ng Erjan Tokotaev ojiz qoldi – 0:1!

88. Abdumannopov Jiyanovni aldab o'tdi, biroq namanganliklar vakili yakunda unga nisbatan qoidani buzdi.  

86. "Navbahor"da 2 ta almashtirish: Mo'ydinov o'rniga Mirsaidov, G'ulomov o'rniga Komilov bahsga qo'shildi.  

85. "Andijon"ning qarshi hujumi noaniq pas tufayli nihoyasiga etdi. Abdug'aniev o'ng qanot tomon pas uzatdi, ammo unga Usmonov etib borolmadi. 

82. Saidnurullaevning uzatmasidan so'ng Akinade Yo'ldoshevga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Darvozabon bugun ko'p marta jabr chekdi. 

78. "Andijon"da 2 ta almashtirish: Jo'raqo'ziev o'rniga Abdug'aniev, Abdumannonov o'rniga Usmonov tushirildi. 

75. "Navbahor"da o'zgarish: O'rinboev o'rniga Pedro maydonga tushdi. 

72. Akinade - Hamidjonov - Jo'raqo'ziev kombinaciyasidan so'ng Mo'ydinov so'nggi lahzada to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. 

70. Sodiqov Azimovga nisbatan qoidani buzdi. Andijonliklar to'pni o'yinga kiritadi va hujum boshlaydi. 

67. "Andijon"da almashtirish: Temirov o'rniga Akinade bahsni davom ettiradi. 

67. "Navbahor"da o'zgarish: G'ofurov o'rniga Sodiqov tushdi. 

65. Otabek Jo'raqo'ziev darvozabon Shukron Yo'ldoshev bilan turtilib ketdi. Har ikki futbolchiga tibbiy yordam zarur. Bu vaziyatda hujumchi to'pga ulgurmasdan, darvozabonga zarba berib yubordi. 

62. O'yin tempi ancha-muncha pasaydi. Ehtimol, jamoalar o'zgarish qilishi kerakdir.  

60. Azimov qanotda G'iyosovga nisbatan qo'pol o'ynadi.

57. Abdumannonov pasi orqali Jo'raqo'zievni oldinga boshladi, biroq hujumchi ofsaydda qolgani malum bo'ldi. 

54. Toirov Jiyanov to'pga ega chiqib, qarshi hujumga o'tib ketishiga yo'l qo'ymadi va to'pni darvozabonga uzatdi. 

51. G'ofurov Abdumannopovga nisbatan qoidani buzdi va sariq kartochka oldi. 

49. Burchak zarbasidan oshirib berilgan to'p himoyachilar tomonidan uzoqlashtirildi. 

46. Bosh hakam Risqullaev G'iyosovni og'zaki ogohlantirdi. U mezbonlar sardori Azimovga nisbatan qo'pollik ishlatgandi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus! 

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi. 

43. Abdumannopov maydonda yotibdi. Hakam futbolchining holidan xabar olmoqda. "Andijon" vakili sal avval G'ofurov bilan to'qnashuvda jabrlangandi. 

40. Shahzod Azmiddinov Zabihillo O'rinboevga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi. 

39. Zarba! Zabihillo O'rinboev ichkariga uzatilan to'pni darvoza tomon yo'naltirdi, ancha noaniq.  

38. "Bobur Arena": "Ziga-zaga, ziga-zaga, op-op-op"! Muxlislar maza qilishyapti. 

37. Azmiddinov havodagi kurashda O'rinboev bilan to'qnashdi. Namanganliklar hujumchisiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

33. Uuux! Tokotaevning uzatmasi to'g'ri Abdumannopovga kelib tushdi. Vinger Mo'ydinovni aldab, erlatib zarba berdi, sal noaniq. 

32. Bu gal O'rinboev jabrlandi. Havodagi kurash chog'ida Azmiddinov hujumchiga nisbatan qoidani buzdi. 

31. O'rinboev to'pni olib qo'yaman deb, Hamidjonovga nisbatan fol ishlatishga majbur bo'ldi. 

29. Burchak zarbasidan uzatilgan to'pni Igor Gabriel bosh bilan darvozaga yo'naltirishiga bir baxya qoldi, ammo to'p undan o'tib ketdi va himoyachilar uni uzoqlashtirdi. 

26. Bugun "Andijon"ning chap qanotida harakat qilayotgan Abdumannopov "Navbahor"ning o'ng qanot himoyasidagi Mo'ydinov bilan ko'p marta ro'baro' kelmoqda.  

23. Abdumannonov amalga oshirgan burchak zarbasi ancha muvaffaqiyatsiz chiqdi. To'p "aut"ga yo'l oldi. 

17. Maydonning har bir qarich erida kurash kechmoqda. "Bobur Arena"dagi muxlislar ham jamoalardan aynan shuni kutishlari aniq. 

14. Boltaboev Abdumannopovni chalib yiqitdi, maydonda biroz tortishuv kuzatildi. 

13. Zarbaaa! Abdumannonovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pi himoyachilar tomonidan bartaraf etildi. Yakunda to'p Toirovga etib keldi va uning uzoqdan bergan zarbasi juda kuchli, ammo noaniq chiqdi. 

9. Uuuux! Boltaboev chiroyli finti bilan himoyachilarni ortda qoldirib, to'pni ichkariga oshirdi, Tokotaev to'pni uzoqlashtirdi! 

7. "Navbahor" o'ng qanot orqali hujum tashkil etdi, himoyachilarga yordamga etib kelgan Damir Temirov jonbozlik ko'rsatib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

5. Jamoalar navbati bilan hujum uyushtirishga urinmoqda, bu paytga kelib to'p ham tiniq ko'rina boshladi. 

2. O'yin o'z yo'liga, lekin muxlislik – top! "Bobur Arena" qizil rangga burkandi. Maydonda to'pni ko'rish qiyin bo'lyapti.

1. O'yin boshlandi! 

- Uchrashuv 19:00 da boshlanadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика