"Qo'qon-1912" hujumchisi roppa-rosa 1 yildan so'ng gol urdi
13 avg 2025 18:58
Yangiliklar
"Qo'qon-1912" hujumchisi roppa-rosa 1 yildan so'ng gol urdi
Kecha, 12 avgust kuni Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
"Qo'qon-1912"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan bahsda qo'qonliklar safida Kleydi Daci gol urdi.
Qizig'i albaniyalik hujumchi so'nggi golini 2024 yilning 12 avgust sanasida OKMK safida "Navbahor" darvozasiga urgan ekan. Roppa-rosa 1 yil o'tgach Daci yana gol urishga erishdi.
Mana shu davr mobaynida hujumchi ketma-ket 20 ta uchrashuvda (Superligada 18ta, Kubokda 2ta) gol ura olmadi. Malumot uchun, Daci shu yozda OKMK klubi tomonidan "Qo'qon-1912"ga ijaraga berildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar